Samarqand davlat universiteti

falsafa va milliy g`oya kafedrasi mudiri 

Samadov Aktamkul Rafikovich

 +99890 2128067  aktam78@mail.ru

Falsafa fanlari doktori (DSc). 2002-yildan beri Samarqand davlat universiteti falsafa kafedrasida faoliyat yuritadi. 2022-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi mudiri.

Aktamkul Samadov 2022-yilda “Shaxs estetik idealining shakllanish va rivojlanish muammolari” mavzusida falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Faoliyati davomida 2 ta monografiya, 6 ta o‘quv qo‘llanma va 100 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. Shuningdek, SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda 1, boshqa xalqaro jurnallarda 15 dan ortiq maqolalari nashr etilgan. 

Link

                                                                                     

Falsafa va milliy g`oya kafedrasi  a’zolari

 

Muxtorov Muxsin Jabborovich

muxsinmuxtorov@samdu.uz

 

Falsafa fanlari nomzodi nomzodi, dotsent. 2020-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2012-yilda “Milliylik va baynalmilallik sotsialistik turmush tarzida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Muxsin Muxtorov muallifligida jami 60 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 4 uslubiy qo‘llanma, 4  monografiya, 50 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud.

 

 

 

Jo`rayev Luqmon Narzullayevich

jorayevluqmon@samdu.uz

 

Falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent. 1992-yildan boshlab SamDU falsafa kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “Zamonaviy O‘zbekiston jamiyatida yoshlar iqtisodiy madaniyatini transformatsiyalashuvi – sotsiomadaniy fenomen sifatida” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

Luqmon Jo‘rayev  tomonidan 1 ta darslik, 2 ta monografiya, o‘quv, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar, 120 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilingan.

 

 

Sultаnova Gulnoza Sabirovna

sultonovagulnoza@samdu.uz

 

Falsafa fanlari doktori (DSc). 2017-yildan beri Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritadi.

Gulnoza Sabirovna 2021-yilda “Kognitiv konstruktivizm tafakkur tarzi kreativligining intellektual asosi sifatida” mavzusida falsafa fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Faoliyati davomida 5 monografiya, 5 o‘quv qo‘llanma va 120 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. 

 

 

Ergasheva Maxbuba Xotambekovna

mahbubaergasheva@samdu.uz

 

Falsafa fanlari doktori, dotsent. 2010-yildan boshlab falsafa kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2017-yilda “Avestodagi falsafiy g‘oyalarga sinergetik yondashuv (ontologik va gnoseologik tahlil)” mavzusidagi falsafa fanlari bo‘yicha doktorlik (PhD) dissertatsiyasini, 2022-yilda “Ta’limning sinergetik qonuniyatlari: nazariy-metodologik tahlil” mavzusidagi doktorlik (DcS) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Shu kunga qadar 90 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 o‘quv qo‘llanma, 4 monografiya, 1 uslubiy qo‘llanma, 80 dan ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi.

Kryukov Aleksey Nikolayevich

akrum@ya.ru

 

Falsafa fanlari doktori (DcS). 2022-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib keladi. 2003-yilda “Проблема интерсубъективности у Гуссерля и Сартра” mavzusida dissertatsiyasini himoya qilgan. Shu kunga qadar 50 dan ziyod ilmiy ishlarini nashr etirgan, Web of science bazasidagi jurnallarda 2 maqola, 2 monografiya muallifi. 

spbu.academia.edu/AlexeiKrioukov

https://orcid.org/0000-0002-6708-3598

https://dspace.spbu.ru/handle/11701/8778

https://doi.org/10.21638/2226-5260-2017-6-2-329-357

DOI : 10.21638/2226-5260-2017-6-2-320-328

DOI : 10.18199/2226-5260-2015-4-2-54-62

Jonibek Tanikulov

Falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. 2024-yildan boshlab falsafa va milliy g'oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda "Jamoatchilik fikrini shakllantirishda media axborot
tizimning funksional integrasiyalashuvi" mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.   Taniqulov Jonibek Ashirkulovich muallifligida jami 50 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan. 1 uslubiy qo'llanma, 1 monografiya nashr etgan.

Sattorov Musurmon Dostonovich 

sattorovmusurmonqul1@gmail.com

Falsafa fanlari nomzodi nomzodi, dotsent. 2024-yildan boshlab falsafa va milliy g‘oya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda “Yoshlar ongida tabiatga estetik munosabatni shakllantirishning ijtimoiy-falsafiy masalalari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Sattorov Musurmon Dostonovich muallifligida jami 20 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 2 monografiya, 1- o'quv qo'llanmalari 25 ziyod ilmiy maqolalari mavjud.

 Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi tarixidan

Falsafa va milliy g‘oya kafedrasi Samarqand davlat universitetining ilk kafedralaridan biridir.

Falsafa kafedrasi tarixi O‘zbekiston davlat universiteti tashkil topishi bilan bog‘liq. Mazkur kafedraga 1928-1932-yillar S.Krasnousov rahbarlik qilgan. Keyinchalik kafedra mudiri sifatida faylasuf olim, akademik Ibrohim Mo‘minov faoliyat olib borgan. Shuningdek falsafa kafedrasiga quyidagi olimlar ham rahbarlik qilib kelgan:

1. prof.О.E.Ergashev (1988-1993)

2. prof. J.Yaxshilikov (1993-2015)

3. prof. Sh.Negmatova (2015-2016)

4. prof. J.Yaxshilikov (2016-2020)

5. prof. S.Karimov (2020-2022)

    2022-yildan bugungi kungacha falsafa fanlari doktori, dotsent A.R.Samadov kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 20 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi.  

Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy safarlarda bo‘lib kelmoqda. Bu an’ana hozirgi kunda ham davom etmoqda. 

2019-yilda kafedra o‘qituvchilaridan Sh.Negmatova, G.Sultanova, Sh.Kubayeva (Xitoy), 2020-yilda A.Aymatov, L.Tursunov (Hindiston), 2022-yilda Sh.Negmatova (Turkiya), 2023-yil yanvar oyida G.Sultanovalar (Eron) xorijiy davlatlarda konferensiya, ilmiy anjumanlarda ishtirok etishgan, xorijiy malakalardan o‘tib kelishgan. Shu bilan birgalikda, Rossiya Federatsiyasi Sankt Peterburg Davlat universiteti professori Kryukov Aleksey Nikolayevich 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab “Falsafa va milliy g‘oya” kafedrasiga ishga qabul qilingan.

Samarqand davlat universiteti falsafa va milliy g‘oya kafedrasi olimlari “O‘zbekistonda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning falsafiy asoslari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari

Bakalavr va magistratura

  • ·  Falsafa
  • ·  Dinshunoslik
  • ·  Falsafaga kirish
  • ·  Borliq va rivojlanish falsafasi
  • ·  Falsafa tarixi
  • ·  Mantiq tarixi va nazariyasi
  • ·  Borliq va rivojlanish falsafasi
  • ·  Ma’naviyat falsafasi
  • ·  Din falsafasi
  • ·  Tanlov fan: Qadriyatlar falsafasi
  • ·  Tanlov fan: G‘oyalar falsafasi
  • ·  Tanlov fan: Globallashuv asoslari
  • ·  Tanlov fan: O‘zbek falsafasi
  • ·  Etnomadaniyat
  • ·  Oila ma’naviyati
  • ·  Ma’naviyatshunoslik
  • ·  Ijtimoiy falsafa
  • ·  Mantiq tarixi va nazariyasi (Tanlov fan)
  •  G‘oyalar falsafasi (Tanlov fan)
  • Ma’naviyat asoslari
  • Qadriyatlar falsafasi Tanlov Fan
  • Mantiq tarixi va nazariyasi Tanlov Fan
  • Mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
  • ·  Ma’naviyatning estetik asoslari
  • ·  Tasavvuf falsafasi
  • ·  Globallashuv va ma’naviyat
  • ·  Shaxs ma’naviyatini shakllantirish mezonlari va omillari
  • ·  Ma’naviyatning ilmiy metodologiyasi
  • ·  Sharq va G‘arb ma’naviyati
  • ·  Ma’naviyat va din
  • ·  Islom dini ma’naviyati
  • ·  Sharq va G‘arb ma’naviyati
  • ·  Axloqshunoslik va estetika tarixi
  • ·  Etika va estetika nazariyasi
  • ·  Amaliy etika va estetika
  • ·  Vizual estetika va dizayn
  • ·  Sog‘lom raqobat va axloqiy prinsiplar
  • ·  Inson falsafasi
  • Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Kafedra hayotidan fotolavhalar