Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti huzuridagi falsafa doktori ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/30.12.2019.FM.02.04 raqamli Ilmiy kengashning yig‘ilishi 2025-yil 27-fevral kuni, soat 10-00 da bo‘lib o‘tadi.

    Kun tartibi:

    1. Sultonov Odiljon Ziyomiddinovichning 01.04.05-Optika ixtisosligi bo‘yicha “Turli simmetriyali kristall ichida joylashgan nodir yer ionlarining o‘ziga xos magnitooptik xususiyatlari” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.

    2. Xudoyberdiyeva Dilafruz Boykulovnaning 01.04.05-Optika ixtisosligi bo‘yicha “Strukturasiga metil hamda galoid elementlari kiritilgan suyuq muhit atom va molekulalarining lazer nurlanishi ta’siridagi tebranma-aylanma harakat spektroskopiyasi” mavzusidagi fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishining himoyasi.

    3. Turli masalalar

    Manzil: Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, Muhandislik fizikasi instituti, 114-xona.