E’LON
M.F.Reshetnov nomidagi Sibir davlat ilm-fan va texnologiyalar universiteti Samarqand davlat universiteti talabalarini xorijiy talabalarga mo'ljallangan davlat stipendiyasini olish bo'yicha Magistratura va doktarantura tanlovida ishtirok etishga taklif qiladi.
M.F.Reshetnov nomidagi Sibir davlat ilm-fan va texnologiyalar universiteti Samarqand davlat universiteti talabalarini xorijiy talabalarga mo'ljallangan davlat stipendiyasini olish bo'yicha tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi. Kvota ajratilgan nomzodlar magistratura yoki doktorantura dasturlarida o'qish huquqiga ega bo'ladilar, va bu o'qish Rossiya Federatsiyasi Hukumatining ajratgan mablag'lari hisobidan (RF Hukumatining davlat stipendiyasi) amalga oshiriladi.
Davlat stipendiyasi quyidagilarni o'z ichiga oladi:
- Tanlangan mutaxassislik bo'yicha butun o'qish davri davomida bepul ta'lim;
- Har oyda akademik stipendiya (nomzodning muvaffaqiyatlariga qarab, o'qish davomida har oyda to'lanadi);
- Universitetda joy bo'lsa, yotoqxona taqdim etiladi.
Hujjat topshirish muddati: 25.11.2024
Hujjatlarni quyidagi elekron manzilga yuborishingiz zarur: reshetnevuniversity@yandex.ru.
Kerakli hujjatlar:
- Nomzodning ariza-so'rovnomasini to'ldirish
- Chet el pasporti
- Yakunlovchi kurs talabalariga: Baholar jadvallari/Akademik ma'lumotnoma/Yuqori malaka hujjati (barcha o'qish yillarini o'z ichiga olgan) va akademik ma'lumotnomaning notarial tarjimasi rus tiliga;
Bitiruvchilarga: Diplom va diplomning notarial tarjimasi rus tiliga. - Rasm
- Chet el pasportining notarial tarjimasi rus tiliga
- Rus tilini bilishni tasdiqlovchi hujjat*
- Tibbiy ma'lumotnomaning notarial tarjimasi rus tiliga
- OIV yo'qligi haqida ma'lumotnomaning notarial tarjimasi rus tiliga
- Ilmiy-ta'lim konferensiyalari va simpoziumlarda ishtirokchi/g'olib bo'lganlik sertifikati/diplomi (2023–2024)
- Ijodiy va/yoki sport tadbirlarida ishtirokchi/g'olib bo'lganlik sertifikati/diplomi (2024–2025)
- Ilmiy nashrlar, bibliografik ma'lumotlar bilan
- Web of Science va Scopus ma'lumotlar bazalari tomonidan indekslangan jurnallarda nashrlar
- Ro'yxatdan o'tgan ixtiro uchun patent yoki guvohnoma
- Ijtimoiy maqomni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar