TURSUNOV LOCHIN ERKINOVICH
2020 yilda “Yoshlarda huquqiy va siyosiy madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolari” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan
TURSUNOV LOCHIN ERKINOVICH
Falsafa doktori (PhD), dotsent, Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti ilmiy ishlar va xalqaro munosabatlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi:
Mazkur tadqiqot yo‘nalishi yoshlarda huquqiy va siyosiy madaniyatni rivojlantirishning ijtimoiy-falsafiy muammolarini o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, u yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, siyosiy ongni shakllantirishda ta’lim tizimi, jamiyat va oila roli, hamda media va axborot vositalarining ta’sirini tadqiq qilishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, tadqiqotda huquqiy nigilizmning sabablari va uni bartaraf etish yo‘llari ham o‘rganiladi. Bu tadqiqot yo‘nalishi yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha innovatsion yondashuvlar va amaliy chora-tadbirlarni aniqlashga yordam beradi.
Ilmiy tadqiqotlarining asosiy natijalari:
Yoshlar o‘rtasida huquqiy va siyosiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan innovatsion ta’lim metodlari va dasturlari ishlab chiqildi va amaliyotga joriy etildi. Huquqiy nigilizmning asosiy sabablari aniqlandi va uni bartaraf etish uchun samarali chora-tadbirlar belgilandi. Media va axborot vositalarining yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatiga ta’sirini o‘rganish natijasida, axborot vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ta’lim tizimida yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini rivojlantirish uchun innovatsion yondashuvlar, metodlar va vositalar ishlab chiqildi va joriy etildi. Oila va jamiyatning yoshlar huquqiy va siyosiy tarbiyasidagi roliga oid tadqiqotlar natijasida, ularning ta’sirini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Yoshlarning huquqiy va siyosiy madaniyatini rivojlantirish uchun amaliy chora-tadbirlar va tashkiliy mexanizmlar ishlab chiqildi va joriy etildi.
Asosiy ilmiy nashrlari:
1. Gut Yu.N., Tursunov L.E., Lanskikh M.V., Akhmedova Sh.B. (2024). Development of Innovative Activity of University Teachers: Philosophical and Psychological Perspectives. Vysshee obrazovanie v Rossii = Higher Education in Russia.Vol. 33, no. 1, pp. 149-163, doi: 10.31992/0869-3617-2024-33-1-149-163 (In Russ., abstract in Eng.).
https://vovr.elpub.ru/jour/article/view/4754