“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi.

Bunda:
bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin,
magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin,
doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan.

Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun http://admission.eyuf.uz
Batafsil https://eyuf.uz/site/event?id=79