Ochiq dars
24 - oktyabr kuni Samarqand davlat universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Kiyamov Nishon Sadikovich intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti sun'iy intellekt yo'nalishi 3-kurs talabalariga “Pedagogika” fanidan “XIX asrning birinchi yarmida jahon pedagogika fanining rivojlanish tarixi. XIX asrning II yarmi va XX asrning 90- yillarigacha bo'lgan davrda tarbiya va ta'lim tizimi.” mavzusida ochiq dars o'tadi.
Dars Muhandislik fizikasi instituti 117-xonasida, soat 08:30 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.