UNESCO/XITOY XALQ RESPUBLIKASI – BUYUK DEVOR HAMKORLIKDA MOLIYALASHTIRILADIGAN STIPENDIYA DASTURI 2025-2026
YUNESKO va Xitoy Xalq Respublikasi hukumatining 2025/2026-o‘quv yili uchun “Buyuk Devor” stipendiyasiga tanlov eʼlon qilinadi. Ushbu stipendiyalar dasturi doirasida XXR oliy taʼlim muassasalarida tadqiqotchi (45 yosh), yetakchi tadqiqotchi (50 yosh)lar uchun bir yillik malaka oshirish kurslari, magistratura (35 yosh) hamda doktorantura (40 yosh) uchun bir yillik o‘quv kurslari tashkil etiladi. Tanlov g‘oliblarining xalqaro aviachipta va Xitoyda o‘qishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlari YUNESKO va XXR Hukumati tomonidan qoplanadi.
Barcha yo’nalishlar bo’yicha hujjat topshirish mumkin.
Kerakli hujjatlar:
- maxsus ariza varaqasi onlayn tarzda http://www.csc.edu.cn/studyinchina veb sahifasida to‘ldirilishi kerak (uning 2 nusxasi 3 ta rasm bilan birgalikda taqdimetiladi);
- diplom (ilovasi bilan birga) yoki sertifikat hamda reyting qaydnomasining tasdiqlangan nusxasi va tarjimasi (notarial tasdiqlangan nusxasi, ingliz tiliga tarjima qilingan holda);
- Xitoy universitetlarining biridan kelgan taklifnoma (agar oldindan ushbu universitet bilan aloqa o‘rnatilgan bo‘lsa);
- nomzodning ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanish bo‘lgan 2 nafar professor (olim)lar tavsiyanomasi (ingliz tilida);
- stipendiya uchun taqdim etilayotgan ilmiy tadqiqot loyihasi (500 so‘zdan iborat, ingliz tilida);
- ingliz tilini bilish darajasi bo‘yicha sertifikat;
- tibbiy maʼlumotnoma (ilovadagi maxsus shakl bo‘yicha)
Ariza topshirish uchun: http://www.campuschina.org/universities/index.html
https://www.unesco.org/en/ fellowships/greatwall
Hujjatlarni (rektor xati bilan birga) vazirlikning Xalqaro hamkorlik va reytinglar boshqarmasiga joriy yil 1-fevral kechiktirmagan holda yuborishingizni so‘raymiz (e-mail: sh.eshqobilova@edu.uz).