Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi
Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi mudiri
Hamroqulova Shohista Shamshidinovna
+99890 224-77-96 shohista.0107@mail.ru
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2011-yildan beri Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasida faoliyat olib bormoqda. 2018-yildan boshlab mazkur kafedra mudiri sifatida ishlab kelmoqda.
Shohista Hamroqulova 2020-yilda “Qozog‘istondagi o‘zbeklarning Respublika fan va madaniyati rivojiga qo‘shgan hissasi (1925-2015)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Faoliyati davomida 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma va 30 dan ziyod ilmiy maqolalar e’lon qilgan. Shuningdek, Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi nashr etilgan.
Jahon tarixi kafedrasi aʼzolari
To’raqulov Behzod To’raqulovich
Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1973-yildan boshlab jahon tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1983-yilda “Karl Libknextning inqilobiy faoliyatida parlament va parlamentdan tashqari kurash uslublarining qo‘llanilishi” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 o‘quv qo‘llanma, 5 monografiya, 10 ga yaqin risola va 30 dan ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi. |
|
Rahmatullayev Mustafo Rahmatullayevich
Tarix fanlari nomzodi. 1973-yildan boshlab jahon tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1991-yilda “O‘zbekistoning madaniy taraqqiyoti muammolari tarixiy adabiyotlarda (XX asrning 60-80-yillari)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mustafo Rahmatullayev muallifligida jami 40 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 2 o‘quv qo‘llanma, 2 monografiya, 4 risola va 30 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud.
|
|
Hoshimova Muqaddas Murodxonovna
Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1998-yildan boshlab SamDU Jahon tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2004-yilda “XX asr o‘rtasida Markaziy Osiyoga deportatsiya qilingan Shimoliy Kavkaz xalqlari tarixi (Qozog‘iston Respublikasi misolida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Muqaddas Hoshimova faoliyati davomida 10 dan ortiq monografiya, o‘quv, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 20 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr etgan. |
|
O’sarov Sirojiddin Rahmatullayevich
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd). 2007-yildan kafedrada o‘z faoliyatini boshlagan. Sirojiddin O‘sarov 2021-yilda “O‘zbekiston Respublikasi va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi mamlakatlari o‘rtasida davlatlararo hamkorlikning shakllanishi va rivojlanishi tarixi (Indoneziya, Malayziya, Singapur misolida)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Sirojiddin O‘sarov faoliyati davomida 40 ga yaqin ilmiy ishlar nashr ettirgan. Shu jumladan, 3 o‘quv qo‘llanma, 4 risola, 4 uslubiy qo‘llanma va 30 ga yaqin ilmiy maqolalari mavjud. |
|
Rashidova Feruza Shomuhamedovna
2006-yildan buyon Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2019-yilda “Вклад зарубежных инвестисий в становление и развитие молого бизнеса и частного предпринимателства в Узбекистане (исторический подход)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasini olgan. Feruza Rashidovaning shu kunga qadar jami 30 dan ziyod ilmiy ishlari nashr etilgan. Jumladan, 1 monografiya, 1 o‘quv qo‘llanma va 30 ga yaqin ilmiy maqolalari mavjud. |
|
Pirimqulova Saodat Shodmonqulovna
Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi assistenti. 2009-yildan boshlab jahon tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. “Ikkinchi jahon urushi yillarida O‘zbekistonga ko‘chirib keltirilgan bolalar masalasi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Saodat Pirimqulova muallifligida jami 20 ga yaqin ilmiy ishlar nashr etilgan. |
|
Elimov Lochin Shavkatovich
Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi assistenti. 2018-yildan boshlab SamDU Jahon tarixi kafedrasida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Yevropa renessansi davri tarixida Amir Temur roli” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Lochin Elimov tomonidan jami 10 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. |
|
Davronov Xolbek Zokir o’g’li
Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi assistenti. 2020-yildan boshlab SamDU jahon tarixi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. “Usmonli elchi va sayyohlari asarlarida O‘rta Osiyo xonliklarida kechgan ijtimoiy-siyosiy va etnomadaniy jarayonlarning yoritilishi” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Xolbek Davronovning jami 10 ga yaqin ilmiy ishlari nufuzli xalqaro va respublika jurnallarida nashr etilgan. |
|
Jahon tarixi kafedrasi tarixidan Jahon tarixi kafedrasi Samarqand davlat universitetining to‘ng‘ich kafedralaridan biri. U 1927-yilda tashkil etilgan Oliy pedagogika instituti tarkibidagi dastlabki 12 ta kafedraning biri, universitetimiz tengdoshi bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 1927-yildan kafedrani quyidagi professor-o‘qituvchilar boshqardi:
1938-yil sentabrdan kafedra ikkiga bo‘lindi: |
|
|
|
Kafedrani 2009-2012-yillarda dots.B.To‘raqulov boshqargan. 2012-yildan 2018-yilgacha dotsent M.Hoshimova boshqardi. 2018-yildan bugungi kungacha Sh.Hamroqulova boshqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada 12 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Xalqaro hamkorlik: Kafedra tashkil etilgan kundan boshlab uning a’zolari chet davlatlar oliygohlariga muntazam ravishda ilmiy safarlarda bo‘lib kelmoqda. Bu an’ana hozirgi kunda ham davom etmoqda. 2021-yilda Rossiya FA “Umumiy tarix” instituti katta ilmiy xodimi, tarix fanlari doktori, professor A.S.Namozovaning tarix fakulteti talabalari uchun “Yevropaning kichik davlatlari” turkumida 20 soatlik fakultativ dars mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Shu bilan birgalikda Moskva davlat universiteti professori Nargis Nurulla – Xodjayeva 2021-2022-o‘quv yilida Jahon tarixi kafedrasiga 0.25 shtat birligida ishga qabul qilingan bo‘lsa, 2022-2023-o‘quv yilida 0,5 shtat birligida ishga qabul qilindi. Hozirgi kunda Nargis Nurulla – Xodjayeva tarix fakulteti talabalariga “Xalqaro munosabatlar va diplomatiya tarixi” va “Yangi tarix” fanlaridan dars mashg‘ulotlarini o‘tib kelmoqda. Samarqand davlat universiteti jahon tarixi kafedrasi olimlari “Jahon mamlakatlari va xalqlarining ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tarixi” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari Bakalavr
|
|
Magistratura
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar