SANAKULOV AKMAL LAPASOVICH
O‘SIMLIKLAR FIZIOLOGIYASI BO‘YICHA YETAKCHI MUTAXASSIS
SANAKULOV AKMAL LAPASOVICH
O’simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:
Mikroelementlar; tuproq unumdorligi; g’o’za hosildorligiga mikroelementlar ta’siri; o’simliklar fiziologiyasi
Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:
Zarafshon vodiysi sharoitida yalpi va o‘zlashtiriluvchan shakldagi mikroelementlar miqdori vohalar va tuproq tiplarida farqlanishi, ularning miqdori muhit reaksiyasiga, granulometrik tarkibiga, gumusli holatiga, oziq moddalarga bog‘liqligi (r0,7) aniqlangan; Mikroelementlarning chigitlarni ivitishda foydalaniladigan konsentratsiyalari (Co, Cu va Zn - 0,01%, Mo va B - 0,05%, Mn - 0,1%) ishlab chiqilgan; Sulfatli va xlorli sho‘rlangan sharoitda mikroelementlarning chigit unuvchanligiga ta’siri va ushbu fonlarda foydalaniladigan mikroelement turlari aniqlangan; Kobaltning g‘o‘zaga ta’siri, uning fiziologik ahamiyati, o‘simlik talabining kritik va maksimal davri hamda oziqlanish jarayonida kobalt va NPKning o‘zaro ta’siri aniqlangan; G‘o‘zadan yuqori va sifatli hosil olishda kobalt mikroo‘g‘itini qo‘llashning qulay me’yor, muddat va usullari hamda hosildorlikning oshishi va mahsulot sifatining yaxshilanishi aniqlangan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
1. Sanakulov A. and others. Effect of Sowing Term on the Photosynthetic Activity and Yield of Autumn Wheat Varieties // Annals of R.S.C.B., ISSN: 1583-6258, Vol. 25, Issue 1, 2021, Pages. 5099-5112
2. Sanakulov A. and others. Soybean (Glycine max L. Merr.): stem thickness, fertilizers and bioenergetic efficiency // Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition) ISSN: 1671-5497 E-Publication Online Open Access Vol: 41 Issue: 11-2022 DOI 10.17605/OSF.IO/N4VSD
3. Sanakulov A. and others. Amount of rigments in the leaves of Bean Rovot variety // Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences ISSN NO:2771-8840 https://zienjournals.com. 24-07-2023. –P.20-22.
Batafsil: https://scholar.google.com/citations?user=RCvdadoAAAAJ&hl=ru&oi=ao