Laboratoriya mudiri

Jo’rayev Yo’lchi Toshmamadovich
jorayev-1989@inbox.ru

    1974-yilda professor Leonard Sobirov va  I.L. Fabelinskiylar rahbarligida nochiziqli optika ilmiy laboratoriyasi tashkil qilindi. Bu laboratoriyaning asosiy yo‘nalishi kritik nuqtalar atrofida fazaviy o‘tishlar, lazer nurlanishining moddalar (nochiziqli qabul qiluvchanlikka ega bo‘lgan moddalar) bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish boʻlib, ilmiy ishlar RFA ilmiy tadqiqot institutlari va mudofaa sanoati bilan birgalikda olib borilgan. Laboratoriya ilmiy tadqiqot ishlarining asosini fazoviy o’tishlarning kritik nuqtasi atrofida lazer nurining moddalar bilan (nochiziqli qabul qiluvchanlikka ega bo’lgan moddalar) o’zaro ta’sirlarini o’rganish tashkil etdi. Ilmiy tekshirish ishlariga talabalar, aspirantlar va ilmiy izlanuvchilar faol jalb etildi.

    Laboratoriyada bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida 1983-yilda “Eritma qatlamlanish kritik nuqtalari atrofida gipertovush hodisalarini spektroskopik tekshiruvlari”  ishlari uchun akademik A. K. Ataxo’jayev, professorlar L.M. Sabirov va I.L. Fabilinskiylar Beruniy nomidagi davlat mukofotiga sazavor bo’ldi. 

    Bugungi kunda laboratoriya xodimlari Moskva davlat texnika universiteti, Kiyev milliy universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Janubiy Koreyaning Seul Milliy universiteti, Odessa milliy universiteti, Ukraina FA Ssintillyatsion materiallari instituti, Ukraina FA Organik kimyo instituti, Belorussiya FA Atom va molekulyar fizika instituti xodimlari bilan ilmiy ishlar olib bormoqda.

Laboratoriyada 3 nafar tayanch doktorantlar 1 nafar mustaqil izlanuvchi faoliyat olib boradi

Laboratoriya ravnaqiga hissa qo’shgan olimlar:

Imanuel Lazerovich Fabilinskiy rahbarligida 1974-yilda SamDU fizika fakultetida yangi ilmiy guruh tashkil etiladi va xo’jalik shartnomasi hisobidan nochiziqli optika ilmiy laboratoriyasi tashkil etiladi va shu soha bo’yicha mutaxassis kadrlar tayyorlana boshlaydi.

Akbar Qosomovich Otaxo’jayev O’z FA akademigi A. Beruniy nomli davlat mukofoti laureati. Samarqand optika maktabi asoschisi.

Laboratoriyada mavjud qurilmalar:

 

    “Photocor complex” analizatori. Ushbu qurilma zarrachalar hajmini, diffuziya koeffitsientlarini va molekulyar og‘irliklarini o‘lchash uchun mo‘ljallangan. Analizator fizik-kimyoviy tadqiqotlar, biokimyo va biofizika, tibbiyot va farmatsevtika, nanotexnologiyalar, metrologiya va sanoat sohalarida  keng ilmiy-tadqiqot va amaliy masalalarni yechishda qo‘llaniladi.

    “Tandem Fabry-Perot Spectrometer Tfp-2 HC”  spektrometri. Qurilma birinchi navbatda Brillyuen spektrlarini, xususan keng spektral diapazondagi sochilgan yorug‘likni spektral tahlil qilishga mo‘ljallangan. Qurilma moslashuvchanligi tufayli Raman spektrlarini ( taxminan 500 sm-1) ham o‘lchashi mumkin. Spektrometr ko‘plab fundamental masalalarni yechishda muhim vosita hisoblanadi.

Laboratoriyada faoliyat yuritayotgan xodimlar

Sabirov Leonard Muxammedjanovich         

leonard.sabirov@gmail.com

    Fizika-matematika fanlari doktori, professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. Samarqanddagi “Nochiziqli optika” ilmiy maktabi asoschisi.  Professor Leonard Sabirov faoliyati davomida   3 xalqaro, 10 respublika miqyosidagi fundamental ilmiy va 3 amaliy loyihalarni bajarishda rahbarlik qilgan. Olim rahbarligida nochiziqli optika ilmiy laboratoriyasi qoshida “Kvant elektronika” o’quv laboratoriyasi, 1992-yilda “Kvant elektronika va radiofizika”  kafedrasi tashkil qilindi. Leonard Sobirov ilmiy rahbarligida 12 fan nomzodi va 2 fan doktori tayyorlagan. Olim tomonidan olib borilayotgan kvant elektronikasi, radiofizika, fazoviy o‘tishlarning molekulyar spektroskopiyasi va kritik hodisalari kabi sohalardagi ilmiy izlanishlar natijalari asosida 8 ta o‘quv qo‘llanma,  10 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 monografiya, 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan.

Eshkobilov Napas Beknazarovich

 +99891526-44-96   enapas@samdu.uz

    Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Fizikaning optika, lazer fizikasi va spektoroskopiyasi sohalari bo’yicha mutaxassis-olim. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar (shu jumladan Scopus va Web Of Science bazasida 57 ta), 4 darslik va o’quv qo`llanmalar muallifi. Faoliyati davomida 1 xalqaro, 3 respublika miqyosidagi ilmiy fundamental va amaliy loyihalarga rahbarlik qilgan. “Atom spektroskopiyasiga kirish”, nomli darslik, “Kvant mexanikasi”, “Kvant elektronika asoslari” va “Lazerli biotibbiyot asoslari” nomli o’quv qo’llanmalar muallifi. 

Semenov Denis Ivanovich

denis.samarkand@gmail.com

    Fizika – matematika fanlari doktori (DSc), dotsent. 2000-yildan boshlab nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2016-yilda “Suyuqliklardagi tartib parametri fluktuatsiyalari dinamikasi va ularning optik va akustik hodisalarda namoyon bo'lishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 70 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 4 o’quv qo’llanma va 30 dan (Scopus, Web of science)  ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi.

Xaydarov Xayrillo Safarovich

x-xayrillo@samdu.uz

    Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent.  2000-yildan boshlab nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2010-yilda “Suvli eritmalarning maxsus nuqtasi yaqinida nozik strukturasi sochilish spektrlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 70 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 5 o’quv qo’llanma, va 30 dan (Scopus, Web of science)  ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi.

Ismailov Faxriddin Raimovich

lazer.fizika@gmail.com

    Fizika – matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 2007- yildan boshlab nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “Elektrolit bo‘lmagan suvli eritmalarda Landau-Plachek munosabatlarini yorug‘likning molekulyar sochilish spektrlari orqali tadqiq qilish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 o’quv-uslubiy qo’llanma, 10 dan (Scopus, Web of science)  ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi.

“Photocor complex” analizatoridan natija olish jarayoni

“Tandem Fabry-Perot Spectrometer Tfp-2 HC”  spektrometridan

 natija olish jarayoni

Nashr etilgan darslik va o’quv qo’llanmalar