Samarqand davlat universiteti

jinoyat huquqiy fanlar  kafedrasi mudiri

Qurbonov Davlat Ravshanovich

+998915560707 davlatkurbonov75@bk.ru

    Davlat Qurbonov yuridik fanlari doktori. 1997-yildan buyon Samarqand davlat universitetida turli lavozimlarda faoliyat yuritib keladi.  2008-yilda “Jinoyat qonunchiligini liberallashtirish sharoitida jinoiy javobgarlikni qo‘llash muammolari” mavzusida  nomzodlik, 2021-yilda “Shaxsning ozodligiga qarshi qilmishlarning jinoyat-huquqiy va kriminologik jihatlari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

    Faoliyati davomida “Jinoyat huquqi”, "Jinoyat protsessual huquqi", "Sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar", "Jinoyat protsessida dalillar nazariyasi muammolari", "Ijro ishini yuritish", "Yuridik xizmat", "Inson huquqlari"  fanlaridan ma’ruza matnlarini tuzgan. Bugungi kungacha 51 dan ortiq ilmiy, ilmiy-uslubiy ishlari nashr etilgan. 2 tasi o‘quv, 1 uslubiy qo‘llanma muallifi. 18 maqolasi OAK ro‘yxatidagi jurnallarda, 6 maqolasi xalqaro jurnallarda, 15 maqolasi respublika jurnallarida nashr qilingan.

 

                                                                            Jinoyat huquqiy fanlar  kafedrasi a’zolari

 

 

Gʻulomov Akmaljon Shukurillayevich

Kafedra professori, yuridik fanlari nomzodi. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti maxsus huquqiy fanlar kafedrasida 1997-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.

2005-yilda “Qishloq xo‘jaligi korxonalariga moddiy texnika xizmati ko‘rsatish shartnomalarining turlari va mohiyati” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2010-yil «Fuqarolik huquqi, oila huquqi, tadbirkorlik huquqi, xalqaro xususiy huquq» ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan.

Akmaljon Gʻulomov faoliyati davomida 1 darslik, 3 o‘quv qo‘llanma, 7 uslubiy qo‘llanma, 2 monografiya, 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

 

Muqumova Muslima Ziyodullayevna  

mmuqumova @.list.ru

Muslima Muqumova yuridik fanlari nomzodi, dotsent.  2005-yilda “Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlashning xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan va 2008-yili 12.00.08 – «Jinoyat huquqi va kriminologiya; jinoyat-ijroiya huquqi» ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonida tasdiqlangan.

Faoliyati davomida 120 dan ortiq  ilmiy va o‘quv-uslubiy ishlar muallifi. 5 ta monografiya, 1 risola, 2 o‘quv qo‘llanma va 10 ga yaqin uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olima bugungi qadar 2 Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda ham  ilmiy maqolalar e’lon qilgan.

https://lingcure.org/index.php/journal/article/view/1993

Nurmuhammedov Ulug'bek Abdurahmanovich

 

Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti maxsus huquqiy fanlar kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.  Faoliyati davomida 1 maqola muallifi.

Urakov Djaxongir Rajabovich

 

Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti maxsus huquqiy fanlar kafedrasida 2022-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Djaxongir Urakov faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma va 6 ilmiy maqola e’lon qilgan.

 

 

 

 

Arzibekova Xadicha Raxmonkulovna

 

Maxsus huquqiy fanlar kafedrasi assistenti. Samarqand davlat universitetida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Xadicha Arzibekova 25 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi.

 

Jinoyat huquqiy fanlar kafedrasi haqida

Jinoyat huquqiy fanlar  kafedrasi a’zolari Samarqand davlat universiteti talabalariga maxsus huquq fanlaridan bilim berib kelmoqda. Kafedra tashkil etilgan vaqtdan buyon kafedra mudiri D.Qurbonov,  kafedra o‘qituvchilari: professor Gʻulomov Akmaljon, dotsentlar Mirzayev Rahmatulla, Muqimova Muslima, Quvondiqov Zokir, Gʻulomova Aziza, Arzibekova Hadicha, Nurmuhamedov Ulug‘bek, Keldiyorov Olim, O‘roqov Jaxongir, Mardonova Iroda, Bayzakov Tolib, Elmurodov Orif kabi o‘kituvchilar talabalar huquqiy savodxonligini shakllantirish va rivojlantirish uchun samarali mehnat qilib kelmoqdalar. Maxsus huquqiy fanlar kafedrasining professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar huquqiy savodxonligini oshirish
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev farmon va qarorlarini doimiy ravishda talabalar ongiga singdirib borish bilan ularniing siyosiy ong va madaniyatini rivojlantirish tizimi asosida olib borilmoqda.

Kafedraning faoliyati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarning nazariy va amaliy masalalarini, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga qaratilgan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o‘quv dasturlari

Bakalavr

  • Jinoyat huquqi
  • Fuqarolik huquqi
  • Mehnat huquqi
  • Fuqarolik protsessual huquqi
  • Jinoyat protsessual huquqi
  • Tadbirkorlik (biznes) huquqi
  • Iqtisodiy protsessual huquqi
  • Jinoyat-ijro huquqi
  • Kriminalistika
  • Sud va huquqni muxofaza qiluvchi organlar
  • Yuridik  psixologiya
  • Xalqaro huquq
  • Kriminologiya
  • Oila huquqi
  • Prokuror nazorati
  • Jinoyat va fuqarolik ishlari bo‘yicha prosessual hujjatlar
  • Ijro ishini yuritish
  • O‘zbekiston Respublikasida yuridik xizmat
  • Ijtimoiy ta’minot huquqi

Magistratura

  • Advokatura va advokat faoliyati huquqiy masalalari
  • Jinoyat protsessida advokat ishtiroki
  • Fuqarolik protsessida advokat ishtiroki
  • Iqtisodiy va korporativ nizolarni hal etish
  • Yuristlar uchun strategik qarorlar qabul qilish
  • Nizolarni hal qilishning muqobil usullari
  • Dalillar nazariyasi
  • Mehnat nizolarini hal etish
  • Bankrotlik huquqi
  • Xalqaro nizolarni hal qilishning muqobil usullari.

Kafedra hayotidan fotolavhalar