Samarqand davlat universiteti botanika kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
botanika kafedrasi mudiri
Jalov Xolmurod Hakimovich
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. “Zarafshon daryosi o‘rta oqimi havzasi yo‘sintoifalari” mavzusida falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini 2018-yilda himoya qilgan.
Xolmurod Jalov faoliyati davomida 2 monografiya, 2 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 7 o‘quv uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olim bugunga qadar 1 Scopus va 3 Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda, shu bilan birgalikda mahalliy va xorijiy jurnallarda 20 dan ziyod maqolalar e’lon qilgan.
https://www.scopus.com/record/display.uri?eid=2-s2.0-85128663478&origin
https://scholar.google.com/citations
Botanika kafedrasi a’zolari
Xaydarov Xislat Qudratovich +998946896438 haydarov@rambler.ru Xislat Xaydarov biologiya fanlari doktori, professor. “Zarafshon vodiysida tarqalgan jiyda (Elaeagnus L.) turlarining biologik xususiyatlari va mevalarining polimorfligi” mavzusida nomzodlik, 2018-yilda “O‘zbekiston florasida Elaegnaceae Juss. oilasi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilmiy faoliyati davomida 300 yaqin ilmiy ishlar e’lon qilingan bo‘lib shundan 2 monografiya, 2 darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 26 uslubiy qo‘llanmalardir. Shuningdek, olim bugunga qadar 60 dan ortiq Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda hamda boshqa nashrlarda 200 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Hozirgi kunda o‘simliklar morfologiyasi, sistematikasi, introduksiyasi, ekologiyasi, dorivorlik hamda dendrologiya va paleonologiya sohalarida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. |
|
Umurzakova Zebiniso Iskandarovna Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 1981-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2003-yilda “Биологические особенности и интродукция топинамбура (Nelianthus tuberosus L.) на лугово - болотных почвах Самаркандской области” mavzusida biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Zebiniso Umurzakova ilmiy faoliyati davomida 140 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, 2 darslik, 1 monografiya, 7 o‘quv, 25 uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar muallifi. Bugunga qadar 5 dan ortiq maqolasi Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda e’lon qilingan. https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&hl=ru&user=6SWCqqYAAAAJ |
|
Islomov Bo‘ston Sultanovich
|
|
Nomozova Zebunniso Baxronovna Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU Botanika kafedrasida 1999-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2011-yilda “Samarqand viloyatining turli sharoitlarida introduksiya qilinayotgan Cynara scolymus L.ning bioekologik xususiyatlari” mavzusida biologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Zebuniso Nomozova ilmiy faoliyati davomida 120 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, 7 o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma, 8 uslubiy ko‘rsatma va tavsiyalar bugunga qadar 5 dan ortiq Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda e’lon qilingan. https://scholar.google.com/citations?user=iSBYWhwAAAAJ&hl=ru&oi=ao |
|
Mukumov Ilxom O‘ktamovich
|
|
Hasanov Murtoza Abdivaliyevich Qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU botanika kafedrasida 2002-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2019-yilda “Kartoshkaning hosildor, viruslarga chidamli yangi navlarini yaratish” mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Murtoza Hasanov ilmiy faoliyati davomida 110 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan. Shuningdek, 2 darslik, 2 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar muallifi. Bugunga qadar 10 dan ortiq maqolalari xorijiy jurnallarda e’lon qilingan. |
|
Axmedov Akbar Kilichbayevich Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU botanika kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “O‘zbekiston florasining Lagochilus Bunge (Lamiaceae Lindl.) turkumi kamyob va endem turlarining ontogenetik strukturasi va senopopulyatsiyalari holati” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Akbar Axmedov ilmiy faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy ishlar, 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 1 ta uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar muallifi. 10 dan ortiq Scopus va WOS bazasidagi jurnallarda maqolalar nashr ettirgan. https://apcz.umk.pl/EQ/article/view/EQ.2014.004 https://www.mdpi.com/1420-3049/26/6/1755 https://sciendo.com/article/10.2478/eko-2022-0033 |
|
Zeboxon Aktamovna Rasulova Katta o‘qituvchi. SamDU Botanika kafedrasida 2008-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Zeboxon Rasulova ilmiy faoliyati davomida 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, 2 o‘quv qo‘llanma, 4 uslubiy qo‘llanma va tavsiyalar e’lon qilgan. Bugunga qadar 3 dan ortiq maqolalar xorijiy jurnallarda e’lon qilingan. |
|
Nurullayeva Nodira Sayfullayevna Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU Botanika kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Jing‘il (Lycium L.) turkum turlarining morfobiologiyasi va foydalanish istiqbollari” mavzusida biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Nodira Nurullayeva faoliyati davomida 25 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, olima bugunga qadar 3 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. https://scholar.google.com.py/citations?user=LozwKgsAAAAJ&hl=ru&oi=ao |
|
Botanika kafedrasi haqida
Botanika kafedrasi tarixiy klassik kafedralardan bo‘lib, 1927-yilda O‘zbekiston davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti) tashkil etilgan paytdan boshlab faoliyat ko‘rsatib kelgan. Botanika kafedrasida floristika, xomashyoshunoslik, dorivor o‘simliklarni o‘stirish texnologiyasi va introduksiyasi yo‘nalishlarida ilmiy tadqiqotlar olib boriladi. Kafedraning ilmiy strategiyasi yaratilish zaminida akad. Q.Zokirov, akad. J.Saidov, prof. N.Merkulovich, prof. M.Popov, prof. Y.Proskoryakov, prof. J.Qobulov, prof. M.Ikromovva N.Amirxanov, O.Musinova, X.Normurodov olimlarning hissasi benihoyat katta. Hozirgi kunda botanika kafedrasida 11 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Shulardan 1 ta fan doktori-professor, 9 nafar fan nomzodlari, dotsentlar va katta o‘qituvchilar. Kafedra qoshida oranjeriya mavjud bo‘lib, u 1970-1971-yillarda qurilgan. Unda 250 turdagi xilma-xil tropik va subtropik manzarali o‘simliklar navlarining kolleksiyasi to‘plangan. Shuningdek, oranjeriyada “Gulchilik” to‘garagi mavjud bo‘lib, unda talabalar ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishadi. 2022-yilda oranjeriya qayta rekonstruksiya etildi. Kafedra qoshida oltin fond Gerbariy kolleksiyasi ham mavjud. Ushbu gerbariylar to‘plami miqdori va ahamiyati jihatidan O‘zR FA qoshidagi Botanika institutining gerbariy fondidan keyin respublikamizda ikkinchi o‘rinda turadi. |
|
Gerbariylar kafedra tarixi bilan bog‘liq bo‘lib, 1900-yillardan asosan Zarafshon vodiysi va O‘rta Osiyo hududidan kafedra olimlari – ustozlar tomonidan yig‘ilgan. Hozirda, gerbariy ma’lumotlarining informatsion kompyuter bazasida raqamli elektron katalogini yaratish ustida ishlar olib borilmoqda. 1927-2020-yillar davomida botanika kafedrasida 2 akademik, 16 fan doktori, 42 fan nomzodi yetishib chiqqan. Kafedra olimlari tomonidan 12 darslik, 42 monografiya 100 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratilgan. 2017-2022-yillarga kelib tarixiy gerbariy kolleksiyaga katta e’tibor qaratildi. Biologiya fakultetining bir necha o‘quv xonalarida saqlanayotgan ushbu nodir xazina uchun alohida bino tashkil etildi. SamDUning «Gerbariy – Botanika tadqiqotlar ilmiy laboratoriyasi» deb nomlandi. Bundan tashqari laboratoriya qoshida «Palinologiya», «Mikologiya», «Briologiya va lixenologiya» nomli laboratoriyalar tashkil etildi. Ushbu laboratoriyalar O‘zbekiston Respublikasida birinchi bor tashkil etilishi bilan va ko‘plab xorijlik olimlarni qiziqtirishi bilan ajralib turadi. 2021-yilda SamDU gerbariysi tarixiy nodir obyekt sifatida AQShda tashkil etilgan xalqaro gerbariylar platformasida 3100 ta ro‘yxatidan joy oldi va unga “Herba SAMDU” deb nom berildi. Hozirgi vaqtda gerbariy kolleksiyalari uchun yangi tipdagi jihozlar bilan ta’minlanish ishlari olib borilmoqda. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari
Bakalavr
• Botanika (O‘simliklar anatomiyasi va morfologiyasi)
• Botanika (Tuban o‘simliklar sistematikasi)
• Botanika (Yuksak o‘simliklar sistematikasi)
• T/f Botanika tadqiqot usullari
• Biologiya o‘qitish uslubiyati
• O‘zR Qizil kitobiga mansub noyob dorivor o‘simliklar
• T/f Mahalliy o‘simliklar
• Biologiya asoslari. Botanika
• Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
Magistratura
• Dendrologiya
• O‘simliklar introduksiyasi
• Briologiya va lixenologiya
• Bioxilma-xillik
• Palinologiya
O‘simliklar geografiyasi
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar