Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi mudiri

Nazarov Fayzullo Maxmadiyarovich

  •  Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
  •  Telefon: +998944798640
  •  Elektron pochta: fayzullo-samsu@mail.ru

Biografiya

2008-2012 yy. - Samarqand davlat universiteti talabasi

2012-2014 yy. - Samarqand davlat universiteti magistranti

2014-2015 yy. - Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish kafedrasi kabinet mudiri

2015-2019 yy. - Samarqand davlat universtiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi assistenti

2019-2021 yy. - Samarqand davlat universtiteti tayanch doktoranti

2021-2021 yy. - Samarqand davlat universtiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi dotsenti

2021 - y.-x.v.   - Samarqand davlat universtiteti Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasi mudiri

 

Kafedraning hozirgi kundagi tarkibi: kafedra mudiri, t.f.d., prof. Juma­nov I.I., dots. Aminov I.B, t.f.n., dots.  Djumanov O. I., t.f.n., t.f.n., dots. Nomozov F.Sh., t.f.n., dots. Abdullayev A., t.f.n., dots. Tursinxanov N.M., texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD)., dots. Xolmonov S.M., katta o’qit. Bustonov X.A., katta o’qit. Suyarov A.M, ass. Aliyeva M.X., ass. Sharapova, ass. Inatov A.I., ass. Safarov R., ass. Abduraxmonov M., ass. Raximov S., ass. Rashidov A, ass. Xurramov L., ass. Mardonov D.,  doktorant. Karshiyev X., doktorant. Nazarov F., kab. mudiri Alimova R.

Kafedrada o’qitiladigan fanlar: «Informatika», «Dasturlash asoslari», «Informatika va axborot texnologiyalari», «Axborotni himoyalash», «Algoritm nazariyasi», «Vebga yo’naltirilgan dasturlash», «Amaliy dasturlar majmuasi», «Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari», «Kompyuterning texnik va dasturiy ta’minoti», «Amaliy dasturlar majmuasi», «Dasturiy mahsulotlarni yaratish», «Pedagogik veb-dizayn», «Kompyuter tarmoqlari» .

Ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustivor yo’nalishi: Kafedra professor-o’qituvchilarining ilmiy tadqiqot ishlari xalq xo’jaligi sohalarini va ta’lim jarayonini axborotlashtirish, informatikaning zamonaviy masalalarini yechish, zamonaviy informasi­on texnologiyalardan foydalanish va ularning dasturiy vositalarni yaratish, ishlab chiqarishga va amaliyotlarda qo’llanishligiga yo’naltirilgan.

Kafedra ko’p yillar davomida prof. I.I.Jumanov rahbarligida ko’plab fundamental tadqiqotlar granti va xo’jalik shartnomalarini bajarib kelmoqda. Prof I.I.Jumanov 20 fan nomzodi va 1 nafar fan doktori dissertasiyalari himoyasiga ilmiy rahbarlik qildi. Hozirgi kunda 3 mustaqil tadqiqotchilar falsafa doktorlik dissertasiyalarini tayyorlashmoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan yaratilgan ilmiy, o’quv-uslubiy ishlar soni: Kafedra ilmiy mavzusi bo’yicha kafedra o’qituvchilari 2020 yilda 96 ta ilmiy maqola va ma’ruza tezislari hamda 5 ta o’quv qo’llanmalarni chop etishdi.

Kafedrada faoliyat yuritayotgan ilmiy to’garak va seminarlar: kafedrada 1 ta ilmiy-muammoli va 1 ta ilmiy-uslubiy seminar faoliyat ko’rsatadi. Bundan tashqari iqtidorli talabalarning «Veb dasturlash va dizayn» to’garagi  “Amaliy informatika” to’garagi mavjud.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlangan nomdor stependiantlar: Axborotlashtirish texnologiyalari kafedrasining talabalari Nazarov F.M. rahbarligida Samadov Aziz «Ulug'bek» nomli davlat stipendiyasi sohibi (2017 yili); Samadov Aziz «PREZIDENT» nomli davlat stipendiyasi sohibi (2019 yili), Eshtemirov Bunyod «Ulug'bek» nomli davlat stipendiyasi sohibi (2018 yili); Sayidqulov Asliddin 2019 yili «Ulug'bek» nomli davlat stipendiyasi sohibi.

Kafedra a’zolari tomonidan ilmiy hamkorlik olib borilgan muassasalar: O’zMU, TATU, TDTU, Termez DU, Kiyev DU, Novosibirsk DU, Moskva DU, Sankt-Peterburg DU, Ukraina FA Kibernetika instituti, Minsk DU, Qarshi DU va Farg’ona davlat universiteti.

Hozirgi kunda kafedraning Respublikamizning ko’plab oliy o’quv yurtlari, Moskva, Kiyev, Novosibirsk davlat universitetlari, Chexiya (Prague Development Center), Hitoy (Chinese Academy of Science), Janubiy Koreya (Maritime Information and Communication Institute) va Hindiston (CMC Limited) davlatlarining oliy o’quv yurtlari va ilmiy muassasalari bilan ilmiy aloqalar yo’lga qo’yilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari