Turkiya davlatining YTB (Turklar va qardosh xalqlar ishlari bo‘yicha boshqarma) tomonidan taqdim etiladigan stipendiyalari – bu Turkiya hukumati tomonidan moliyalashtiriladigan xalqaro dastur bo‘lib, u bakalavriat, magistratura va doktorantura dasturlari hamda qisqa muddatli tadqiqot dasturlari bo‘yicha Turkiyaning yetakchi universitetlarida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.

Stipendiyaning asosiy afzalliklari:

  • To‘liq moliyaviy taʼminot: O‘qish, turar joy, oylik stipendiya, tibbiy sug‘urta va bir tomonga aviachipta xarajatlari qoplanadi.
  • Dasturlar xilma-xilligi: Barcha akademik yo‘nalishlar va darajalarda taʼlim olish imkoniyati mavjud.
  • Til tayyorlov kurslari: Bir yillik turk tili kurslari integratsiya jarayonini yengillashtiradi.

Ariza topshirish muddati:

  • Boshlanish sanasi: 2025-yil 10- yanvar oyi 
  • Oxirgi muddat: 2025-yil 20-  fevral oyigacha

Tanlov mezonlari:

  1. Yosh chegarasi:
    • Bakalavriat: 2003-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan bo‘lishi lozim.
    • Magistratura: 1994-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan bo‘lishi lozim.
    • Doktorantura: 1989-yil 1-yanvardan keyin tug‘ilgan bo‘lishi lozim.
  2. Minimal o‘rtacha baho (GPA):
    • Bakalavriat: 70%.
    • Magistratura/Doktorantura: 75%.
    • Tibbiyot yo‘nalishlari: 90%.
  3. Fuqarolik: Nomzodlar Turkiya fuqarosi bo‘lmasligi kerak.

Kerakli hujjatlar:

  • Pasport yoki milliy ID-karta.
  • Yaqinda olingan fotosurat.
  • Diplom yoki bitiruv guvohnomasi.
  • Akademik transkriptlar.
  • 2 ta tavsiyanoma.
  • Motivatsion xat.
  • Tadqiqot loyihasi (faqat doktorantura uchun).
  • Til bilish sertifikatlari (mavjud bo‘lsa).

Ariza topshirish tartibi:

Bog‘lanish uchun:

    Batafsil malumot olish uchun: @turkiyeburslari