Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi institutida tashkil etiladigan xalqaro, fanlararo yozgi maktabda ishtirok eting
9-15 sentyabr kunlari Samarqand davlat universitetida Germaniyaning Zukkow fondi va Rostok universiteti bilan hamkorlikda “Yer va tabiatdan barqaror foydalanish uchun innovatsiyalar: Markaziy Osiyoda tabiatni muhofaza qilish” mavzusidagi xalqaro, fanlararo yozgi maktab tashkil etiladi.
Mazkur maktab Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan amalga oshirilayotgan “Markaziy Osiyoda yerdan integratsiyalashgan va iqlim sharoitiga sezgirligi” (ILUCA) mintaqaviy dasturi doirasida Samarqand davlat universiteti Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti hamda Mixael Sukkov fondi va Rostok universiteti (Germaniya) bilan hamkorlikda tashkil etiladi.
Bundan maqsadi talabalar va yosh mutaxassislarga yerdan barqaror foydalanish va tabiatni muhofaza qilish ko‘nikmalari va bilimlarini oshirishga, xususan, GIS texnikasini o‘rganish va qo‘llashga qaratilgan.
Xalqaro yozgi makatab ishtirokchilar yerdan barqaror foydalanish va tabiatni muhofaza qilishda innovatsion yondashuvlar bilan tanishadilar. Shuningdek, ular QGIS uchun GIS dasturidan foydalanish bo‘yicha malakaga ega bo‘ladilar.
GIS:
Kirish, ma’lumotlarni yig‘ish, koordinata tizimlari va GNSS, ma’lumotlarni tahrirlash, fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish, xizmatlar va ochiq ma’lumotlar, maketlar, kartografiya va xaritalarni yaratish- QGIS bilan amaliy mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Masofadan zondlash:
- masofaviy zondlash, rezolyutsiya va masshtab kontekstida agrobiologik xilma-xillik - spektroskopiya, tasvir tasnifi va yerdan foydalanish xaritasi, Deep Learning, Google Earth Engine, Dronlar yordamida xaritalash - Google Earth Engine va QGIS bilan amaliy mashqlardan iborat.
Bundan tashqari, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan amaliyotchilar bilan turli uchrashuvlar o‘tkazish rejalashtirilgan
Xalqaro yozgi makatabda ekologiya sohasida o‘qiyotgan yoki ishlayotgan yosh mutaxassislar, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy fanlar, biologiya va geografiya tabiatni muhofaza qilish bilan qiziqqan mutaxassislar, bakalavr, magistr, doktorantlar ishtirok etishi mumkin.
Xalqaro yozgi makatabda qatnashuvchilarning maksimal soni 20 nafar.
Talabgorlar ingliz yoki rus tilini bilish shart.
Ishtirokchilarga yozgi maktabga o‘z noutbuklarini olib kelish tavsiya etiladi.
Ishtirok etish uchun ariza berish 2024-yil 21-iyulgacha electron (rustam.murzakhanov@succow-stiftung.de) pochta orqali ingliz yoki rus tillarida quyidagi ma’lumotlarni yuboring:
- Yozgi maktabda qatnashishga qiziqish sabablarini tushuntirib, o‘qish yoki ish sohasi va uning yozgi maktab mavzusiga aloqasi ko‘rsatilgan motivatsiya xati (1-2 bet).
- Tarjimai hol (CV)
Qabul qilingan arizachilar 2024-yil 31-iyulgacha xabardor qilinadi.
Yozgi maktabda qatnashish uchun hech qanday to‘lov olinmaydi. Ishtirokchilar uchun sayohat, turar joy va ovqatlanish xarajatlar tashkilotchilar tomonidan qoplanadi.
Qabul qilingan ishtirokchilar tibbiy sug‘urtani mustaqil ravishda tashkil qilishlari kerak.
Manzil
Samarqand davlat universiteti
Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti
Jomboy tumani,
Sh. Burxonov ko‘chasi, 2A.
191200, Samarqand, Oʻzbekiston