Alohida ta’lim imkoniyatlari mavjud (ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi) abituriyentlarning imtihon sanasi e’lon qilindi…

    Samarqand davlat universitetiga quyidagi yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirgan ko’zi ojiz va ko’zi zaif ko’ruvchi abituriyentlar uchun imtihon o’tkaziladi:
    1. Tarix

    2. Yurisprudensiya

    Imtihon 2024-yil 6-avgust kuni, soat 8:00 da boshlanadi.

    Manzil: Samarqand davlat universiteti Bosh bino hovlisi, Ma’ruzalar binosi (P bino) (Universitet xiyoboni, 15-uy)

    Abituriyentlar imtihon topshiriqlarini bajarishda zarur bo‘lgan o‘quv qurollarini (Brayl yozuv qurilmasi) olib kelishlari so‘raladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishingiz mumkin: + 998 97 398 77 99

 

Samarqand davlat universiteti

Qabul komissiyasi.