Samarqand davlat universitetining «Akademik Tolib Muminov nomidagi Yadro fizikasi laboratoriyasi» (YAFL SamDU) 1983 yilda akademik Muminov Tolib Musayevich tashabbusi bilan qurilgan. Hozirgi kunda yadro fizikasi laboratoriyasi mudiri lavozimida Safarov Askar Narimanovich faoliyat olib bormoqda. Laboratoriyaning umumiy maydoni 15 gektar bo‘lib, binolar joylashgan maydon 2700 kvadrat metrdan oshadi. 2003 yildan boshlab laboratoriya «noyob ob’yekt» sifatida moliyalashtirilib kelinmoqda.
Samarqand davlat universiteti «Akademik Tolib Muminov nomidagi Yadro fizikasi laboratoriyasi»ning 2021 yildagi faoliyati asosiy natijalari:
    1.Xorijiy grantlar bo‘yicha quyidagi ishlar bajarildi:
·MAGATEning Uzb-0006 “Building Capacity in the Peaceful Use of Nuclear Science and Technologies at the National University of Uzbekistan and the Samarkand State University” loyihasi bo‘yicha ishlar davom ettirildi. Loyihani moliyalashtirishning umumiy miqdori 260 000 yevroni tashkil etadi. Ushbu loyiha doirasida 95 000 yevrolik uskunalar olindi va 25 000 yevroga qo‘shimcha jihozlar buyurtma qilindi;
    ·AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan moliyalashtirilgan Central Asia University Partnership Program (UniCEN) dasturi doirasida “Co-Developement and Cross-Pollination of Effective, Hands-On Nuclear Physics Educational Activities” loyihasi bo‘yicha ishlar yakunlandi. Loyiha QS World universitetlar reytingida 1 o‘rinni egallagan Massachusets texnologiya instituti (AQSH) bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Loyiha byudjeti 39 136 AQSH dollarini tashkil etadi.
    2. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi qoshidagi Yadro fizikasi instituti bilan birgalikda quyidagi ishlar amalga oshirildi:
    ·O‘zR FA YAFI va “O‘ZGASHKLITI” davlat unitar korxonasi o‘rtasidagi kelishuv doirasida Jizzax viloyatidagi AES qurilishi hududida radioekologik monitoring ishlari olib borildi. Shartnoma raqami
RLT-120-2021;
    ·O‘zR FA YAFI va «Bezopasnost i kontrol» MCHJ o‘rtasidagi kelishuv doirasida Samarqand viloyatidagi Ko‘mir ES qurilish hududida radioekologik tadqiqotlar olib borildi. 2021 yil 1 iyundagi
RLT-095/2021-sonli shartnoma;
    ·O‘zR FA YAFI va «Bezopasnost i kontrol» MCHJ o‘rtasidagi kelishuv doirasida Qoraqalpog‘istondagi Tebinbuloq rudalarni boyitish kombinati qurilish zonasida radioekologik tadqiqotlar olib borildi. 2021 yil 1 iyundagi RLT-096/2021-sonli shartnoma;
    ·O‘zR FA YAFI va «Bezopasnost i kontrol» MCHJ o‘rtasidagi kelishuv doirasida Jizzax viloyati Gʻallaorol tumanidagi Metallurgiya kombinati qurilish zonasida radioekologik tadqiqotlar olib borildi. Shartnoma raqami RLT-097/2021;
    ·Meva-sabzavotlarni radiasiyaviy dezinfeksiya qilish va tibbiyot mahsulotlarini radiasiyaviy sterilizatsiya qilish loyihasini texnik-iqtisodiy asoslash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda;
    ·Oziq-ovqat mahsulotlari, qurilish materiallari va ichimlik suvi namunalarining radiasion xavfsizligini tahlil qilish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borilmoqda.
    3. «Birlashgan Yadro tadqiqotlar instituti» (Dubna sh., Rossiya) bilan hamkorlikda yadroviy elektronika va past aktivlikdagi ekologik namunalarni o‘lchash bo‘yicha o‘quv kurslarini yaratish ishlari olib borilmoqda.
    4. Belarus Milliy fanlar akademiyasining «Birlashgan energetika va yadroviy tadqiqotlar instituti – Sosni» bilan hamkorlikda tabiiy suvlardagi radon miqdorini tadqiq qilish ishlari olib borilmoqda.
    5. Ukraina Gidrometeorologiya instituti (Kiyev sh.) bilan birgalikda xavf darajasi yuqori hududlarda atrof-muhit namunalarining radioaktivligini o‘lchashning samarali usullarini qo‘llash bo‘yicha ilmiy izlanishlar boshlangan.
    6. MAGATE grantlari hisobidan tashkil etilgan 5 ta ilmiy va o‘quv laboratoriyalarida 170 dan ortiq talaba va 20 nafar magistrant laboratoriya mashg‘ulotlari olib bormoqda.
    7. Hozirgi kunda laboratoriyaning 3 nafar yosh mutaxassisi Xitoy (Institute of Modern Physics, Lanchjou sh.), Rossiya (MIFI, Moskva sh.) va Belarus (OIEYAI-Sosnы, Minsk sh.)da aspiranturada o‘qishni davom ettirmoqda.
    8. O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasining ionlashtiruvchi nurlanish manbalarini saqlash va ulardan foydalanish huquqini beruvchi muddatsiz lisyenziyasi olindi (13.04.2021 y. 158-son).
    9. Laboratoriyaning 2 nafar xodimi fizika-matematika fanlari yo‘nalishi bo‘yicha PhD dissertasiyalarini himoya qildi.
    10. Laboratoriyada olib borilgan tadqiqotlar asosida 9 ta magistrlik dissertasiyasi himoya qilindi.
    11. Joriy yilda MAGATE granti hisobidan laboratoriyaning 2 nafar xodimi Rossiya (OIYAI, Dubna sh.), Ukrainada (Ukrgidromet, Kiyev sh.) 2 oylik treningdan o‘tdi, shuningdek, 1 nafar xodim Xorvatiyaga (Ruder Boshkovich instituti, Zagreb sh.) 2 haftalik ilmiy safar uyushtirdi. Bundan tashqari 2022 yilning yanvarь − may oylarida yana 1 nafar xodim Massachusets texnologiya institutida (MIT, Kembrij, MA, AQSH) 4 oylik amaliyot o‘taydi.
    12. Joriy yilda ilmiy jurnallarda 6 ta maqola chop etilgan, shundan 3 ta maqola SCOPUS ma’lumotlar bazasida indekslangan jurnallarda. Shu bilan birga xalqaro va respublika konferensiyalari materiallarida 9 ta maqola va tezislar chop etilgan. Bundan tashqari 4 ta maqola ilmiy jurnallarda chop etishga yuborilgan.
    Laboratoriya binolari va infratuzilmasi 2020 yilda 6,1 milliard so‘mga rekonstruksiya qilindi.

4 rasm. Tadqiqotlar o‘tkazishga mo‘ljallangan 300 metrlik yer osti kanali.

(MIT professori Mayk Short tashrifi, 2021 yil avgust oyi)

    O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasining qurilishi munosabati bilan SamDU YAFL faoliyatining eng muhim yo‘nalishi yadro fizikasi sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.07.2019 yildagi «2019 – 2029 yillarda O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ-4165-son, 16.10.2019 yildagi «O‘zbekiston Respublikasining yadro-energetika dasturi uchun kadrlar salohiyatini rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi PQ-4492-son qarorlari va O‘zbekiston Respublikasining 09.09.2019 yildagi «Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida»gi O‘RQ-565-sonli qonunida atom energetikasi va yadro texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash vazifalari belgilangan. Mazkur hujjatlarda O‘zbekiston Milliy universiteti va Samarqand universiteti oldiga yadro fizikasi yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim standartlarini jahonning ilg‘or universitetlari amaliyotiga mos ravishda takomillashtirish vazifasi qo‘yilgan.

    Yuqoridagi vazifalarni bajarish maqsadida SamDU YAFLda umumiy qiymati 1 million AQSH dollari miqdoridagi xorijiy grantlar jalb etilgan holda ilmiy asbob-uskunalar bilan jihozlash sezilarli darajada yaxshilandi hamda quyidagi 5 ta ilmiy va o‘quv laboratoriyalari tashkil etildi:

  1. Atom fizikasi laboratoriyasi.
  2.  Yadro fizikasi laboratoriyasi.
  3. Yadro reaktorlari fizikasi laboratoriyasi.
  4. Yadro elektronikasi laboratoriyasi.
  5. Dozimetriya va radioekologiya laboratoriyasi.

    Ushbu laboratoriyalarda har yili 170 nafardan ortiq talaba va 20 nafar magistrantlar laboratoriya amaliyoti bajaradilar. Shu bilan birga magistrantlar, doktorant va tadqiqotchilar ilmiy izlanishlarini olib boradilar.      5 rasm. Yadro elektronikasi laboratoriyasi

             

6 rasm. Atom fizikasi laboratoriyasi

    So‘nggi yillarda laboratoriya xodimlari xorijiy ilmiy markazlarda, xususan Triyest (Italiya), Surrey va Liverpul (Buyuk Britaniya), Yuvaskula (Finlyandiya), Zagreb (Xorvatiya) universitetilari, Zaybersdorf (Avstriya) shaxridagi MAGATE laboratoriyasi, Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, OIYAI (Dubna, Rossiya), Dounrey (Shotlandiya) markazlarda o‘z malakalarini oshirib kelgan. Joriy yilda MAGATE granti hisobidan laboratoriyaning 2 nafar xodimi Rossiya (OIYAI, Dubna), Ukraina (Ukrgidromet, Kiyev)da 2 oylik treningdan o‘tdi, shuningdek, 1 nafar xodim Xorvatiya (Ruder Boshkovich instituti, Zagreb)ga 2 haftalik ilmiy safar uyushtirdi.

    Samarqand davlat universiteti «Akademik Tolib Muminov nomidagi Yadro fizikasi laboratoriyasi»ga akademik Muminov Tolib Musayevich 2021 yil dekabrga qadar ilmiy raxbarlik qilgan. Laboratoriyada 6 nafar fan nomzodi doimiy shtat birligida faoliyat ko‘rsatadi. Joriy yilda YAFL bazasida SamDU «Yadro fizikasi» kafedrasining 3 nafar doktoranti, 2 nafar tadqiqotchisi, 19 nafar magistranti va 15 nafar talaba ilmiy tadqiqot ishlarini olib bordi.
Ayni paytda SamDU YAFL jamoasi oldida 35 yildan buyon ishlagan jismoniy va ma’nan eskirgan tezlatkichlarni almashtirish vazifasi turibdi. Talab qilinadigan sarmoya 3 million AQSH dollaridan oshadi. Ushbu masalaga universitet rektori prof. R.I.Xalmuradov, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti B.S.Yo‘ldoshev va Samarqand viloyati hokimligi jiddiy e’tibor qaratishmoqda.