Ikromov Isroil Akramovich

professor | Fizika-matematika fanlari doktori, professor

 

 

Garmonik analizga kirish, Taqsimotlar nazariyasi

 

 

2017 yilda “Simon professorship” mukofoti sovrindori.

 

 

"1979-1982 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi
1982-1985 yy. - Moskva davlat universiteti talabasi
1985-1985 yy. - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi matematika instituti stajor-tadqiqotchisi
1985-1988 yy. - Moskva davlat universiteti aspiranti
1988-1991 yy. - Samarqand davlat universiteti «Funksional analiz» kafedrasi assistenti
1991-1994 yy. - Toshkent davlat universiteti doktoranti
1994-2001 yy. - O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand bo‘limi katta ilmiy xodimi
2001 - 2021yy. - Samarqand davlat universitetining «Matematik analiz» kafedrasi mudiri
2021-h.v.- Samarqand davlat universitetining «Matematik analiz» kafedrasi professori"

 

 

Tebranuvchan integrallar uchun assimptotikalar hamda maxsusliklar nazariyasi va ularning tadbiqlari xususan maksimal operatorlar va o'lchovlar Fur'e almashtirishlari uchun tekis baholar olish. Bu Yevklid fazosidagi gipersirtlar bilan bog‘langan I.M.Steyn maksimal operatorlarining Lebeg fazolarida chegaralanganligi muammosi deb ataladi. Ushbu operatorlar asosan qavariq (chekli tartibli) sirtlar holida o‘rganilgan. Bu kabi operatorlarning chegaralanganligi muammosi hozirgi zamonaviy analizda dolzarb muammolardan biri sanaladi. Dunyo miqyosida juda ko'plab olimlar xusuan Amerika matematiklari I.M.Steyn, K.D.Soggi, A.Grinlif, A.Siger, A.Iosevich italyan matematiklari F.Richchi, Dj.Maucheri va boshqalar bu sohada ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan. I.A.Ikromov nemis olimlari D.Myuller va M.Kempe bilan hamkorlikda Lebeg ko‘rsatkichi r>2 bo‘lganda maksimal operatorlarning chegaralanganligi muammosini uch o‘lchovli fazodagi silliq gipersirtlar uchun to‘liq yechimini berdi. Ularning ilmiy natijalaridan xususan I.M.Steynning bir gipotezasining yechimi (uning tasdiqlanishi kelib chiqadi.) Amerikalik mashhur olim I.M.Steyn 2008 yilda Germaniyaning Obervolfak konferensiyasida buni ta’kidlagan. Bu natijalar matematika jurnalida chop qilingan. Keyingi yillarda ko‘pgina matematik masalalarning yechimlarining algoritmlarini zamonaviy kompyuterlarda hisoblash har xil algoritmlar tuzish urf bo‘lgan. Xususan kompyuter algebrasi deb nomlangan yangi zamonaviy bo‘limlar dunyoga keldi. 80-yillarda juda katta rezonanslarga sabab bo‘lgan V.I.Arnoldning klassifikatsion teoremalari orqali keltirilgan funksiyalarning normal formalariga keltirilishi ham bugungi kunda “singular” deb nomlangan dastur orqali amalga oshirilmoqda.

 

 

"1. (Q1) Stefan Buschenhenke Isroil A. Ikromov Detlef Müller The Annali della Scuola Normale Superiore di Pisa, Classe di Scienze conjecture and its proof for generic 2-surfaces
https://doi.org/10.2422/2036-2145.202301_016 2.(Q3)Ikromov I.A., Barakayev A.M., Russian Mathematics, 2023, Vol. 67, No. 7, pp. 17–26.
3.(Q3)Isroil A. Ikromov, Akbar R. Safarov, Akmal T. Absalamov, Journal of Siberian Federal University. Mathematics & Physics 2023, 16(4), 1–10.
4.Jean-Claude Cuenin, Isroil A Ikromov. Sharp time decay estimates for the discrete Klein–Gordon equation,Nonlinearity,2021/10/1410.https://iopscience.iop.org/article/10.1088/1361-6544/ac2b86
5.IA Ikromov, SE Usmanov,On boundedness of maximal operators associated with hypersurfaces,Journal of Mathematical Sciences, Vol. 264, No. 6, July, 2022
6.Isroil Akramovich Ikromov, Dildora Ikromova,Sharp -Estimates for the Fourier Transform of Surface Measures,Russian Academy of Sciences, Steklov Mathematical Institute of Russian Academy of Sciences,2024, 51-77"