Samarqand davlat universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi mudiri Kibriyo Hasanova
+998 93 342 53 53 khasanova-5353@mail.ru
Kibriyo Hasanova pedagogika fanlari nomzodi, professor. Samarqand davlat universiteti pedagogika kafedrasida 1978-yildan beri faoliyat yuritadi. 2017-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti fakultetlararo pedagogika kafedrasi mudiri. 1990-yilda “Некоторые проблемы интернационального воспитания студентов в процессе изучения литературы (на материале узбекской и таджикской литературы)” mavzusida nomzodlik, dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 monografiya, 1 ilmiy risola, 5 o‘quv va 1 uslubiy qo‘llanma, 8 darslik muallifi. Shuningdek, olima bugunga qadar SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazasiga kiruvchi jurnallarda va 100 dan ortiq ilmiy maqolalalar e’lon qilgan.
Kibriyo Hasanovaning SCOPUS va WEB OF SCIENCE bazasiga kiruvchi jurnallarda chop etilgan maqolalari:
Samarqand davlat universiteti fakultetlararo pedagogika kafedrasi a’zolari
Kiyamov Nishon Sadikovich
Pedagogika fanlari doktori, professor. SamDU fakultetlararo pedagogika kafedrasida 1991-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1995-yilda “Maktab musiqa darslari orqali o‘smirlarda vatanparvarlik va baynalmilal his-tuyg‘ularini shakllantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2019-yilda “Oliy ta’lim muassasalari talabalarida musiqiy madaniyatni shakllantirishning pedagogik asoslarini takomillashtirish” mavzusi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasini himoya qilgan. Olim ilmiy faoliyati davomida 2 ta uslubiy qo‘llanma, 2 ta monografiya 10 dan ortiq xorijiy, 80 dan ziyod respublika jurnallarida e’lon qilingan maqolalar muallifi |
|
Ulasheva Dilorom Sherbekovna
SamDU fakultetlararo pedagogika kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Совершенствование эффективности самостоятельной работы студентов на основе критического мышления” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Ilmiy faoliyati davomida1 o’quv qo’llanma, 3 xorijiy va 6 respublika jurnal va ilmiy anjumanlarda maqola va tezislar e’lon qilgan.
|
|
Narziyeva Zarrina Abduxalimovna
SamDU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2019-yildan faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarni xalq qo‘shiqlari vositasida axloqiy tarbiyalash tizimini takomillashtirish (5-7-sinflar misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Ilmiy faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 3 xorijiy va 8 respublika jurnal va ilmiy anjumanlarda ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
|
|
Pulatova Muhabbat Egamberdiyevna
SamDU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2017-yildan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsion kompetensiyasini rivojlantirishning pedagogik asoslari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Ilmiy faoliyati davomida 8 xorijiy va 15 respublika jurnal va ilmiy anjumanlarda ilmiy maqola va tezislar e’lon qilgan.
|
|
Berdikulova Nasiba Erkinjonovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. “Совершенствование инновационных и интеграционных технологий для студентов направления начального обучения”(“Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida innovatsiya va integratsion texnologiyalarni takomillashtirish”) mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Nasiba Berdikulova 1 o‘quv qo’llanma, 2 xorijiy va 7 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
|
|
Jum’azoda Malika
Samarqand davlat universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2018-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. “Ommaviy axborot vositalari orqali talabalarni ijodkorlik faoliyatiga yo‘naltirishning pedagogik asoslari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Malika Jum’azoda faoliyati davomida 1 darslik 5 xorijiy va 7 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Javliyeva Shaxnoza Baxodirovna
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2005-yildan buyon faoliyat yuritmoqda. “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Shaxnoza Javliyeva faoliyati davomida 2 xorijiy va 12 dan ortiq respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Salaxutdinova Musharraf Isamutdinovna salaxutdinovamusharraf@samdu.uz Filologiya fanlari nomzodi, pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti. SamDU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2004-yilda "Sulton Masud Mirzo Shohiy" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Musharraf Salaxutdinova faoliyati davomida 2 monografiya, 9 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 2 Scopus bazasiga (2020-yil) kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Musinova Ruxshona Yunusovna Psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2016-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2020-yilda “Социально-психологические особенности формирования креативной саморегуляции у будущих педагогов” mavzusida psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Ruxshona Musinova faoliyati davomida 2 monografiya, 4 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 4 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Atoyeva Gulshoda Rabimovna 2022-yildan pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi dotsenti. SamDU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2003-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Gulshoda Rabimovna faoliyati davomida 1 monografiya, 1 darslik, 2 o‘quv, 1 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olima bugunga qadar 5 xalqaro va 10 dan ortiq respublika ilmiy nashrlarida maqolalar e’lon qilgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 3 maqolasi e’lon qilingan. |
|
Mamatova Nazira Djurakulovna Kafedra assistenti. Sharof Rashidov nomidagi SamDU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Nazira Mamatova faoliyati davomida xorijiy jurnallarda 3, respublika konferensiyasida 1 tezis va maqolalar e’lon qilgan. “Nikoh-oila munosabatlari barqarorligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. |
|
Shukurullayev Xamidulla Nurullayevich shukrullayevhamidullo@samdu.uz Kafedra assistenti. SamDU pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Xamidulla Shukurullayev faoliyati davomida, xorijiy va respublika jurnallarida 5 dan ortiq ilmiy maqolalar, xorijiy, respublika konferensiyalarida 10 dan ortiq tezislar e’lon qilgan. |
|
Pedagogika va umumiy psixologiya kafedrasi tarixi Pedagogika kafedrasi universitet bilan tengdosh kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedraning, tashkil topish, ilmiy markazga aylanishida akademik A.M.Baxouddinov, M.Ashrafiy, A.S.Yefimov singari olimlarning xizmatlari katta bo‘lgan. Bu ilmiy maktabning asosiy rivojlanishi professor A.S.Yefimov nomi bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, bu olim ta’lim-tarbiya sohasida yetuk mahalliy, milliy kadrlar bilan boyitishda jonbozlik ko‘rsatdi. Pedagogika kafedrasiga ko‘p yil mudirlik qilgan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, professor A.S.Yefimov rahbarligida o‘nlab pedagogika fanlari nomzodlari tayyorlangan bo‘lib, ular O‘zbekiston va qo‘shni xorijiy davlatlar oliy o‘quv yurtlarida ishlamoqdalar. Prof.A.S.Yefimov pedagogika fanlari nomzodlari, dotsentlar F.Bozorov, S.Rahimov, X.Samatov, X.Abduraximova, A.Choriyev kabi 40 ga yaqin fan nomzodi yetishtirib, o‘zining ilmiy maktabini yaratdi. Jumladan, X.Abduraximova olimning bevosita rahbarligida “O‘zbek oilalarida internatsional tarbiya” mavzusida nomzodlik ishini himoya qildi. |
|
Bozorov F. “Mendeleyevning ilmiy-pedagogik merosi va uni O‘zbekistonning oliy pedagogik o‘quv yurtlarida o‘rganish”, S.Rahimov “Abu Ali ibn Sinoning pedagogik qarashlari” M.Shyerboyev “Kolxoz oilasida tarbiya masalalari”, A.Gʻaniyev “S.Ayniniyning pedagogik qarashlari” mavzularida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilib, bu asosda bir qator ilmiy-nazariy asarlar chop qilishdi. Yefimov Afanasiy Semyonovichni nafaqat O‘zbekiston, balki O‘rta Osiyo ilmiy–pedagogik jamoatchiligi pedagogika fani nazariyotchilaridan bir sifatida ye’tirof yetganlar. Olim o‘z vaqtida oliy ta’limni rivojlantirish va pedagogika fanlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha qator kengashlarning a’zosi yetib saylagan. A.S.Yefimov asos solgan bu ilmiy maskan 1980-yilga qadar pedagogika-psixologiya kafedrasi nomi bilan atalib kelgan. Shunday ekan, nafaqat pedagogik bilim, balki psixologiya bo‘yicha ham amalga oshirilgan ilmiy faoliyatining rivojida ham professor Yefimov Afanasiy |
|
Semyonovichning xizmatlari katta. Murabbiyning shogirdi S.Rahimov ana shu yo‘nalish bo‘yicha yirik tadqiqotlarni amalga oshirdi. Ye.A.Iskandarov, Y.Masharipov, Ye.To‘raqulov va boshqalar shular jumlasidandir. 1988-1996-yillar mobaynida pedagogika kafedrasida Yefimov Afanasiy Semyonovichning shogirdi, “Oliy ta’lim a’lochisi” dots.F.Bozorov yetakchilik qilib keldi. Bu davr ichida M.Semyonov, Y.Axrorov, K.Hasanova, G.Muzafffarova, I.Ilyosov, X.Bo‘riyev, I.Rozziqov kabi olimlar o‘z nomzodlik ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Turli davrlarda kafedraga A.S.Yefimovdan so‘ng F.Bozorov, N.SHodiyev, M.Ashurov, Y.Axrorovlar mudirlik qilishdi. Hozirgi paytda kafedrada 15 ga yaqin professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. |
|
Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 10 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 5 dan ortiq monografiya, 20 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 30 dan ziyod ilmiy to‘plam, 800 dan ortiq ilmiy maqola, 200 dan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar nashr etilgan. Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar