ORNITOLOGIYA BO‘YICHA YETAKCHI MUTAXASSIS

YUTUQLAR, MUKOFOTLAR

10 ta maqola, index - 1

DJABBAROV ABDURASHID RAYIMOVICH

Zoologiya kafedrasi mudiri

Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:

Ornitologiya; biozararlanishlar; qushlarni fe’l-atvori; populyatsiya; repellentlar ishlab chiqish; repellent majmua

Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:

O‘zbekiston sharoitida qushlar keltirib chiqaradigan biozararlanishlar faoliyati atroflicha o‘rganilgan. Biozararlanishlar vaziyati, kelib chiqishi sabablari, qonuniyatlari, ekologo-texnologik tabiati, uning prototip va analoglari, zararli faoliyatining oldini olish yo‘llari va istiqbollari, inson xo‘jalik faoliyati va qushlar o‘rtasidagi o‘zaro murakkab munosabatlarni optimallashtirishga bag‘ishlangan masalalar to‘g‘risida ilmiy asoslangan izlanishlar olib borilmoqda. Soch va maynada fe’l-atvori o‘rganilib, chug‘urchiqlar populyasiyasi va turlararo akustik kommunikativ munosabatlarda muhim biologik ahamiyati borligi aniqlangan. Bioakustik izlanishlarda birinchi marta tilla rang kurkunak (Merops apiaster L.) va ko‘k kurkunaklarning (Merops superciliosus L.) repellent signallarining yuqori bosqichi - ofat signalari mavjudligi topilgan. Bu repellent signallar vositasida kurkunaklarni asalarichilik xo‘jaliklaridan cho‘chitib haydash mumkinligi aniqlandi. O‘zbekistonda ilk bor maynaning repellent signallaridan ofat signallarining turlararo interspetsifik ta’sir etish kuchiga ega ekanligi aniqlangan. Mayna sonini keskin o‘sishi va arealining kengayishi, turning o‘ziga xos biologik progress darajasiga erishganligini ko‘rsatilgan. O‘zbekiston sharoitida birinchi marta optiko-akustik repellent majmua yaratildi, repellent majmua sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va ishlab chiqarish amaliyotiga joriy etilgan.

Asosiy ilmiy nashrlari:

1. А.Р.Джаббаров и др. Некоторые особенности биологии рыжепоясничной ласточки Cecropis daurica в городах Узбекистана // Русский орнитологический журнал 2020, Том 29, Экспресс-выпуск 1903: 1378-1380
2. Djabbarov A.R. and others. Example Circle Plan – “Nature: Aesthetics - Ecology” for Studentes of First – Second Courses of Biological Faculties // International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29. No. 9s (2020). pp. 5332-5339.
3. Djabbarov A.R. and others. Materials to the Biology of the Turkestan White Stork – Ciconia Ciconia Asiatica in Fergana Valley of Uzbekistan // International Journal of Advanced Science and Technology Vol. 29. No. 9s (2020). pp. 5340-5346.
4. Djabbarov A.R. and others. Some information about the Development of white and bighead fishin artificial water reservoirs of Samarkand region // Euro Science: International Conference or Social and Humanitian Research, Hosted from Cologne, Germany, 2021. pp. 100-102.
5. Djabbarov A.R. and others. Afrika tuyaqushi - Struthio camelus’ning Samarqand viloyatidagi biologiyasi va etologiyasi // INNOVATIVE DEVELOPMTNTS AND RESEARCH IN EDUCATION. International scientific-online conference. - /23 rd, May, 2023/ Canada, Ottava “CESS” 2023. Pp. 242-246.