Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi mudiri 

 Xo’jayorov Baxtiyor

(90)-224-30-96   b.khuzhayorov@mail.ru

    Baxtiyor Xo’jayorov fizika-matematika fanlari doktori, professor. 1992-yildan Samarqand davlat universitetida ishlab kelmoqda. 2017-yildan matematik modellashtirish kafedrasi mudiri.

    Baxtiyor Xo’jayorov 1981-yilda nomzodlik, 1992-yilda Tyumen davlat universitetida  doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1994-yilda professorlik ilmiy unvonini olgan.

    Olim 400 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 8 monografiya va bitta o’quv qo’llanma muallifi. Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 50 dan ziyod maqola chop etgan. NATO va Fransiya tashqi ishlar vazirligi grantlarni olgan. 2010-yilda «Mehnat shuhrati» ordeni bilan taqdirlangan.
    Baxtiyor Xo’jayorovning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Web of Science: https://www.webofscience.com/wos/author/record/2070623

Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57219662740   

ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/Bakhtiyor-Khuzhayorov 

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=cNNTym0AAAAJ&hl=ru

 

                                                                          Matematik modellashtirish kafedra a’zolari

 

Erkin Urunbayev 

urin54@gmail.com

Fizika-matematika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc), dotsent. Samarqand davlat universitetida 1983-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2000-yilda “G’ildirakli transport mashinalari harakat turg’unligini tadqiq etishni avtomatlashtirish” mavzusida texnika fanlari bo’yicha nomzodlik, 2021-yilda «K-qiymatli mantiq funksiyalari asosida evristik algoritmlarning optimal korrektorlarini sintez qilish usullari» mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Erkin Urunbayev 2 monografiya, 4 o’quv qo’llanma, 11 dasturiy ta’minot uchun guvohnoma, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 11 ilmiy maqolasi Scopus bazasida e’tirof etilgan jurnallarda e’lon qilingan. 

Erkin Urunbayevning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Scopus:  https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57218884317   

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=6PuzTZ4AAAAJ&hl=ru&oi=sra

 

Burnashev Vladimir Fidratovich

vladimir.burnash@mail.ru

Fizika-matematika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc), dotsent. Samarqand davlat universitetida 2012-yildan beri faoliyat yuritib keladi.

1991-yilda “Neft qatlamlariga termik ta’sirni tadqiq etish uchun sonli modellar ishlab chiqish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha fan nomzodi, 2019-yilda “G’ovak muhitlarda ko’pfazali ko’pkomponentali suyuqliklar sizishi gidrodinamik modellari sonli tahlil” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1998-yilda “Suyuqlik, gaz va plazma mexanikasi” bo’yicha katta ilmiy xodim unvonini olgan.

Vladimir Burnashev 2 monografiya, 2 o’quv qo’llanma va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Olimning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Web of Science: https://www.webofscience.com/wos/author/record/36966037

Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=48961029400  

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=uy-eONEAAAAJ

 

 

Viswanathan Kadakkal Kannan

viswanathankk@samdu.uz

Matematika fani bo’yicha falsafa doktori (PhD). Faoliyati davomida Janubiy Koreyaning  INHA universiteti, Seul milliy universiteti, Malayziya Texnologiya universiteti, Quvayt fan va texnologiyalar kollejida professor sifatida ishlagan. 2022-yil dan buyon Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.

1998-yilda “Splain functions study of free vibration of plates and shells” mavzusida PhD dissertatsiyasini himoya qilgan.

Viswanathan Kadakkal Kannan shu kunga qadar 2 monografiya, 120 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilgan. 78 ilmiy maqolasi Scopus bazasida e’tirof etilgan jurnallarda, 46 tasi esa Web of Science bazasida e’tirof etilgan jurnallarda chop qilingan.

Viswanthan Kannanning xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Web of Science: https://www.webofscience.com/wos/author/record/624565

Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=7101887781

ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/K-K-Viswanathan

Google Scholar: https://scholar.google.co.uk/citations?user=LSfLzTEAAAAJ&hl=en

 

 

 

 

Amridinov Sayfidin Amridinovich

 

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universitetida 1965-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 2015-yildan buyon matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

Sayfiddin Amridinov 1977-yilda “Yopishqoq-elastik plastinka va yetuk qobiqlar ba’zi chiziqlimas kvazistatik masalalarni tadqiq etish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha fan nomzodi dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 5 o’quv qo’llanma muallifi, 100 dan ilmiy maqolalar chop ettirgan.

 

 

 

 

Mamatov Shahobiddin Sayfiddinovich

 

Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. Samarqand davlat universitetida 1993-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 2015-yildan hozirga qadar matematik modellashtirish kafedrasi dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda.

1987-yil M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida “Gibbs maydonlari traisfer-matrisalarining bog’liqlik holatlari haqida” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.

Shahoiddin Mamatov 2 o’quv qo’llanma, 70 dan ziyod ilmiy maqolalar chop ettirgan. 5 ilmiy maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi ilmiy jurnallarda chop etilgan.

Shahobiddin Mamatovning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolasi:

Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=16441027700

 

 

 

 

Maxmudov Jamol Maxmud o’g’li

j.makhmudov@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc), dotsent. Samarqand davlat universitetida 2009-yildan beri faoliyat yuritib keladi.

2007-yilda «G’ovak muhitda dispers suyuqliklar sizishi gidrodinamik modellarini tadqiq etish» mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha nomzodlik, 2019-yil «Bir jinsli bo’lmagan suyuqliklarning g’ovak muhitlarda sizishining matematik modellarini takomillashtirish va tadqiq etish» mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) dissertatsiyalarini himoya qilgan.

Jamol Maxmudov 1 monografiya, 90 dan ortiq ilmiy maqolalar chop qilgan. 8 ilmiy maqolasi Scopus bazasida e’tirof etilgan jurnallarda e’lon qilingan. 

Jamol Maxmudovning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Web of Science: https://www.webofscience.com/wos/author/record/2108948

Scopus:  https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57219664077  

ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/Jamol-Makhmudov

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=U1SvM9AAAAAJ&hl=ru

Djiyanov Tursunpulot Ortikovich

t.djiyanov@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Samarqand davlat universitetida 2018-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 2018-yil “Birjinslimas suyuqliklarning g’ovak muhitlarda anomal sizishi modellarini tuzish va tadqiq qilish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

Tursunpulot Djiyanov 2 uslubiy qo‘llanma, 2 dasturiy mahsulot uchun guvohnoma, 30 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. 4 ilmiy maqolasi Scopus bazasida e’tirof etilgan jurnallarda e’lon qilingan. 

Tursunpulot Djiyanovning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Web of Science: https://www.webofscience.com/wos/woscc/basic-search 

Scopus: https://www.scopus.com/affil/profile.uri?id=60071657&origin=AuthorResultsList

ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/Dzhiyanov-Tursunpulat

Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=CkwXoMoAAAAJ&hl=ru

Fayziyev Bekzodjon Murtazayevich
fayzievbm@samdu.uz

Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universitetida 2014-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 2018-yilda “G’ovak muhitlarda cho’kma hosil bo’lishining ko’p bosqichli kinetikasi asosida sizish va modda ko’chishi jarayonlarini modellashtirish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. 
Bekzodjon Fayziyev ilmiy faoliyati davomida Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan ilmiy jurnallarda 11 maqola e’lon qilgan. 2 uslubiy qo’llanma muallifi, 5 dasturiy mahsulot uchun mualliflk guvohnomasi olgan. 20 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiya va simpoziumlarda tezislari bilan ishtirok etgan. Uning asosiy ilmiy yoʻnalishi g’ovak muhitlarda sizish va modda ko’chishi jarayolarini matematik modellashtirishga qaratilgan. 

Bekzodjon Fayzievning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:
Web of Science: https://www.webofscience.com/wos/author/record/2050618 
Scopus: https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57216937892 
ResearchGate: https://www.researchgate.net/profile/Bekzodjon-Fayziev 
Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=JQRIuscAAAAJ&hl=ru 

Usmonov Azizbek Ismayilovich
 
Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasida 2017-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Yoriq-g’ovak muhitlarda anomal modda ko’chishi modellarini tuzish va sonli tadqiq etish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.
Azizbek Usmonov 3 uslubiy ko’rsatma muallifi. Faoliyati davomida 15 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. 3 ilmiy maqolasi Scopus bazasida e’tirof etilgan jurnallarda e’lon qilingan.
Azizbek Usmonovning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi profillari:
Google Scholar:

Begmatov To’lqin Isoqovich

19.begmatov.90@gmail.com

Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). Samarqand davlat universiteti matematik modellashtirish kafedrasida 2018-yildan beri faoliyat yuritib keladi. 2022-yilda “Ko’p bosqichli kinetika asosida birjinslimas suyuqliklarning g’ovak muhitlarda sizishi gidrodinamik modellarini sonli tadqiq etish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan.

To’lqin  Begmatov  shu kunga qadar 15 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etgan. 4 ilmiy maqolasi Scopus bazasida e’tirof etilgan jurnallarda e’lon qilingan. 

To'lqin Begmatovning xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridagi maqolalari:

Scopus:  https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57219667579   

GoogleScholar: https://link.springer.com/article/10.1134/S1990478920030102

Matematik modellashtirish kafedrasi tarixi haqida qisqacha ma’lumot

Kafedra 1974-yilda «Matematik mantiq va programmalashtirish» nomi tashkil etilgan. Kafedraga 1974-1975-yillari dots. H. To’rayev, 1975-1977-yillari dots. F. Fozilov, 1977-1981 dots. H.To’rayev, 1981-1984-yillari D. Rustamov, 1985-1992-yillari prof. I. Jumanov, 1993-1994-yillari dots. X. Ganiyev, 1994-1999-yillari prof. T. Safarov va 1999-yildan 2012-yilgacha prof. H.To’rayev mudirlik qilganlar. 2012-yildan 2015-yilgacha dots. E. Urunbayev kafedra mudiri bo’lib ishladi. 2015-2016 o’quv-yili boshidan “Matematik modellashtirish” va “Hisoblash usullari” kafedralari birlashtirilib “Amaliy matematika” kefedrasi tashkil etildi. 2017-yil yanvardan “Amaliy matematika va informatika” fakulteti qayta tashkil etilgandan so’ng “Amaliy matematika” kafedrasi “Matematik modellashtirish” nomiga o’zgartirildi va unga prof. B.X.Xo’jayorov kafedra mudiri etib tayinlandi.

Kafedrada 1980-1990-yillarda dotsentlar F.Axmedjanov, A.Sufiyanova X.Ganiyev, D.Rustamov, G.Porsayev, R.Abdukarimov va assistentlar A. Xurramov, K.Hakimov, A.Uzoqov, B.Hotamovlar faoliyat ko’rsatganlar. Ular tomonidan 1 ta monografiya, 20 dan ziyod o’quv- uslubiy qo’llanmalar chop etilgan. Shu davr ichida kafedra professor-o’qituvchilarining 1 nafari fan doktori va 9 nafari fan nomzodligi ilmiy darajalarini olishdilar.

 

Davlat ilmiy–texnika dasturlari doirasida bajarilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari:

Qator yillardan buyon kafedrada davlat  ilmiy-texnika dasturlari doirasida prof. B.Xo’jayorov rahbarligida fundamental va amaliy loyihalar bajarib kelinmoqda.

2012 – 2016-yillar FA-F078 – «Birjinslimas suyuqliklarning g’ovak muhitlarda suzilishi va sizishining gidrodinamik masalalari», 2017 – 2022-yillar OT-F4-64 – «Birjinslimas g’ovak muhitlarda suyuqlik sizishi va moddalar ko’chirilishi gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish» fundamental loyihalar, 2015 – 2017-yillar A-13-10 «Yoriq-g’ovak karbonat kollektorli neft va gaz qatlamlari zaboyoldi hududlariga kislotali ishlov berishni hisoblash metodikasi va samarali texnologiyalarini yaratish» kabi amaliy loyihalar bajarilgan.

Hozirgi kunda prof. B.Xo’jayorov ilmiy rahbarligida fundamental tadqiqotlar doirasida FZ-2020092877 – «Bir jinsli bo’lmagan g’ovak muhitlarda anomal moddalar ko’chishi va suyuqliklar sizishi jarayonlarining matematik modellarini tuzish va sonli tadqiq etish»  loyihasi amalga oshirib kelinmoqda.

Ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash

Kafedrada 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmuasi” va  01.02.05 – “Suyuqlik va gaz mexanikasi” ixtisosliklari bo’yicha tayanch doktorantura, doktorantura va maqsadli tayanch doktoranturada ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda. 2015-yildan buyon kafedra professor-o’qituvchilari, doktorantlari va mustaqil tadqiqotchilaridan 4 nafari fan doktori (DSc) va 10 nafardan ziyodi falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. 

Hamkorlik doirasida kafedra professor-o’qituvchilari O’zMU, BuxDU, TerDU, Navoiy davlat pedagogika instituti va Jizzax davlat pedagogika universiteti, O’zbekiston FA ilmiy-tadqiqot institutlari hamda Ural federal universiteti (Rossiya), Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy Universiteti, Kaliforniya universiteti (AQSh), Gavr universiteti (Fransiya), Ozarbayjon Milliy fanlar akademiyasi Matematika va mexanika instituti, Adelaida universiteti (Avstraliya), Shimoliy-Kavkaz federal universiteti (Rossiya) mutaxassis olimlari bilan yaqin aloqalar o’rnatgan.

Kafedrada oʻqitiladigan fan dasturlari

Bakalavr

Diskret matematika

Diskret matematika va matematik mantiq

Hisoblash usullari

Matematik modellashtirish

Matematik tizimlar

Chekli elementlar usuli

Ma’lumotlarni himoyalash modellari

Magistratura

Matematik modellashtirish va hisoblash eksperimenti

Programma injiniringi

Parallel hisoblash usullari va algoritmlari

Big-Data va ma’lumotlar tahlili

Chiziqlimas chegaraviy masalalarni sonli modellashtirish

Ma’lumotlarni tahlil qilishning statistik usullari

Yer osti gidrodinamikasi modellari

Kafedra hayotidan fotolavhalar