“Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish” ilmiy-tadqiqot markazi
Markazning rasmiy nomi: “Saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish” ilmiy-tadqiqot markazi
Markaz rahbari
Bozorov Xurshed Abdulloyevich
k.f.d. (DSc), katta ilmiy xodim
Markazning tashkil etilishi faoliyati va maqsadi:
Organizmdagi saraton hujayralariga qarshi tanlab ta’sir qiluvchi, yuqori selektiv, kichik dozalarda rakning turli formalariga qarshi kurashish samaradorligi yuqori bo‘lgan agentlarni sintez qilish, ularning ta’sir mexanizmini tadqiq qilish va klinik oldi sinovlari uchun tavsiya etish.
Markazining asosiy vazifalari:
dorivor o‘simliklar tarkibidagi biologik faol pirimidin halqasi saqlagan alkalloidlarning sintetik analoglarini sintez qilish;
istiqbolli tabiiy va sintetik moddalarni saraton hujayralariga qarshi faolligini tatbiq qilish;
yangi birikmalarning tuzilishini faollikka bog‘liqligi va molekulyar doking tahlil usullari;
biologik faol tabiiy birikmalar hamda ularning sintetik analoglarini mikroorganizmlar ishtirokida biotransformatsiya qilish;
onkologiyaga yo‘naltirilgan maqsadli sintezlar.