MEXANIKA LABORATORIYASI
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti “Mexanika laboratoriyasi” ilmiy laboratoriyasi 2023 yilda universitet rektori prof.R.I.Xalmuradov rahbarligida Muhandislik fizikasi instituti direktori dots. A.Sh. Yarmuxamedov, professori X.X Xudaynazarov tashabbusi bilan tashkil etilgan.
“ Mexanika laboratoriyasi” ilmiy laboratoriyasining maqsadi: ilmiy-tadqiqot ishalrini rivojlantirish borasida Nazariy mexanika, Tebranishlar nazariyasi, Materiallar qarshligi, Suyuqlik va gazlar mexanikasi, Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi sohasiga tegishli muammoli ilmiy-tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yish, olingan natijalarni amaliyotga joriy etish, davlat ilmiy-texnik dasturlari va iqtisodiyot tarmoqlarining maqsadli rivojlantirishdan iborat.
MEXANIKA LABORATORIYASI TUZILISHI
MATERIALLAR QARSHILIGI ILMIY LABORATORIYASI
SUYUQLIK VA GAZLAR MEXANIKASI ILMIY LABORATORIYASI
DEFORMATSIYALANUVCHI QATTIQ JISM MEXANIKASI ILMIY LABORATORIYASI
Mexanika laboratoriyada iqtidorli talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar va professor-o’qituvchilar, shuningdek shu sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan tadqiqotchilar faoliyat olib bormoqda.
Hozirgi vaqtda laboratoriyaga ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish uchun xorijdan jumladan: Germaniya, Chexiya, Xitoy, Rossiya va boshqa yetakchi davlatlardan zamanovaiy laboratoriya jihozlari olib kelindi. Bu asbob-uskunalar Ilmiy salohiyatni va maqolalarni sifatini oshirish maqsadida qo’llaniladi.
TM 110 – STATIKA Statika asoslari uchun (TM 110) laboratoriya uskunalari to’plami yordamida, Nazariy mexanika fanining statika bo’limidagi ko’plab masalalarni va ularning yechimlarini aniq tekshirishga imkon beradi.. |
|
TM155 – Unversal tebranish uskunasi TM 150.20 uskunalari TM 155 uskunasiga o’rnatiladi va buralma tebranishlar bo’yicha tajribalar o’tkaziladi. |
|
|
FL 160 – QIYSHIQ EGILISH Balkalar kesimining geometrik tavsiflarini belgilash; yassi kesimlar gipetezasini tekshirish (Bernulli); ikki tavrli, burchakli, shvellerli kesim balkalarining yassi ko’ndalang yegilishi; burchakli kesishuv balkalarining qiyshiq yegilishi; kesim neytral o’qiing holatini belgilash; shvellerli kesim balkasidagi yegilish markazini aniqlash; hisob va o’lchangan parametrlarni taqqoslash |
SE 110.16 – PARABOLIK ARKA Qurilma omborlar, ko’priklar, fermalar va shu kabilardagi yuklangan parabolik arkalarni yeksperimental usul bilan tekshirishga va quyidagilarni topishga imkon beradi: yuk ko’tara olish qobiliyatini hisoblash va o’lchash; deformatsiyalarni isoblash va o’lchash; to’plangan kuch yoki chiziqli yuklanishning ta’siri.. |
|
WP500 - BURALISH Talabalar quyidagilarni o’rganadi: buralishdagi mustahkamlik; buralishdagi kuchlanish; siljish moduli; buralish burchagi; elastik va plastik deformatsiya; burovchi momentni o’lchash usullari.. |
|
WP 950 – TEKIS EGILISH Uskuna yegiluvchi to’g‘ri balkalarning.deformatsiyasiga doir bir qancha tajribalar o’tkazishga imkon beradi. Tajribalada quyidagilar qaraladi -Turli chegaraviy shartlarda yelastik yegilish -Turli kuchlar ta’sirida yelastik yegilish -Maksvell-Betti qonunini namoyish yetish Statik aniqmas sistemalarda tayanch reaksiyalarianiqlash orqali ilmiy tadqiqot ishlari o’tkaziladi |
|
FL130 – YUPQA DEVORLI SILINDRIDA DEFORMATSIYA VA KUCHLANISH Tajriba uskunasi yordamida “yupqa devorli silindrda kuchlanish va deformatsiya tahlil qilish" o’rganiladi. Ichki bosim ostida yupqa devorli silindrda tekis kuchlanish holatini ko’rsatiladi |
|
WP121 - USTUVORLIK Balkalarning o’q bo’ylab qo’yilgan kuch ta'sirida yegilishi muhandislik sohasida muhim ahamiyatga yega • Qurilish va metall konstruksiyalaridagi ustunlar va tayanchlar; gidravlik silindrlardagi porshen shtoklari; ko’tarish tishli g‘ildiragida ko’tarish vintlari; mashinasozlikdagi shatun va turtkichlar |
|
WP140 – MO’RTLIK Ushbu qurilma yordamida mo’rtligi, mustahkamligi sinovlari o’tkazish mumkin shu jumladan, kuchlanish yuklanish davriy miqdori diagrammasini tuzish mumkin. |
|
P50 UNVERSAL SINOV USKUNASI Bu laboratoriya uskunasi yordamida materiallarning cho’zilish, siqilish va egilishga doir mexanik parametrlarini aniqlash va mustahlikka sinash mumkin. |
|
H007N Elektromexanik sinov mashinasi H007N universal sinov mashinasi yordamida Materialshunoslik va materiallar qarshiligi fanlaridan materiallarning yelastik plastik deformatsiyalarini aniqlash cho’zilish va siqilishga tekshirish mumkin |
|
CMT-300 Elektromexanik sinov mashinasi CMT-300 universal sinov mashinasi yordamida Materialshunoslik va materiallar qarshiligi fanlaridan materiallarning yelastik plastik deformatsiyalarini aniqlash cho’zilish va siqilishga tekshirish mumkin |
|
HM 115 - GIDROSTATIKA Suyuqlikning yuqoriga ko’tarish kuchi (Arximed kuchi)ni aniqlash; Turli suyuqliklar va turli haroratdagi suyuqliklar zichligini aniqlash; Suvning gidrostatik bosimini o’lchash; Tekis va yegri chiziqli yuzalarga suyuqlik bosim markazini aniqlash; Tutash idishdagi gidrostatik bosim (tutash naychalar). Tutash idishlar qonuni bilan tanishish; Boyl-Mariott qonuni bilan tanishish; Quvurdagi oqimning dinamik va statik bosimini tekshirish; Suyuqliklar sirt tarangligi kuchini aniqlash. |
|
HRS-150 Rokvell metodi bo’yicha qattiqlikni o’lchash uskunasi Materialshunoslik fani uchun (Kason-HRC-150) laboratoriya uskunasi yordamida materiallarning qattiqligini hisoblash mumkin. Yangi namunalar uchun hisob natijalarini aniqlash mumkin. |
|
HBC-3000ET qattiqlikni o’lchash uskunasi Materialshunoslik fani uchun (Kason-HBC-3000ET) laboratoriya uskunasi yordamida materiallarning qattiqligini hisoblash mumkin. Yangi namunalar uchun hisob natijalarini aniqlash mumkin |
|
HBC-120ZTG Vikkers metodi bo’yicha qattiqlikni o’lchash uskunasi Materialshunoslik fani uchun (Kason-HBC-120ZTG) laboratoriya uskunasi yordamida materiallarning qattiqligini hisoblash mumkin. Yangi namunalar uchun hisob natijalarini aniqlash mumkin. |
|
JBS-300C-Zarba sinov mashinasi JBC-300C zarba sinov mashinasi yordamida jismlarni mo’rtlikka tekshirishimiz mumkin. Bu mashina yordamida metallar, metal qotishmalar va kompozit materiallarning mo’rtligini hisoblash mumkin. Yangi namunalarni GOST standartlar bo’yicha tekshirib berish mumkin |
Laboratoriyada olib borilgan tadqiqot natijalarining nashr etilishi
Nashr qilingan o’quv qo’llanmalar
1. X.Xudoynazarov, O.Abdullayev, X.Buranov Mexanikaning matematik asoslari. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar uchun. O’quv qo’llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2023. – 168 b.
Nashrga tayyorlanayotgan o’quv qo’llanmalar
1. O.Abdullayev, O’.Nishonov, Z.Xudayberdiyev, Sh.Omonov Nazariy mexanika fanida Maple dasturidan foydalanish. Ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar uchun. O’quv qo’llanma. – Samarqand: SamDU nashri, 2023. – 186 b.
Xorijiy maqolalar
1. Khalmuradov, R., Khudoynazarov, K., Isabekov, K. Experimental study of vibrations of cross-rod spatial structures // E3S Web of Conferences, 2023, 365, 02006 doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336502006
2. Khalmuradov, R., Khudoynazarov, K., Omonov, SH. Calculation of parameters of anchor-sprayed concrete support vertical mining operations // E3S Web of Conferences, 2023, 365, 02020 doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336502020
3. Khudoynazarov, K., Gadayev, A., Akhatov, KH. Torsional vibrations of a rotating viskoelastic rod // E3S Web of Conferences, 2023, 365, 02016 doi: https://doi.org/10.1051/e3sconf/202336502016
4. Mirsaidov M.M., Dusmatov O.M., Khodjabekov M.U. Dynamics of the rod protected from vibration under kinematic excitations // AIP CONF. PROC. 2612, 030005 (2023) https://doi.org/10.1063/5.0113225
5. Mirsaidov M.M., Dusmatov O.M., Khodjabekov M.U. Stability of nonlinear vibrations of elastic plate and dynamic absorber in random excitations // E3S Web of Conferences 410, 03014 (2023) https://doi.org/10.1051/e3sconf/202341003014
6. Mirsaidov M.M., Dusmatov O.M., Khodjabekov M.U. Mode shapes of hysteresis type elastic dissipative characteristic plate protected from vibrations // Lecture Notes in Civil Engineering 282, (2023), pp. 127-140, https://doi.org/10.1007/978-3-031-10853-2_12
7. Dusmatov O.M., Urunboev, E., Mamatkabulov A. Rectilinear car motions taking into account the elasticity and deformability of tires // E3S Web of Conf. Volume 389, 2023 https://doi.org/10.1051/e3sconf/202338901024
8. Khudoynazarov, Khayrulla, “A mathematical model of physically nonlinear torsional vibrations of a circular elastic rod”, Tomsk State University Journal of Mathematics and Mechanics, 2023, vol. 84. 152-166. doi:10.17223/19988621/84/12
Laboratoriya xodimlari
Buranov Xudoyor Maxmadiyarovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent
|
Xoliqov Dilshod Shukurillayevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, PhD dotsent |
Abdurazzakov Jamshid Norbo’tayevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, PhD dotsent
|
Usmonov Rustam G’ayratjon o’g’li O’qituvchi |
Qo’shoqov Samandar Odilovich Amaliy mexanika ilmiy tatqiqot laboratoriyasi mudiri |
Umarov Shaxzod Ne’mat o’g’li Materiallar qarshiligi mexanikasi laboratoriyasi xodimi. |
Usmonov Olim Muxtor o’g’li Suyuqlik va gazlar mexanikasi laboratoriyasi xodimi. |
O’mirzoqov Shohjahon Ahmad o’g’li Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi laboratoriyasi xodimi. |