Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
differensial tenglamalar kafedrasi mudiri
Hasanov Aknazar Bekdurdiyevich
+998 97 405 57 97 ahasanov2002@mail.ru
Aknazar Hasanov fizika-matematika fanlari doktori, professor. Olimning Scopus, Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy jurnallarda 39 va respublika ilmiy jurnallarda jami 40 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Shuningdek 3 monografiya, 1 darslik va 1 ta o‘quv qo‘llanma muallifi. Uning asosiy ilmiy yo‘nalishi “Differensial operatorlar spektral nazariyasining teskari masalalari va ularning nochiziqli evolyutsion tenglamalarga tatbiqlari”ga qaratilgan. Aknazar Hasanovning Scopus bazasidagi h-indeksi 7.
Differensial tenglamalar kafedrasi a’zolari
|
Tursunov Farhod Ruziqulovich Fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent. “Birinchi tartibli elliptik tipdagi tenglamalar sistemasi uchun Koshi masalasi yechimining regulyarizatsiyasi” mavzusida fizika-matematika fanlari bo'yicha falsafa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Uning asosiy ilmiy yo‘nalishi matematik fizikaning korrekt va nokorrekt masalalari, elliptik tipli tenglamalar va sistemalar uchun Koshi masalasi, nokorrekt masalalarni yechishda regulyarizatsiya qurishdan iborat. Farhod Tursunov faoliyati davomida Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 3 maqola e’lon qilgan. Shuningdek, respublikamizning OAK tomonidan e'tirof etilgan mahalliy ilmiy jurnallarda 10 maqola e’lon qilgan. 70 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda maqola tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Tolib Ishankulov Fizika – matematika fanlari doktori, professor. Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha «Устойчивость и регуляризация задачи аналитического продолжения функций многих переменны» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlab, fizika-matematika fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan. Differensial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo‘yicha «Аналитическое продолжение функций многих переменных и решений эллиптических систем» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Tolib Ishankulov faoliyati davomida 2 oʻquv qoʻllanma, 5 oʻquv-uslubiy koʻrsatmalar nashr ettirgan. 100 ga yaqin maqola va tezislar muallifi. Shuningdek, Scopus ва Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 14 maqolasi e’lon qilingan. |
Malikov Ziyadullo Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent. “Ko‘p o‘lchovli Koshi-Riman sistemasi uchun Koshi masalasi” mavzusidagi “01.01.02- differentsial tenglamalar va matematik fizika” ixtisosligi bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2022-yilda “Matematik fizika tenglamalari” fanidan tojik tilida o‘quv qo‘llanma chop etdi. Ziyadullo Malikov Gelmgols tenglamasi bilan faktorizatsiyalanuvchi tenglamalar sistemasi uchun Koshi masalasi mavzusida izlanishlar olib borib, 50 dan ortiq maqola va tezislar chop etgan. |
|
Yahyo Muxtarov Yahyo Muxtarov – fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. «Применение инноров к качественному исследованию некоторых классов двумерных динамических систем» mavzusi bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Yahyo Muxtarov differerensial tenglamalar sohasi bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega. 60 dan ortiq ilmiy ishlar, 3 darslik va 9 ta o‘quv qo‘llanmalar muallifi. |
|
Shodiyev Dilshod Sirojidinovich Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi katta o‘qituvchisi. “Chegaralangan va chegaralanmagan sohalarda berilgan elliptik tipdagi tenglamalar uchun qo‘yilgan nokorrekt masalalarni yechish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Uning asosiy ilmiy yo‘nalishi matematik fizikaning korrekt va nokorrekt masalalari elliptik tipli tenglamalar va sistemalar uchun Koshi masalasi, nokorrekt masalalarni yechishda regulyarizatsiya qurishdan iborat. Dilshod Shodiyev ilmiy faoliyati davomida nufuzli ilmiy nashrlarda maqolalar e'lon qilib kelmoqda. Jumladan bugunga qadar Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 1 maqolasi e’lon qilingan. Shuningdek, Respublikamizning OAK e'tirof etilgan mahalliy ilmiy jurnallarda 5 maqolalar e’lon qilgan. 60 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda maqola tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Ochilov Zarifjon Husanovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. “Tekislikda integral geometriya masalalari va simmetrik sohalar uchun Dalamber akslantirishlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Hozirda “Maxsus ko'rinishdagi vazn funktsiyali Volter tipidagi integral geometriya masalalari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasi bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Olim faoliyati davomida mamlakatimiz va xorijda 100 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. 10 dan ortiq o'quv va uslubiy qo'llanmalar muallifi. 5 dasturiy ishlanma uchun mualliflik guvohnomasiga ega. |
|
Muminov Ulugʻbek Bobomurodovich Fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), katta oʻqituvchi. “Yuklangan hadli nochiziqli defokuslangan Shredinger tenglamasini cheksiz zonali davriy funksiyalar sinfida integrallash” mavzusida fizika-matematika fanlari boʻyicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Asosiy ilmiy yoʻnalishi “Differensial operatorlar spektral nazariyasining nochiziqli evolyutsion tenglamalarga tadbiqlari” mavzusiga qaratilgan. Ulugʻbek Muminov faoliyati davomida 1 oʻquv-uslubiy qoʻllanma nashr ettirgan. Uning Scopus va Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy nashrlarda 2, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarida 10 ga yaqin maqolalari e’lon qilingan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 10 dan ortiq tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
Boymurodov Dostonbek Shuhrat o’g’li Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasi assistenti. 2020–yildan buyon Samarqand davlat universiteti differensial tenglamalar kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. |
|
Mirzayev Olim Erkinovich
MIrzayev Olim faoliyati davomida 1 oʻquv-uslubiy qoʻllanma nashr ettirgan. Uning Scopus va Web of Science xalqaro bazalarga kiruvchi ilmiy nashrlarda 2, shuningdek, respublika ilmiy jurnallarida 6 ta yaqin maqolalari e’lon qilingan. Xalqaro hamda respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarida 10 ga yaqin tezislari bilan ishtirok etgan. Scopus ва Web of Science bazalaridagi ilmiy maqolalarning elektron manzillari: |
|
|
Differensial tenglamalar kafedrasi haqida Differensial tenglamalar va geometriya kafedrasi 1961-yil tashkil topdi. Kafedra 1971-yilidan boshlab differensial tenglamalar va geometriya kafedralariga ajratildi. 1994-yili differensial tenglamalar va matematik fizika kafedralarini birlashtirish natijasida differensial va matematik fizika tenglamalari kafedrasi tashkil etildi. 2010- yilda differensial va matematik fizika tenglamalari kafedrasi, hamda oliy matematika va innovatsion texnologiyalar kafedralari birlashtirilib differensial tenglamalari kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirib kelmoqda. Kafedra mudirlari: prof. X.Narzullayev (1961-1971yillar), prof. R.Sharipov (1972-1994 yillar), prof. Sh. Yarmuxammedov (1994-1997 yillar), prof. A.Haydarov (1997-2010 yillar). prof. A. Begmatov (2010-2014 yillar), dots. Z. Ochilov (2014-2016 yillar), dots. Z. Malikov (2016-2017 yillar), prof A. Hasanov 2017 yildan boshlab kafedra mudiri bo'lib ishlamoqda. Turli yillarda kafedra analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar, differensial geometriya, matematik fizika tenglamalari, hisoblash usullari, oliy matematika va boshqa umumiy kurslarni o'qitishni tashkil etib keldi. Hozirgi kunda matematika, matematika va informatika, matematik injiniring, mexanika va matematik modellashtirish, amaliy matematika, fizika ta'lim yo‘nalishlarining ikkinchi kurs talabalari uchun oddiy differensial tenglamalar, differensial tenglamalar uchinchi kurs uchun matematik fizika tenglamalari, to'rtinchi kurs talabalari uchun chegaraviy masalalarni yechishning zamonaviy usullari fanlaridan yillik umumiy kurslarni o'qitishni ta'minlaydi. 60710100-Kimyoviy texnologiya, 60530100- kimyo (turlari bo'yicha), 60710400- ekologiya va atrof-muhit, 60530400- geografiya, 60530500- geologiya, 60310100- iqtisodiyot, 60540100- filologiya va tillarni o'qitish (rus) ta'lim yo'nalishlari 1 kurs talabalariga matematika fanidan yillik umumiy kurslarni o'qitishni ta'minlaydi. |
Kafedra qoshida 70540101 Matematika (Yo'nalishlar bo'yicha: Differentsial tenglamalar) – mutaxassisligi bo'yicha magistratura, 01.01.02 – differentsial tenglamalar va matematik fizika ixtisosligi bo'yicha tayanch doktorantura hamda doktorantura mavjud. Kafedrada hozirgi kunda yuqori malakali 4 professor, 5 dotsent, 2 nafar katta o‘qituvchi va 3 nafar assistent faoliyat yuritadi. Kafedrada ilmiy kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor berilmoqda. Uning qoshida 40 dan ortiq fizika – matematika fanlari nomzodlari, 6 ta fan doktori tayyorlangan. Kafedra a’zolari tomonidan operatorlar nazariyasi, integral tenglamalar, integro – differensial tenglamalar, oddiy differensial tenglamalar nazariyasi, matematik fizikaning nokorrekt hamda noklassik masalalari mavzularida ilmiy izlanishlar olib borilmoqda. Kafedraning ko'p yillardan beri xorijiy davlatlardagi nufuzli o'quv markazi bilan ilmiy aloqasi yaxshi yo'lga qo'yilgan. Ya'ni Moskva, Peterburg, Novosibirsk, Ekaterinburg, Kazan, Ufa universitetlari va ilmiy tekshirish institutlari bilan aloqasi tobora yaxshilanmoqda. Keyingi vaqtlarda AQSH, Kanada OTM lari bilan aloqa o'rnatildi. Kafedraning O'z FA ilmiy markazlari bilan uzviy aloqalari mavjuddir. O'zMU differensial va matematik fizika tenglamalari kafedrasi a'zolari bilan hamkorlikda ilmiy izlanishlar olib bormoqda.
|
|
Kafedrada qo'lga kiritilgan yangi natijalar O'z FA, Romanovskiy nomidagi matematika instituti va uning mintaqaviy bo'linmalari olimlari muhokamasidan uzluksiz ravishda o'tmoqda. Bundan tashqari, nufuzli ilmiy jurnallarda maqolalar chop ettirilmoqda. Masalan, Rossiyaning «Уфимский математический журнал», «Известия вузов», «Дифференциальные уравнения», «Фундаментальная и прикладная математика», «Математические труди», «Theoretical and Math.Phys», “Ukrainian Mathematical Journal”, “Sib. jurn. industr. matem”, “Алгебра и анализ”, «Inverse and Ill-posed problems», «Сибирский математический журнал», «Известия RAN», «Узбекский математический журнал», «DAN Uz» va boshqa jurnallarda chop ettirilib borilmoqda. Kafedra olimlari 500 dan ortiq ilmiy ishlar: 5 ta darslik, 4 monografiya, 10 ta o'quv qo'llanma chop ettirgan, 30 dan ortiq o'quv-uslubiy majmua yaratgan. Ko'p yillardan beri kafedra qoshida differensial tenglamalar hamda matematik fizika tenglamalari maxsus kurslari faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Bu kurslarda differensial operatorlarning spektral nazariyasining teskari masalalari, integral tenglamalar, matematik fizikaning klassik tenglamalari uchun aralash masalalar, potensiallar nazariyasi, matematik fizika tenglamalari, oddiy differensial tenglamalar, differensial operatorlar spektral nazariyasining teskari masalalari, sifat nazariyasining muammolari va asimptotik usullari, ularning qo'llanilishi chuqur o'rgatiladi.
|
|
Kafedrada o'qitiladigan fan o'quv dasturlari Bakalavriat
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar