Samarqand davlat universiteti doktoranti o’rgimchakning yangi turini topdi…
Samarqand davlat universiteti Biokimyo instituti doktoranti Feruz Shodmonov o‘rgimchaklarning fan uchun yangi turini topdi.
SamDU ning amaliyot o‘tash va sog‘lomlashtirish oromgohidan topilgan ushbu hasharot “Gorbiscape zarafshanicus” deb nomlandi.
Bu haqdagi ma’lumotlar Feruz Shodmonov va rossiyalik olim Alexander Fomichevlarning Scopus bazasiga kiruvchi “Acta Arachnologica” (Q2) jurnalida e’lon qilindi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.