Samarqand davlat universiteti

davlat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri
Sadikova Yorqinoy Solijonovna

+99897 920 76 86 yorkinoy.sadikova@bk.ru

    Yuridik fanlari nomzodi. 2022-yildan beri Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti davlat huquqiy fanlar kafedrasi mudiri. 2010-yilda “Huquqiy ongni shakllantirishda demokratik qadriyatlarning roli” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilgan.

    Yorqinoy Sadikova faoliyati davomida 3 monografiya, 3 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Bugunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro jurnallarda 80 dan ortiq ilmiy maqolalari e’lon qilingan.

Yorqinoy Sadikovaning Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro nashrlarda chop etilgan maqolalari: 

https://www.provinciajournal.com/index.php/telematique/article/view/1061

https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993

https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993/811

 

                                                                             Davlat huquqiy fanlar kafedrasi  aʼzolari

 

Muqimov Ziyodulla Yusupovich

 

Yuridik fanlari doktori, professor. Samarqand davlat universiteti yuridik fakultetida 1976-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

1998-yilda “O‘zbekiston huquqining asosiy tarixiy manbalari (VIII-XIX asrlar)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Professor Ziyodulla Muqimov ellik yildan oshiq ilmiy-pedagogik faoliyati davomida ko‘plab shogirdlar tarbiyaladi. 15 dan ortiq monografiya, 8 o‘quv qo‘llanma, 5 darslik, 300 dan ortiq maqolalar muallifi.

 

Kuldashev Muhammad Mahmudovich

quldoshevmuhammad8@gmail.com

Yuridik fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 1997-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

2005-yilda “Turkiston o‘lkasi huquqi manbalari (1865-1917)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Muhammad Kuldashev faoliyati davomida 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma va 50 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Shuningdek, olimning bugunga qadar Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan.

https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993

https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993/811

Aleksanyants Alena Arsenovna

alyona3a@mail.ru

2024-yildan buyon Samarqand davlat universiteti yuridik fakulteti davlat yuridik fanlari kafedrasida o'qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda.

Ahmedova Zilola Hamidovna

zilolaahmedova.457@gmail.com

Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Mustaqil tadqiqotchi sifatida "Ijtimoiy ta'minot sohasini davlat tomonidan tartibga solinishining huquqiy asoslari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda.

Zilola Ahmedova faoliyati davomida 4 ta ilmiy maqolalar, 1 ta tezis muallifi.

Tollibayeva Malika Ulmasjon qizi

malikaxonsamarqand@gmail.com

 Samarqand davlat universiteti davlat huquqiy fanlar kafedrasida 2023-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

Hozirda Sudyalar Oliy kengashi huzuridagi Sudyalar Oliy maktabi mustaqil tadqiqotchisi sifatida "Iqtisodiy sud ishlarini yuritishda advokatni vakil sifatidagi ishtirokining nazariy-amaliy jihatlari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasi ustida ilmiy ish olib bormoqda.

Malika Tollibayeva faoliyati davomida  1 o‘quv qo‘llanma, 2 uslubiy qo‘llanma va 10 dan ortiq ilmiy maqolalar, 5 ta tezis muallifi.

Davlat huquqiy fanlar kafedrasi haqida

Davlat huquqiy fanlar kafedrasi 2022-yilda tashkil topdi. Bundan oldin “Huquqshunoslik va huquqiy ta’lim” kafedrasi nomida faoliyat olib borgan.

Kafedrada bugungi kunda “O‘zbekiston Respublikasida qonunchilikni rivojlantirishda milliy manfaatlarning ustuvorligini ta’minlash” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 30 dan ortiq darslik,  o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar  yaratilgan. Shuningdek, 20 dan ortiq monografiya, 500 ga yaqin ilmiy maqolalar nashr etganlar.

Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari

    Bakalavr

  • Davlat va huquq tarixi. Rim huquqi.
  • Davlat va huquq nazariyasi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyaviy huquqi
  • Ma’muriy huquq
  • Huquqiy ko‘nikmalar va metodologiya
  • Yuristning nutq madaniyati
  • Milliy huquq tizimi
  • Ma’muriy protsessual huquq

Kafedra faoliyatidan fotolavhalar