E'lon
2025 yil 13-15 fevral kunlari Samarqand davlat universitetida “Amaliy fanlar va texnikaning zamonaviy muammolari” mavzusidagi ikkinchi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman onlayn shaklda o‘tkaziladi. Konferensiya materiallarini AQSHning AIP Publishing nashriyotining Scopus bazasida indeksatsiya qilinuvchi AIP Conference Proceedings jurnalida chop etish rejalashtirilgan.
Konferensiya sho‘balari:
- Amaliy matematika
- Informatika va axborot muhandisligi
- Qurilish va atrof-muhit muhandisligi
- Kimyo va materiallar muhandisligi
- Mashinasozlik va elektro-mashinasozlik muhandisligi
Konferensiya amaliy fanlar va texnikaning rivojlanayotgan tendensiyalar, metodologiyalar va amaliy qoʻllanmalar boʻyicha hamkorlik va muhokamani rivojlantirishga qaratilgan. Turli sohalardagi mutaxassislarni birlashtirgan holda, konferensiya bilimlarni almashishni osonlashtirishga, innovatsion tadqiqotlarni ragʻbatlantirishga va amaliy fanlar, muhandislik sohasining doimiy rivojlanishiga hissa qoʻshishga intiladi. Bu iqtidorli yoshlarni ilm-fanga jalb etish, turli mamlakatlar olimlari oʻrtasida yaqin hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ilm-fan va ishlab chiqarish oʻrtasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga xizmat qiladi
Konferensiyada dunyoning 10 dan ortiq mamlakatlaridan 400 dan ortiq olimlar ishtiroki kutilmoqda.
Batafsil ma’lumotlarni va maqola shablonlarini konferensiyaning veb saytidan (https://mpase-2025.uz/ ) olishingiz mumkin.