SamDU va Praga Metropoliten universiteti hamkorligi
Samarqand davlat universitetiga Metropoliten universitetining professori Lea Melnikovova tashrif buyurdi. Mehmonni Samarqand davlat universiteti Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektori Akmal Axatov qabul qildi.
Tashrifdan asosiy maqsad xalqaro hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, talaba va professor-o'qituvchilar almashinuvi amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda akademik simpoziumlarni tashkil etish, yosh tadqiqotchilarni Praga Metropoliten universitetiga doktoraturaga o’qishga yuborish masalalarini muhokama qilishdir.
Shuningdek, raqamli iqtisodiyot sohasidagi fanlarni ingliz tilida o'qitish bo'yicha o'quv dasturlarini hamkorlikda ishlab chiqish hamda o'quv jarayoniga joriy qilish masalalari kelishildi va Scopus ilmiy bazasiga kiradigan jurnallarida ilmiy maqolalar yozish va nashr etish bo’yicha fikrlar almashildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati,
Shavkat Akramov olgan suratlar.