Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.F.02.02 raqamli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʼilishi 2024-yil 5 dekabr kuni soat 10:00 va 14:00da bo‘lib o‘tadi.

    Kun tartibi:

    1. Amonov Rustam Samejonovichning “Texnosfera va uning rivojlanish qonuniyatlari” mavzusidagi 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

    2. Danabayev Xurshid Napasovichning “Kambagʻallik mazmuni va mezonlari, sabablari va oqibatlarining ijtimoiy-falsafiy tahlili” mavzusidagi 09.00.04- Ijtimoiy falsafa ixtisosligidan falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi ishi himoyasi.

    3. Har xil masalalar.

    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni 15. Samarqand davlat universiteti Tarix fakulteti, 1-qavat, 105-xona.