IIT Bombay Insititutiga 2025-2026- o’quv yili uchun magistratura va PhD dasturiga qabul boshlandi.
Hindiston Texnologiya Instituti Bombey (IIT Bombay), Hindiston, 2025-2026 yil kuzgi semestri uchun magistratura va PhD dasturlariga qabulni 2025-yil 7-yanvarda boshlashini e'lon qiladi.
Talabalar ushbu stipendiyalar haqida batafsil ma'lumotni quyidagi havolada topishlari mumkin:
IIT Bombay Scholarships for Foreign Nationals.
Ariza topshirish muddati : 2025 yil 31-mart.
IIT Bombayga ariza berish havolasi: https://portal.iitb.ac.in/intadm/login
Ariza beruvchi Study in India portalida ( https://studyinindia.gov.in/admission/login) Majburiy ro'yxatdan o'tishi va arizasini bir vaqtning o'zida topshirishi kerak.
Kerakli hujjatlar:
Shu yerga hujjatlarni yuklang, https://portal.iitb.ac.in/intadm/login
- Foto
- Shaxsiy ma'lumotlar, formatni yuklab olish uchun shu yerga bosing. Click here to download the format
- Baholar (Agar hujjat boshqa tilda bo'lsa, tasdiqlangan ingliz tilidagi tarjima talab qilinadi).
- Maqsad bayonoti.
- CV
- Ikkita tavsiyanoma - bittasi talabaning akademik faoliyatiga doir fakultet a'zosi tomonidan berilgan bo'lishi kerak.
- Ingliz tilini bilish darajasi to'g'risidagi hujjat.
- Pasport nusxasi
- Moliyaviy majburiyat: faqat o'z-o'zini moliyalash toifasida ariza topshirayotgan ariza beruvchilar o'zlarining bank hisobotini taqdim etishlari kerak, unda kamida US$10000 (2 yillik magistratura dasturi uchun), US$20000 (Ph.D. dasturi uchun) miqdorida mablag' bo'lishi zarur.