Maktabgacha ta'lim
Kafedra mudiri
Rashidova Umida Mansurovna
- Qabul vaqti: Har kuni 8:00 dan 16:00 gacha
- Telefon: +998 94 244 87 20
- Elektron pochta: umida_rashidova@bk.ru
Biografiya
2004-2008 yy. Samarqand davlat universiteti talabasi
2008-2010 yy. Samarqand davlat universieti magistranti
2011-2013 yy. Samarqand davlat universitetining kichik ilmiy xodim- izlanuvchisi
2013-2016 yy. Samarqand davlat universitetining katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
2014-2016 yy. Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi
2014-2017 yy. IIV Samarqand akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi
2017-2018 . IIV Samarqand akademik litseyi ona tili va adabiyot fani oʼqituvchisi
2018- 2018. TАTU Samarqand filiali qoshidagi akademik litsey ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi
2018-2021 yy. Samarqand davlat universiteti Maktabgacha taʼlim fakulteti Maktabgacha taʼlim nazariyasi va metodikasi kafedrasi dotsenti
2021-yil 3 sentyabrdan. Samarqand davlat universiteti Maktabgacha va boshlangʼich taʼlim fakulteti Maktabgacha taʼlim kafedrasi mudiri
Maktabgacha ta’lim kafedrasi tarixi
SamDUning Maktabgacha ta’lim nazariyasi va metodikasi kafedrasi 2018-yil 24-avgustda Samarqand Davlat Universiteti ilmiy kengashining13 qarori va universitet rektorining 584-ij sonli buyrug‘i asosida tashkil etilgan edi. 2021-yil Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashkil etilgach, kafedra nomi Maktabgacha ta’lim bo‘lib o‘zgardi. Kafedra mudiri – filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rashidova Umida Mansurovna.
Kafedra a’zolari:
1. Professor Tursunova Maxkamoy
2.P.f.n. dotsent Fayzullaev Sharipboy Nurullaevich
3.f.f.PhD Rashidova Umida Mansurovna
4.Dotsent Agzamov Valeriy
4.Assisent Rustamova Fotima Islomovna
5.Assistent Razzokova Mashxura Kamaliddinovna,
6.Assistent Totliev O‘lmas.
7. Assistent Doniyarova Shohista
8. Assistent Eshnazarova Gulzoda
9. Assistent Hakimova Marhabo
10. Assistent Abdurahmonova Charos
11. Assistent Zayniddinova Zulxumor
12. Assistent Kattaeva Gulnoza
13. Assistent Karimova Aziza
14. Assistent Ma’rupova Munira
15. Assistent Imomkulova Ozoda
Ilmiy salohiyat 26,6% ni tashkil qiladi. Kafedrada yana 2 nafar fan nomzodi va 2 nafar assistent o‘rindoshlik asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedraning asosiy stimuli: Samarqand viloyat MTB (maktabgacha ta’lim boshqarmasi) bilan ilmiy – amaliy hamkorlik asosidagi ishlarni amalga oshirishni yo‘lga qo‘yishdan iborat:
1 .2018-yil 28-dekabr kuni Samarqand shahar №27 MTMda “Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik afzalliklari – ommaboplik va sifat” mavzusida ilmiy – amaliy konferensiya o‘tkazildi
2. 2019-yil 8-yanvar kuni Samarqand Davlat Universitetida viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi xodimlari, tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlari metodistlari va maktabgacha ta’lim muassasalari mudiralari uchun: “Maktabgacha yoshdagi bolalarda tajriba o‘tkazish orqali tadqiqotchilik qobiliyatini shakllantirish uchun tayyorlangan o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar taqdimoti” bo‘lib o‘tdi
3. 2019-yil 4-fevral kuni “Maktabgacha ta’lim” fakulteti va Samarqand shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi metodistlari hamda MTTmudiralari bilan “Maktabgacha ta’lim”yo‘nalishi talabalarini ilk marotaba “Malakaviy amaliyot” ga yo‘naltirish masalasida amaliy- uslubiy seminar bo‘lib o‘tdi
4. 2020-yilning 2-mart kuni SamDU faollar zalida “Maktabgacha ta’lim fakultetining ta’lim sifati va samaradorligini oshirishda Maktabgacha ta’lim muassasalari bilan izchil hamkorlikni o‘rnatish masalalari” mavzusida muhokama-munozara asosidagi o‘quv –amaliy seminar bo‘lib o‘tdi
Kafedraning kelajakda ilmiy – amaliy, o‘quv uslubiy saloxiyatlarini oshirish maqsadidagi ushbu ezgu maqsadga yo‘naltirilgan ishlarni bajarish bilan “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishidagi ilmiy metodik kadrlarga bo‘lgan ehtiyojni ta’minlaydi hamda Samarkand Davlat Universitetida ushbu yo‘nalishda magistraturaga qabul jarayonini adolatli va shaffof o‘tkazishga xizmat qiladi.
Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari:
- Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi
- Matematik o‘yinlarni tashkil etish.
- MTMda didaktik o‘yinlarni tashkil etish metodikasi
- Maktabgacha pedagogika
- Ijtimoiy pedagogika
- Maktabgacha ta’limda boshqariu va menejment
- Maktabgacha ta’limda ijodiy faoliyat asoslari
- Maktabgacha ta’limning me’yoriy asoslari
- Bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi
- Ona tili va bolalar adabiyoti
- Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi
- Tabiat bilan tanishtirish nazariyasi va metodikasi
- Bolalarni maktabga tayorlash metodikasi
- Bolalar nutqini o‘stirish nazariyasi va metodikasi
- Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi
- Maktabgacha ta’limda boshqaruv va menejment