Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi mudiri

Begmatov Rizamat Xushvaqtovich

+99899 592-77-06 rbegmatov1077@mail.ru    rbegmatov@samdu.uz

 

Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2017-yildan beri Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritadi. 2021-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasi mudiri. 

Rizamat Begmatov 2020-yilda “Yarim o‘tkazgichli sensorlar uchun gazsezgir organo-noorganik materiallarning templat sintezi” mavzusida kimyo fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Analitik kimyo, gazlar analizi va kimyoviy sensorlar, analitik kimyoning zamonaviy usullari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 40 dan ortiq ilmiy ishlar, 10 ga yaqin maqola, 1 uslubiy qo‘llanma, 1 o‘quv qo‘llanmasi nash etilgan. Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 maqola e'lon qilgan. 

Rizamat Begmatovning Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan maqolalari:

  Link

 

Samarqand davlat universiteti Analitik kimyo kafedrasi  a’zolari

 

 

 

 

Abduraxmanov Ergashboy

ergash50@yandex.ru

Kimyo fanlari doktori, professor. 1972-yildan boshlab analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2005-yilda “Разработка термокаталитических методов и приборов для обнаружения токсичных и взрывоопасных газов” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.  Analitik kimyo, gazlar analizi atrof-muhit obyektlari nazorati, kimyoviy sensorlar uchun gaz sezgir materiallarning zol-gel sintezi va antipiren birikmalar sintezi yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 500 dan ortiq ilmiy ishlar: Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 16 maqola e'lon qilgan. 12 ta uslubiy qo‘llanma 2 o‘quv q o‘llanma, 2 darslik, 6 monografiya muallifi. 5 ilmiy loyiha va 28 ilmiy ixtirolar egasi.

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85145401567&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85145206928&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85144377561&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85117384312&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85117376501&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85090654196&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85086278838&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85086271504&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85086263839&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-23644460346&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-23644460346&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-1542788487&origin=resultslist&sort=plf-f

Quvatov Abdulla

k_abdullo@rambler.ru

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 1991-yildan boshlab analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1984-yilda “Спектроскопическое исследование взаимодействия гидроксилсодержащих молекул с акцепторами электрона в растворах” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Gidroksil tutgan molekulalarning elektron akseptorlari bilan o‘zaro ta’sirini spektroskopik usullar yordamida o‘rganish yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Abdulla Quvatov muallifligida jami 40 dan ziyod ilmiy ishlar e'lon qilgan. 1 darslik, 5 uslubiy qo‘llanma, 3 o‘quv qo‘llanmalari mavjud. Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 maqolasi nashr etilgan. 

Muradov Kadir

kadir-muradov@rambler.ru

Kimyo fanlari nomzodi, analitik kimyo kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1974-yildan boshlab SamDU analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1986-yilda “Каталитический синтез нитрилов” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Xromatografik analiz usullari, neft kimyosi va neft  kimyoviy sintez yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 140 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan. Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 7 maqola,  6 uslubiy qo‘llanma 5 o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya muallifi. 2 mualliflik guvohnomasi, 4 patent egasi.  

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-22744436910&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-5044249480&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-2942640465&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-2542553452&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0042532009&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0038793891&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0038027368&origin=resultslist&sort=plf-f

 

Ergashev Ismoil Maxammatqulovich

ergashevismoil@gmail.com

 

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1978-yildan boshlab SamDU analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1992-yilda “Оптимизация процесса газохроматографического разделения кислород- и азотсодержащих органических соединений на циансодержащих неподвижных фазах” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  Analitik kimyo, analizning fizik-kimyoviy va xromotografik usullari, tabiiy va sintetik  materiallar analizi, ajratish va konsentrlash usullari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 150 dan ortiq ilmiy ishlari nashr etilgan. 10 uslubiy qo‘llanma va 1 o‘quv qo‘llanma muallifi. Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqola e’lon qilgan.

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-0038338695&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-18644368213&origin=resultslist&sort=plf-f

 

Murodova Zulfiya Begmurodovna

zulfiyamurodova@yandex.ru

 

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 2007-yildan boshlab SamDU analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2012-yilda “Создание сенсора и газоанализатора для обнаружения паров этилового спирта” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Analitik kimyoning zamonaviy usullari va kimyoviy sensorlarning ishlash prinsplari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 150 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. 1 uslubiy, 1 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya muallifi. 1 ilmiy ixtiro egasi. Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 3 maqolasi nashr etilgan. 

Link

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85145206928&origin=resultslist&sort=plf-f

https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85117376501&origin=resultslist&sort=plf-f

 

Tursunova Gulnoza Xamzayevna

gulnozaxamzaevnal@mail.ru

 

Kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2014-yildan beri Samarqand davlat universiteti analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritadi. Gulnoza Tursunova 2020-yilda “Polimer gellarning suvli eritmalarda bo‘kish jarayonining fizik-kimyoviy asoslari” mavzusida kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Analitik kimyo, polimer gellar,  bo‘kish jarayonining fizik kimyoviy asoslari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy ishlari, 2 uslubiy qo‘llanma, 1 monografiyasi nashr etilgan.

 

Ruziyev Erkin Abdurajabovich

e-ruziyev@mail.ru

 

Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. 1980-yildan boshlab SamDU analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1990-yilda “Электрохимический контроль содержания растворенной воды в нефтепродуктах” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  Analitik kimyo,  elektrokimyoviy analiz usullari yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi.

Shu kunga qadar 500 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan.  Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 maqolasi nashr etilgan. 3 darslik, 14 o‘quv qo‘llanma, 23 uslubiy qo‘llanma va ilmiy ixtirolarning muallifi.

Link

 

Xamrayeva Dilnavoz Abdurashid qizi

dilnavozxamrayeva@gmail.com

 

Analitik kimyo kafedrasi assistenti. 2019-yildan boshlab SamDU analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Dilnavoz Xamrayeva “Og‘ir metall ionlarini aniqlovchi ion selektiv elektrodlar yaratish” mavzusida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda. Analitik kimyo,  elektrokimyoviy analiz usullari, ion selektiv elektrodlar yaratish yo‘nalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Shu kunga qadar 15 dan ortiq ilmiy ishlari e’lon qilingan. Scopus vа Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 1 maqolasi e'lon qilingan. Boshqa nashrlarda 20 ga yaqin maqolasi nashr etilgan.

Link

 

Xolmurzayev Farrux

fxolmurzayev@yandex.com

Kimyo fanlari boʻyicha, assistent. 2024-yildan boshlab analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. "Gazlar aralashmasi tarkibidagi zaharli birikmalarni aniqlovchi kimyoviy sensor yaratish" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilmoqda. Xolmurzayev Farrux muallifligida jami 32 dan ziyod ilmiy ishlar eʼlon qilgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi, xorijiy maqolalardan 10 ta va Respublika maqola va tezislardan esa 20 ta nashr etilgan.

Ruziyev Jamshid

Jama_889@mail.ru

Kimyo fanlari boʻyicha falsafa doktori PhD, assistent. 2019-yildan boshlab analitik kimyo kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2024-yilda "Ishqoriy yer metallarining tezkor nazorati uchun fosfornomolibdenli ionoforlar asosida ion selektiv elektrodlar ishlab chiqish va ularni oʻrganish" mavzusidagi dissertatsiyasini himoya qilgan. Ion selektiv elektrodlar yaratish yoʻnalishida ilmiy tadqiqot olib boradi. Ruziyev Jamshid muallifligida jami 50 dan ziyod ilmiy ishlar eʼlon qilgan. 1 ta darslik, 3 ta oʻquv qoʻllanma, 3 ta uslubiy qoʻllanma hamda xorijiy va respublika miqyosida maqola va tezislar nashr etilgan.

Analitik kimyo kafedrasi

 

Kafedra 1933-yilda dotsent Yu.G.Titovaning tashabbusi bilan tashkil etilgan. Ikkinchi jahon urushi yillarida kafedra tugatilgan va 1967-yilda prof. A.H.Ataullayev tashabbusi bilan qayta tiklangan. Shu kunga qadar dots. Nusrat Safarovich Zokirov, dots. Vladimir Anatolevich Alekseyevskiy, prof. Timur Qurbonovich Hamroqulov, prof. O.Fayzullayev, dots. A.Quvatov, dots. E.Ruziyev, prof. E.Abduraxmanovlar rahbarlik qilgan. Kafedraga 2021 yildan boshlab (PhD) R.Begmatov mudirlik qilmoqda.

Kafedrada 10 nafar professor – o‘qituvchi faoliyat yuritadi. Shulardan bir nafari kimyo fanlari doktori, professor, 4 nafari kimyo fanlari nomzodi dotsent,          1 nafari fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent, 2 nafari (PhD) katta o‘qituvchi, va 2 nafari assistent. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 80 % ni tashkil etadi.

Kafedrada “Elektrokimyoviy tahlil usullari”, “Spektroskopik tahlil usullari”, “Xromatografik tahlil usullari” va “Gazlar analizi usullari” maxsus laboratoriyalari mavjud. Kafedra professor-o‘qituvchilari “Atrof-muhit va texnologik obyektlarini nazorat qilish uchun usul va asboblar yaratish” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boradi. Kafedra mamlakatimiz sanoat korxonalari va tibbiyot muassasalari, oliy o‘quv yurtlari, akademik litsey, kollej va o‘rta maktablar uchun yuqori malakali kimyogar- analitiklar yetishtirib bermoqda.

Kafedrada professor-o‘qituvchilarining sermahsul ijodi natijasida 6 ta darslik, 22 ta o‘quv qo‘llanma, 120 dan ortiq o‘quv–uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalar tayyorlanib chop etilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunda bir nechta davlat grantlari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Kafedrada 02.00.02-Analitik kimyo ixtisosligi bo‘yicha tayanch doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedrada bugungi kunda O’zRFA S.Yu.Yunusov nomidagi “O‘simlik moddalari kimyosi” instituti, Umumiy va noorganik kimyo inistituti, O.S.Sodiqov nomidagi “Bioorganik kimyo” institutlari va M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Qozog‘istonning Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti hamda Yevroosiyo milliy universiteti professor-o‘qituvchilari bilan o‘zaro samarali hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari

Bakalavr yo‘nalishi

  • Analitik kimyo 
  • Kvant kimyo 
  • Neft va gaz kimyosi
  • Fizikaviy tadqiqot usullari
  • t.f. Tabiiy va texnik obyektlar analizi
  • t.f.Gazlar analizi va xromatografisi

 

Magistratura yo’nalishi

  • Spektroskopiya. Elektrokimyoviy analiz usullari.
  • t.f. Analizning xromatografik usullari
  • t.f. Kimyoviy sensorlar
  • t.f. Ionometrik analiz usullari
  • t.f. Ajratish va konsentrlash usullari
  • t.f. Atrof muhit obyektlari analizi
  • t.f. Gazlar analizining instrumental usullari

Kafedra hayotidan fotolavhalar