"Abu Ali ibn Sino merosi" Spin-Off korxonasi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktabrdagi “Ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi PQ-4851-son qarori, hamda 2022-yil 6-iyuldagi PQ-307-son qaroriga muvofiq, 2022 — 2024-yillarda istiqbolli yoʻnalishlarda Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tashkil etiladigan ilmiy hajmdor va innovatsion mahsulotlar (tovar va xizmatlar) ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yangi innovatsion (spin-off) korxonalar tashkil etish toʻgʻrisidagi, qarorlariga asosan Samarqand davlat universiteti rektori 119-ij, Samarqand davlat universitetida “Abu Ali ibn Sino merosi” Spin-off korxonasini tashkil etdi.
Markazning rasmiy nomi: "Abu Ali ibn Sino merosi" Spin-Off korxonasi
Markaz rahbari
Nurullayeva Nodira Sayfullayevna
Mehnat faoliyati:
2011-2015 yy. – Samarqand davlat universitetining talabasi
2015-2017 yy. – Samarqand davlat universitetining magistri
2018-2018 yy. – Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi laboranti
2019 -2021 yy. – Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi tayanch doktoranti.
2022 -2023 yy. – Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi assistenti
2024 y - h.v. – Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi dotsenti
Markazning tashkil etilishi faoliyati va maqsadi:
Hozigi kunda turli kasalliklarga qarshi kurashda sintetik dori vositlarini qoʻllash urfga aylangan bunday dori vositalari foyda qilish bilan birga organizmda bir qancha salbiy ta’sirlarni keltirib chiqarishi sir emas. Diyorimizda koʻplab tabobat gavhari hisoblangan oʻsimliklar boʻlib ushbu giyohlardan butun dunyoga mashhur tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino dorivor oʻsimliklardan oʻz oʻrnida bilib foydalangan va ogʻir xastaliklarni davolagani esa barchaga ma’lum.
Samarqand davlat universitetida “Molekulyar bioexnologiya va zamonaviy botanik tadqiqotlar” ilmiy laboratoriyasida “Abu Ali ibn Sino merosi Spin-Off korxonasi” tashkil etilib dorivor oʻsimliklar yetishtirish va ulardan fitochoylar va biologik faol qoʻshimchalar (bfq) ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyilgan.
Bunda ikki yoʻnalishda, dorivor ahamyatga ega boʻlgan va xalq talabidagi (dorivor moychechak, namatak, pol-pola, rastaropsha va boshqa) oʻsimliklarni hamda, yangi ta’sirga ega boʻlgan koʻpchilikka notanish (godji, bamiya, va boshqa) oʻsimliklarni oʻzimizda yetishirib mahsulotni oʻz egalariga yetkazish boʻlib hisoblanadi. Bundan kutilgan asosiy maqsad esa mahsulot sifati va tarkibi yoʻqotmaslik va korxonadan chiqayotgan mahsulotlar brendini yaratishdir.
Markazining asosiy vazifalari:
1. Dorivor ahamiyatga ega boʻlgan oʻsimliklar bazalari bilan ishlash.
2. Dorivor oʻsimliklarni koʻpaytirish chora tadbirlari va plantatsiyalar yaratish.
3. Dorivor oʻsimliklar tarkibi va inson salomatligiga ta’sirini aniqlashtirish.
4. Xalq talabida boʻlgan dorivor oʻsimliklarni yetishtirish va estemolga tayyor shaklida xalqga yetkazish .
5. Yangi ta’sirga ega boʻlgan noyob oʻsimliklarni iqlimlashtirish, koʻpaytirish va mahsulotlar tayyorlash.
6. Yetishtirilgan dorivor oʻsimlik mahsulotlaridan fitochoylar va biologik faol qoʻshimchalar ishlab chiqarish.
7. Universitet oshxonalarida doimiy shakldagi “Fitobar”lar tashkil etish.
Markazning huquq va majburiyatlari:
- Markazda ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini markaz oʻz zimmasiga oladi (mahsulotning yaroqlilik muddatiga asosan)
- Markazda qadoqlanayotgan mahsulotning qadoqlanish sifatiga markaz javobgar hisoblanadi.
- Chiqarilayotgan mahsulotning qadoqlanishgacha bajariladigan tegishli meyoriy hujjatlar toʻldirilgandagina mahsulot qadoqlanadi.
“Abu Ali ibn Sino merosi” Spin-Off korxonasi tmonidan ishlab chiqilgan mahsulotlar:
- Romashka
- Pol-Pola
- Namatak
- Kiyik oʻt
- Buyrak choy
- Rastaropsha
- Godji
- Bamiya