NAVOIY MUZЕYI
“NAVOIY MUZЕYI” ILMIY-AMALIY MUZЕY-LABORATORIYASI |
NAVOIYSHUNOSLIK |
MANBASHUNOSLIK |
MUZEYSHUNOSLIK |
TA’LIM TARIXI |
ILMIY TADQIQOT YO‘NALISHLARI |
Navoiy lirikasini o‘rganish va ilmiy tadqiq etish |
Navoiy nasriy asarlarini o‘rganish va ilmiy tadqiq etish. |
Tekstologik tahlil |
Alisher Navoiy ijodi va adabiy ta’sir masalasi ko‘lamidagi tadqiqotlar |
Madaniy meros obyektlarini saqlash va tadqiq etish bo‘yicha ilmiy izlanishlar |
IT texnologiyalardan foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar |
O‘rta asrlarda ta’lim tarixini o‘rganish va ilmiy tadqiq etish |
Ta’lim tarixi taraqqiyoti va dolzarb muammolari |
“NAVOIY MUZЕYI” ILMIY-AMALIY MUZЕY-LABORATORIYASI XODIMLAR
Muxitdinova Nazmiya Ilmiy markaz direktori, DSc. professor |
Rahim Qayumov Katta laborant |
Muxitdinova Badea Katta laborant, DSc. professor |
Muminova Dilorom Texnik (PhD) |
. Sulaymonov Qo‘zibek Texnik |
Zafar Umarov Normnazoratchi
|
SAMDU “NAVOIY MUZЕYI” ILMIY-AMALIY MUZЕY-LABORATORIYASI KO’RINISHI
NAVOIYSHUNOSLIK TADQIQOTLAR BO’LIMI YO’NALISHLARI:
Alisher Navoiyning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan. Bu bo‘limning markazida samarqandlik haykaltarosh-rassom To‘lagan Yorqulovning Alisher Navoiy skulpturasi, Keyingi stendlarda Alisher Navoiyning biografiyasi, Navoiy aks ettirilgan rangtasvir asar nusxasi, uning yashagan va sayohatda bo‘lgan joylari xaritasi, Alisher Navoiyning zamondoshlari A.Jomiy, Lutfiy, Husayn Boyqaro, Kamoliddin Behzod, Zahiriddin Bobur aks ettirilgan rasmlar nusxasi, Alisher Navoiy Samarqandda bo‘lgan paytda mavjud bo‘lgan tarixiy obidalar fotosuratlari, uning asarlariga chizilgan miniatyuralar nusxalar joylashtirilgan.
Bu bo‘limda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng buyuk shoirga bo‘lgan ehtirom va e’tirofga bag‘ishlangan materiallar keng o‘rin berilgan.
MANBASHUNOSLIK TADQIQOTLAR BO’LIMI YO’NALISHLARI:
Samarqandda ilk o‘rta asrlarda va undan keyingi davrda ta’lim tarixiga, rivojlanishi, bu yerda ta’lim olgan va dars bergan Sharq buyuk allomalari, ularning jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissalari yoritib berilgan. Bo‘limda Samarqand shahrining IX-XII asrda joylashgan xaritasi, qadimiy Afrosiyob shahrini rekonstruksiya etilgan shakli, qadimiy Afrosiyob shaharchasidan topilgan arxeologik buyumlar, hozirgi Shohi-zinda majmuasi hududida joylashgan 1066 yilda ochilgan Qusamiya yoki Ibrohim Tamg‘ochxon madrasasining plani, ushbu madrasada ta’lim olgan va keyinchalik dars bergan buyuk alloma Umar Xayyom portreti foto nusxasi, o‘sha davrga xos bo‘lgan o‘quv jihozlari qo‘yilgan. Bundan tashqari, Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Farobiy, Abdurahmon al-Beruniy, Abu ali ibn Sino portretlari va ular faoliyatlari haqida matn joylashgan.
Bo‘limning Amir Temur va temuriylar davridagi ta’lim tarixiga bag‘ishlangan qismida Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur portretlari, Amir Temur davlati xaritasi, ular tomonidan qurilgan inshootlar, o‘sha davrda madrasalarda o‘qitilgan darsliklarni qo‘lyozma shaklidagi nusxalari, madrasalarda foydalanilgan o‘rta asr dunyo xaritasi nusxasi, madrasalarni bitirgandan so‘ng talabalarga berilgan hujjat nusxalari ko‘rsatilgan. Bundan tashqari ushbu bo‘lim ekspozitsiyasida o‘rta asrlardagi madrasalardagi hujralarini intereri ham namoyish etilmoqda.
MUZEYSHUNOSLIK TADQIQOTLAR BO’LIMI YO’NALISHLARI:
Loyihaning asosiy vazifasi o‘quv jarayoniga yordamchi baza sifatida ko‘maklashish, muzey qo‘lyozmalaridan va eksponatlaridan ilmiy-tadqiqot ishlari uchun foydalanish, universitet talabalari bilan navoiyshunoslik bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazish, muzey xonalarini yangi eksponatlar bilan boyitishdan iborat.
Muzey ilmiy bazasidan magistrlar va doktorantlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun foydalanib kelmoqdalar. Muzeyda yil davomida ilmiy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazilib, madaniy-ma’rifiy sohada targ‘ibot-tashviqot ishlari olib boriladi.
“Alisher Navoiy muzeyi” da ko‘p yillar mobaynida SamDU ma’muriyati, Samarqand viloyati va shahar jamoatchiligi hamda muzey xodimlari tomonidan foto-hujjatlar, qo‘lyozma, kitoblar, arxeologik, etnografik, numizmatik, rangtasvir va boshqa buyumlar to‘plangan.
Hozirgi paytda muzey fondida 2000 tadan ortiq muzey ashyolari saqlanib kelinmoqda. Ulardan eng noyoblari muzey ekspozitsiyasida namoyish etilmoqda. Bundan tashqari universitet kutubxonasining Sharq qo‘lyozmalari fondida o‘n mingdan ortiq noyob kitoblar mavjud bo‘lib, bu noyob xazinani o‘rganish ham bevosita muzey-laboratoriyaning faoliyati va ilmiy tadqiqotlari sohasiga kiradi.
TA’LIM TARIXI TADQIQOTLAR BO’LIMI YO’NALISHLARI:
XX asrning boshida Samarqandda oliy ta’lim muassasalarini tashkil topishi, rivojlanishi, turli sohalarda fizika, matematika, biologiya, kimyo, geografiya, tarix, arxeologiya, falsafa, adabiyotshunoslik, tilshunoslik Samarqand maktabini vujudga kelishi va ularning jahon ilm-fanni rivojiga qo‘shgan hissasini aks ettiruvchi fotosuratlar, hujjatlar, ko‘lyozmalar, darslik kitoblar, kiyimlar, o‘quv jihozlari, uskunalar va boshqalar joylashtirilgan. Ushbu bo‘limda ham XX asrning 60-80 yillaridagi SamDUda faoliyat olib borgan olim ish kabinetining intereri tashkil etilgan.
Mustaqillik tufayli mamlakatimizda izchillik bilan olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, ayniqsa, ta’lim-tarbiya sohasida «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ning qabul qilinishi umumta’lim, kasb-hunar ta’limi hamda oliy ta’lim tizimida zamonaviy, yuksak bilimli va iste’dodli kadrlar tayyorlash borasida tub o‘zgarishlar SamDU misolida ko‘rsatilgan. Ekspozitsiyada fotosuratlar, hujjatlar, xaritalar, maketlar, uskunalar, mualliflik sertifikatlar, Xalqaro aloqalar tufayli SamDU ga to‘hfa etilgan sovg‘alar namunalari, sport musobaqalarida g‘olib bo‘lgan sportchilarga bergan medallar, sovrinlar, diplomlar va boshqalar namoyish etilgan.
Muzey ekspozitsiyasi barpo etilgandan so‘ng, uning tadqiqot ko‘lami kengaydi va bu yerda Alisher Navoiy hayoti va ijodini tadqiq etish bilan birga ilk o‘rta asrlarda Sharqda ta’lim tarixi, Amir Temur va temuriylar davridagi ilm-fan va madaniyatning rivojlanishi, SamDUning tashkil topishi, rivojlanishi, undagi ilmiy maktablarni tarixi, ularning jahon ilmu fani taraqqiyotidagi o‘rni va boshqa masalalar o‘rganiladi. Bundan tashqari muzey-laboratoriya mintaqada muzeyshunoslik sohasida ham ilmiy izlanishlar olib borib, bu yerdagi muzeylar uchun ilmiy-uslubiy markaz sifatida faoliyat olib borilmoqda.
“NAVOIY MUZЕYI” ILMIY-AMALIY MUZЕY-LABORATORIYASIDA ERISHILGAN YUTUQLARI
Loyiha bo‘yicha amalga oshirilfyotgan ishlar va faktik material nashr etilgan ilmiy maqolalar tarzida taqdim etilmoqdi. Ilmiy nazariy xulosalar, tahlil va tadqiqotlar ma’ruzalarda, darslik va qo‘llanmalarda istifoda etilmoqdi.
- Alisher Navoiy hayoti va ijodini o‘rganish, ularning Samarqanddagi manbalarini tadqiq etish bo‘yicha 10 ta monografiya nashr etildi;
- Tekstologik tahlil asosida 4 ta devon va ularning tabdil nashrlari amalga oshirildi;
- SamDU ilmiy darajalar beruvchi IKda Navoiy ijodiy merosi tadqiqiga bag‘ishlangan 12 ta PhD va DSc dissertatsiyalar himoya qilindi. Bular bo‘yicha batavsil ma’lumot O‘zAda chop etilgan “Navoiy ijodini o‘rganish: SamDU huzuridagi Ixtisoslashgan ilmiy kengashda navoiyshunoslikka oid 12 ta dissertatsiya himoya qilingan” nomli maqolada Kengash raisi professor M.Muhiddinov tomonidan sarhisob qilingan.
- Navoiy va adabiy ta’sir masalasi aspektida SamDU mumtoz adabiyot tarixi kafedrasida ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilib, 4 ta PhD va 1 ta DSc dissertatsiyalar himoya qilindi.
- Ilmiy labaratoriya xodimlari tomonidan nufuzli Xalqaro universitetlarda Alisher Navoiy va mumtoz adabiyotning dolzarb mavzulari yuzasidan ilmiy-nazariy mashg‘ulotlar o‘tkazib kelindi;
- mumtoz adabiyotning dolzarb muammolari sharh va tahlillariga bag‘ishlangan “Navoiy izdoshlari” va “Mumtoz adabiyot va hozirgi zamon” nomli to‘garak soatlari navoiyshunoslik va mumtoz adabiyotning dolzarb mavzularida muntazam olib boriladi.
- “Alisher Navoiy” jurnali ta’sis etilishi, shoir ijodining xorijda o‘rganilishi bilan bog‘liq ilmiy-amaliy ishlar prof.I.Mirzayev, dots. R.Ruzmonova kabi olimlar tomonidan o‘z samarasini ko‘rsatmoqda.
- Muzey SamDU ijtimoiy-gumanitar va filologiya fakultetlari uchun o‘quv jarayoniga yordamchi baza sifatida muntazam ishlatiladi;
- muzey ilmiy bazasidan magistrlar va doktorantlar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun foydalaniladi;
- muzeyda yil davomida nishonlanadigan ilmiy-ma’rifiy tadbirlarda, yubileylar o‘tkazishda, ma’naviy-ma’rifiy sohada targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borishda foydalaniladi.
Umuman ilmiy tadqiqotlar borasida 15 ta monografiya, 2 ta elektron darslik, 7 ta konferensiya to‘plami, xorijiy ilmiy jurnallarda 15 ta, respublika ilmiy jurnallarda 71, xalqaro ilmiy konferensiyalarda 42 ta, respublika ilmiy konferensiyalarida 57 ta ilmiy maqolalar e’lon qilindi, 15 dan ortiq ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalar nashr etildi.
Ilmiy maqolalar
1. Mukhitdinova N. Artistic improvement of Alisher Navoi traditions in Ghazi and Sadoi poetry. - LAP LAMBERT Akademic publishing, 2021. – 104 р.
2. Mukhitdinova N. Muhammad Goziy and His Leiterary Heritage. Journal of Psychosocial Rehabilitation // ISSN: 1475-7192. Vol. 24, Issue 05, 2020. – P. 6713-6721. (№ 3.Scopus)
3. Mukhitdinova N. Interpretation of mystical themes in Mirhasan Sadoi and Muhammad Ghazi‟s collection of poems // Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). ISSN: 2278-4853 Vol 10, Issue 3, March, 2021. – Р. 538-548. (№2. Impact Factor: SJIF 2021 = 7.699. DOI: 10.5958/2278-4853.2021.00179.8)
4. Muxitdinova N. Qo‘qon adabiy muhiti va Mirhasan Sadoiy adabiy merosi. – Samarqand, SamDU nashri, 2019. – 164 b.
5. Мухитдинова Н. Традиции Бабарахима Машраба в творчестве Ходжаназара Хувайдо // Международный научно-исследовательский журнал. – Екатеринбург, 2016. - № 4(46). – С. 61-64.
6. Muxitdinova N. Navoiy va Qo‘qon adabiy muhiti. Alisher Navoiy ijodi va qiyosiy tahlil masalalari. Ilmiy maqolalar to‘plami. – Toshkent, 2017. – B. 132-174.
7. Мухитдинова Н. Ода духовной чистоте // Международная Научная Конференция «Актуальные Проблемы Современного Востоковедение» («Бунятовские Чтение»). Посвященная Памяти Действительного Члена Национальной Академии Наук Азербайджана Зии Мусаевича Буниятова. – Баку, 2017. – Б. 196-197.
8. Mukhitdinova N. Explanations of educated ideas in poets’ works of XVIII-XIX century in Central Asia. International roundtable on multidisciplinary research islamic studies and civilizations. Central Asia’s Golden age on the crossroad of civilizations and languages. July 6. 2019. –Р. 15.
9. Mukhitdinova N. Idealogical-artistic concern in the creation of Khusrow Dehlavi and Alisher Navoi. Научный журнал “Globus” мультидисциплинарный сборник научных публикаций. «Достижения и проблемы современной науки» выпуск 9 (42) 2019. –Р. 43-45.
10. Muxitdinova N. O‘zbek folklori. (hammuallif) Toshkent. Zebo Print. 2022. – Б. 450
11. Muxitdinova N. Muhammad G‘oziy ijodida salaflar uslubiga izdoshlik ko‘rinishlari.POLISH SCIENCE JOURNAL ISSUE 4(49) INTERNATIONAL SCIENCE JOURNAL 2022. 198-204
12. Mukhitdinova N. Mirhasan Sedayi'nin şiirlerinde tasavvufi konularin sanatsal yorumu. FİLOLOJİ VE KÜLTÜR ARAŞTIRMALARI. № 3. 2024-yil. – Б. 244-257
13. Mukhitdinova N. Muhammad G‘oziy ijodida fuzuliy uslubiga izdoshlik ko‘rinishlari. “TURKIY XALQLAR ADABIYOTI: ADABIY ALOQALAR, ADABIY TA’SIR VA TARJIMA” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. Boku-2022Б. 850-859
15. Mukhitdinova N. About Alisher Navoi’s Ghazals with “Firaq” from the Diwan of the Aq Qoyunlu Admirers. SPAST Reports, 2024
16. Mukhitdinova N. Klasik Doğu edebiyatında şiirsel içeriğin mükemmelliği. Farsça Konuşan Ülkeler Filoloji Sempozyumu. 15.12.2023
17. Mukhitdinova N. 18-19 аср ўзбек шоиралари шеъриятининг ирфоний такомили.4-Туркий халқлар халқаро цивилизацияси конгреси. Қирғиз-Турк Манас университети. Бишкек-2023. 22-25 ноябрь
18. Kayumov Rahim. AN APPROACH TO COMPUTER-AIDED RECONSTRUCTION OF MUSEUM EXHIBITS. Advances in Science and Technology Research Journal Volume 11, Issue 2, June 2017, pages 87–94 DOI: 10.12913/22998624/69419
19. Kayumov Rahim. Acceptation of the Developed Mobile Virtual Reality Visualisations of 3D Objects from the Area of the Silk Road. Advances in Science and Technology Research Journal 2022, 16(4), 211–222 htps://doi.org/10.12913/22998624/152822 ISSN 2299–8624, License CC-BY 4.0
20. Kayumov Rahim. MULTIDISCIPLINARY TECHNOLOGIES FOR CREATING VIRTUAL MUSEUMS – A CASE OF ARCHAEOLOGICAL MUSEUM DEVELOPMENT Proceedings of INTED. 2018 Conference 5th-7th March 2018, Valencia, Spain ISBN: 978-84-697-9480-7
21. Kayumov Rahim. Contents lists available at ScienceDirect Digital Applications in Archaeology and Cultural Heritage journal homepage: www.elsevier.com/locate/daach 26 (2022) 00230
22. Kayumov Rahim. Muzey atamalari. –Samarqand, 2023.
23. Kayumov Rahim. Revisiting The Trumpeter of Samarkand
Between automatic and literary translation of a short story
by Ksawery Pruszyński. Monografie – Politechnika Lubelska-2023. Publication approved by the Rector of Lublin University of Technology
ISBN: 978-83-7947-566-7.
24. Muxitdinova B.M. Sayidahmad Vasliy Samarqandiy hayoti va adabiy merosi. Monografiya. – Toshkent: O‘zR FA Fan, 2020. – 200 b.
25. Muxitdinova B.M. The life and literary heritage of Sayidahmad Vasliy Samarkandiy. Monograph. Chisinau: LAP Lambert Academic Publishing, 2021. – 154 p.
26. Muxitdinova B.M. The interpretation of love, moral and enlightened ideas in Sayidahmad Vasliy Samarkandiy`s work. Western European Journal of Linguistics and Education. Volume 2, Issue 1, January, 2024. ISSN (E): 2942-190X. ResearchBib IF: 9.765 // P. 79-88.
27. Muxitdinova B.M. The Life of Saidakhmad Vasli Samarkandi and His Role in the Literary Environment in that Time. International Journal of Psychosocial Rehabilitation // Vol. 24. Issue 05, 2020. – P.6441-6450 (Scopus).
28. Muhitdinova B.M. (2023). Tarikatta Veraset (“Nazmu’s-Silsile” Adlı Eser Örneğinde). Uluslararası Türk Lehçe Araştırmaları Dergisi / International Journal of Turkic Dialects (TÜRKLAD). 7. Cilt, 2. Sayı. S. 261-272.
29. Muxitdinova B.M. Sayidahmad Vasliy Samarqandiy – tarjimon. Tıl. Ta’lim. Tarjima (xalqaro ilmiy jurnal) 2020, Volume 1, Issue 1. – P.106-113.
30. DOI:10.26739/2181-0796- 2020-1-13. (10.00.00. №24)
31. Muxitdinova B.M. Sayidahmad Vasliy Samarqandiy ma’rifatparvar va taraqqiyparvar olim. So‘z san’ati (xalqaro jurnal) VOLUME 2, ISSUE 3. DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9297-2020-2. – P.150-158. (10.00.00. №31)
32. Muxitdinova B.M. Musulmon sharqi mıntaqasıda zullısonaynlık an’anasınıng shakllanıshı va rıvojlanıshi. Kirgizistan-Türkiye Manas Üniversitesi. Iv. Uluslararasi Türk uygarliği kongresi. – Bişkek – Kırgızistan. 23-25 Kasım. 2023. – B. 180-187.
33. Muxitdinova B.M. Timurlular döneminde tarihi koşullar ve züllisaneyn geleneği. Uluslararası Farsça Konuşan Ülkeler Filoloji Sempozyumu. Uluslararası Filoloji Araştırmaları Dergisi, https://www.inonu.edu.tr/lisaniyat. Inonu university, 15 Aralik 2023. – B. 185-186.
34. Muxitdinova B.M. Vasliy Samarqandiyning “Tuhfat ul-ahbob” asarida axloqiy va ma’rifiy g‘oyalar talqini. Polish science journal (xalqaro jurnal) ISSUE 6(27), Part 1. ISBN978-83-949403-4-8. Warsaw, Poland. Wydawnictwo Naukowe “iScience” 2020 – P. 175-179.
35. Muxitdinova B.M. Литературное наследия и общественная деятелность Сайидахмада Васли Самарканди. Теоритеческие и практические аспекты развития современной науки: материалы VI международной научно-практической конференции. Москва, 26 декабря 2012 г. (Науч.-инф. издат. центр “Институт стратегических исследований”. Москва: Изд-во “Спецкнига”, 2012. - 432 с.) – C. 289-293.
36. Muxitdinova B.M. Sayidahmad Vasliy Samarqandiyning ijodi va ijtimoiy faoliyati. Материалы международной научно-практической конференции “Социално-экономическое и культурное сотрудничество Таджикистана и Узбекистана: история и современность”. – Худжанд, 21-22 июня 2019 года. – Б. 422-427.
37. Muxitdinova B.M. Sayidahmad Vasliy Samarqandiy ijodida irfoniy g‘oyalar talqini. “Uluslararası Türk Dünyası Yunus Emre Sempozyumu” mavzusidagi xaqaro ilmiy konferensiya materiallari. – Turkiya, 2021-yil 24-27-may.
38. Muxitdinova B.M. Публицистическая деятелность Саидахмада Васли Самарканди. Качество жизни населения промышленных территорий в стратегии “общество 5.0”. 2 июня 2022 г. Набережночелнинский институт Казанского федералного университета. г. Набережные Челны. I Международной научной конференции.
39. Muminova D. The issues of tradition and creativity in the style of official letters // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal ISSN: 2249-7137 Volume 10, Issue 7, July 2020. – P. 463-468. (Impact Factor: SJIF 7.13.).
40. Muminova D. Tohirov S. The Symbol Of Beauty And The Place Of Poetry In Nomawriting // European Journal of Molecular & Clinical Medicine ISSN 2515-8260 Volume 07, Issue 03,2020. 4445-4452.
41. Muminova D. Nomada kichik lirik janrlar // Zamonaviy Roman-German tilshunosligi va tilllarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar. Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Samarqand: 2018, -B, 288-289.
42. Сулаймонов Қ. “Vaqoe” asarida Umarshayx Mirzo portreti. Xalqaro ilmiy-nazariy anjuman. Temuriylar davrida yaratilgan “xamsa”larning komparativistik tadqiqi va ularning sharq adabiyoti taraqqiyotidagi o‘rni – SamDU, 2020-y. 6-7 noyabr – B. 137-140.