GEOLOGIYA VA PALEONTOLOGIYA MUZEYI
Sharof RashidovnomidagiSamarqand davlatuniversitetiGeografiyavaekologiya fakulteti qoshidagiGeologiya vaPaleontologiyamuzeyi 1938-yilda V.P.Smirnov, L.V.Azarova, Y.A.Leven, V.N.Priobrajenskiy va N.A.Losevlar tashabbusi bilan tashkil qilindi. Bular Paleontologiya, tarixiy geologiya va minerologiya, petrografiya va foydali qazilmalar muzeyidir. Paleontologiya va geologiya muzeyida yer sharining har xil hududlaridan keltirilgan turli xil tog’ jinslari, ruda va minerallarni ko’rish mumkin. Muzey eksponatlari orasida Italiya, Ispaniya, Fransiya, Avstriya, Hindiston, Mo’g’uliston, va boshqa bir qancha davlatlardan keltirilgan turli xil toshga aylangan hayvon va o’simlik qoldiqlari uchraydi. Shuningdek muzeyda noyob eksponatlardan O’rta Osiyoda faqat O’zbekiston hududida uchraydigan bezakbop toshlar turkumiga kiruvchi marmarning bir qancha turi mavjud.
Ushbu muzey nafaqat O’zbekistonda, balki O’rta Osiyoda yagona Paleontologiya va geologiya muzeyi hisoblanib, unda 5000 dan ortiq qimmatbaho nodir eksponatlar mavjud. Paleontologiya va geologiya muzeyi paleontologik, tarixiy-geologiya, minerologiya va petrografiya qismlaridan iborat bo’lib,
- 1000 dan ortiq paleontologik, ya’ni yer qatlamlarida saqlanib qolgan va toshga aylangan hayvon va o’simlik qoldiqlari;
- tarixiy geologiyaga oid 500 dan ortiq yer paydo bo’lgandan to shu davrgacha hosil bo’lgan yer po’stining rivojlanishiga oid eksponatlar;
- minerologiyaga oid 2000 dan ortiq magmatik, organik, metamorfik tog’ jinslaridan iborat eksponatlar mavjud;
Shuni alohida ta’kidlash joizki muzey bir necha marotaba ko’chirishlar tufayli juda ko’p qimmatbaho kolleksiyalari yo’qolib ketgan.
Muzey eksponatlari orasida Italiya, Ispaniya, Fransiya, Avstriya, Hindiston, Mo’g’uliston, va boshqa bir qancha davlatlardan keltirilgan turli xil toshga aylangan hayvon va o;simlik qoldiqlari uchraydi. Muzeyda noyob eksponatlardan O’rta Osiyoda faqat O’zbekiston hududida uchraydigan bezakbop toshlar turkumiga kiruvchi marmarning bir qancha turi mavjud.
Hozirgi kunda ushbu muzey yirik ilmiy-laboratoriya markazi bo’lib, bu yerda yosh olimlar o’zlarining ilmiy izlanishlari jarayonida foydalanishmoqda, talabalar uchun ham geologiya, geomorfologiya, umumiy yer bilimi, O’zbekiston tabiiy geografiyasi va boshqa fanlarni mukammal o’rganish uchun xizmat qiladigan manbaa hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi prezidenti I.A.Karimovning 1998-yil 12-yanvardagi “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to’g’risidagi” farmoni hamda “Tabiatni muhofaza qilish va undan foydalanish to’g’risidagi” O’zbekiston Respulikasining 1997 yil 26-dekabrdagi qabul qilingan qonuning28-29- moddalariga asoslanib, geologiya muzeyini jahon muzeylari qatoriga olib chiqish, uning nodir eksponatlarini asrab avaylab saqlash, yangi eksponatlar bilan to’ldirib boorish, kelajak avlodga yetkazish hozirgi kunning muhim va dolzarb vazifalaridan biri bo’lishi lozim.