Samarqand davlat universiteti Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan professor-o’qituvchi, ishchi-xodimlar Qo‘qon, Farg‘ona, Marg‘ilon, Andijon shaharlariga sayohat qilishdi.

    O’qituvchi va xodimlar sayohat davomida Qo’qon shahrining Xudoyorxon saroyi, Juma masjidi, Daxmai Shoxon qadamjoyini ziyorat qildi. Rishton tumanidagi milliy hunarmandchilik uylari faoliyati bilan tanishdi.

    Sayohatning ikkinchi kunida Farg’onaning diqqatga sazovor joylarini ko’zdan kechirib, Farg‘ona vodiysi tarixiy muzeyida bo’lishdi. Marg‘ilon shahrining atlas va adras milliy matolarining tayyorlanishi, ularning kelib chiqish tarixi haqida ma’lumotga ega bo’lishdi.

    Shuningdek, Andijon shahrining tarixiy joylariga sayohat uyushtirildi.

Samarqand davlat universiteti

Axborot xizmati