Yo’nalishlar:

    - “Yapon tili va madaniyati” – oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun;

    - “Boshlang‘ich, o‘rta maktab, litsey yoki kollej o‘qituvchilari uchun amaliyot dasturi”.

    Mazkur dasturlar doirasida xalqaro aviachiptalar (borish va kelish), yashash hamda ta’lim olish xarajatlari Yaponiya hukumati tomonidan qoplanadi.

    Hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2025-yil 24-yanvargacha.

    Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasining http://www.uz.emb-japan.go.jp/itpr_ru/programMEXT.html#s3 veb-sahifada batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi hamda barcha kerakli hujjatlarni mustaqil ravishda Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasiga topshirishlari kerak.