Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi
Samarqand davlat universiteti Muhandislik fizikasi instituti nazariy fizika va kvant elektironika kafedrasi mudiri
Eshkobilov Napas Beknazarovich
+99891526-44-96 enapas@samdu.uz
Fizika-matematika fanlari doktori, professor. Fizikaning optika, lazer fizikasi va spektoroskopiyasi sohalari bo’yicha mutaxassis-olim. 100 dan ortiq ilmiy maqolalar (shu jumladan Scopus va Web Of Science bazasida 57 ta), 4 darslik va o’quv qo`llanmalar muallifi. Faoliyati davomida 1 xalqaro, 3 respublika miqyosidagi ilmiy fundamental va amaliy loyihalarga rahbarlik qilgan. “Atom spektroskopiyasiga kirish”, nomli darslik, “Kvant mexanikasi”, “Kvant elektronika asoslari” va “Lazerli biotibbiyot asoslari” nomli o’quv qo’llanmalar muallifi.
https://link.springer.com/article/10.1007/s11182-022-02535-2
http://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/98
https://www.turpion.org/php/paper.phtml?journal_id=qe&paper_id=6068
http://www.ufj.uz/index.php/ufj/article/view/330
https://elibrary.ru/item.asp?id=27832682
https://link.springer.com/article/10.1007/BF02681856
https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/0030401882904072
https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/1986OptSp..60..797T/abstract
Muhandislik fizikasi instituti nazariy fizika va kvant elektronika kafedra a’zolari
Sabirov Leonard Muxammedjanovich Fizika – matematika fanlari doktori, professor, Beruniy nomidagi davlat mukofoti laureati, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi. Samarqanddagi “Nochiziqli optika” ilmiy maktabi asoschisi. Professor Leonard Sabirov faoliyati davomida 3 xalqaro, 10 respublika miqyosidagi fundamental ilmiy va 3 amaliy loyihalarni bajarishda rahbarlik qilgan. Olim tomonidan olib borilayotgan kvant elektronikasi, radiofizika, fazoviy o‘tishlarning molekulyar spektroskopiyasi va kritik hodisalari kabi sohalardagi ilmiy izlanishlar natijalari asosida 8 ta o‘quv qo‘llanma, 10 o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 monografiya, 300 dan ortiq ilmiy ishlar nashr etilgan. https://link.springer.com/article/10.3103/S1541308X22050107 https://link.springer.com/article/10.1134/S0030400X2104007X https://link.springer.com/article/10.3103/S1541308X21010064 https://link.springer.com/article/10.1134/S0030400X20121029 https://www.jstage.jst.go.jp/article/ast/36/2/36_E1454/_article/-char/ja/ https://ujp.bitp.kiev.ua/index.php/ujp/article/view/2019174 |
|
Ibodov Rustam Mustafoyevich Fizika-matematika fanlari doktori, professor. O‘zbekiston respublikasi fiziklari jamiyati a’zosi. Samarqanddagi nazariy fizika ilmiy maktabi asoschilaridan biri. Rustam Ibodov faoliyati davomida 4 xalqaro, 3 respublika miqyosidagi fundamental ilmiy loyihalarni bajarishga rahbarlik qilgan. Professor Rustam Ibodov Eynshteyn tenglamalarining yangi yechimlarini topish bo’yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. 136 dan ortiq ilmiy ishlarini nufuzli ilmiy jurnallar (Scopus, Web of Science) da chop etilgan va hozirda Scopus bazasidagi H indeksi 7 ga teng. https://doi.org/10.3390/sym13010089 https://doi.org/10.1103/physrevd.102.064010 https://doi.org/10.26577/phst-2019-1-p4 https://arxiv.org/abs/2006.13008v1 https://portal.issn.org/resource/ISSN/2410-2865 |
|
Semenov Denis Ivanovich Fizika – matematika fanlari doktori (DSc), dotsent. 2000-yildan boshlab nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2016-yilda “Suyuqliklardagi tartib parametri fluktuatsiyalari dinamikasi va ularning optik va akustik hodisalarda namoyon bo'lishi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 70 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 4 o’quv qo’llanma va 30 dan (Scopus, Web of science) ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi. https://link.springer.com/article/10.1134/S0030400X08090087 https://link.springer.com/article/10.1134/S0030400X07090184 https://link.springer.com/article/10.1134/S0030400X06080194 |
|
Xaydarov Xayrillo Safarovich Fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2000-yildan boshlab nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2010-yilda “Suvli eritmalarning maxsus nuqtasi yaqinida nozik strukturasi sochilish spektrlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 70 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 5 o’quv qo’llanma, va 30 dan (Scopus, Web of science) ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi. |
|
Ismailov Faxriddin Raimovich
Fizika – matematika fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD), dotsent 2007- yildan boshlab nazariy fizika va kvant elektronikasi kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “Elektrolit bo‘lmagan suvli eritmalarda Landau-Plachek munosabatlarini yorug‘likning molekulyar sochilish spektrlari orqali tadqiq qilish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shu kunga qadar 50 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 2 o’quv-uslubiy qo’llanma, 10 dan (Scopus, Web of science) ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi. https://link.springer.com/article/10.3103/S1541308X22050107 https://ujp.bitp.kiev.ua/index.php/ujp/article/view/2020236 https://link.springer.com/article/10.3103/S1541308X21010064 |
|
Saydullayev Usmonali Jo’rayevich Fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). 2003-yildan beri Samarqand davlat universiteti nazariy fizika kafedrasida faoliyat yuritadi. Usmonali Saydullayev 2019-yilda “Suspenziyaning suzilishi va sizishining gidrodinamik modellarini tuzish va sonli tahlil etish” mavzusida fizika-matematika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 6 o’quv qo’llanma va 50 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. Shuningdek, SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda 10 ta maqola chop qilgan. https://www.scopus.com/authid/detail.uri?authorId=57219255757 |
|
Umidullayev Shavkat Ubaydullayevich “Nazariy fizika va kvant elektronikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi. Shavkat Umidullaev 1994-yildan nazariy fizika kafedrasi o‘qituvchisi sifatida faoliyat yuritib keladi. Shavkat Umidullaevning chop etilgan ilmiy ishlarining umumiy soni 100 dan ortiq bo‘lib, 7 maqola chet ellarda va markaziy nashrlarda, respublika va mahalliy nashrlarida, qolganlari xalqaro va nufuzli anjumanlar to‘plamlarida chiqqan. 7 o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar muallifi. «Termodinamikadan masalalar yechish», «Statistik fizikadan masalalar yechish», «Termodinamika va statistik fizikadan masalalar», «Elektrodinamikadan masalalar yechish» o‘quv qo‘llanmalari, «Termodinamika qonunlari», «Molekulalar aylanma va tebranma-aylanma spektrlari», «Termodinamika va statistik fizikadan kurs ishlari bajarish bo‘yicha ko‘rsatmalar» uslubiy qo‘llanmalari SamDU nashriyotida chop etilgan. |
|
Nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi tarixi Nazariy fizika va kvant elektronika kafedrasi 2005-yilda kafedralarni yiriklashtirish maqsadida nazariy fizika hamda kvant elektronika va radiofizika kafedralarining birlashishidan tashkil etilgan. Bugungi kunda kafedrada 11 nafar professor-o‘qituvchilar talabalarga dars bermoqda. Shundan 4 nafari fan doktori-professorlar, 4 nafari fan nomzodi, (PhD) dotsentlar. Kafedra qoshida ikki yo‘nalishda: nazariy fizika va lazer fizikasi yo‘nalishlarida magistratura va doktorantura faoliyat yuritmoqda. Kafedraning zaxirasi hisoblangan 5 nafar doktorant va 1 nafar stajyor-tadqiqotchilar o‘zlarining dissertatsiya mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. Fizikaning 3 yo‘nalishi (nazariy fizika, nochiziqli optika, lazer spektroskopiya) bo‘yicha xalqaro va respublika ilmiy grantlari hamda universitet ITI rejasi asosida ilmiy tadqiqotlar bajarilmoqda hamda shular asosida yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada ilmiy-tadqiqot ishlari kafedra tarkibidagi 3 ta ilmiy laboratoriyalarda olib borilmoqda. Laboratoriyalar zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan va kafedra ilmiy xodimlari tomonidan noyob tajribaviy qurilmalar ishlab chiqilgan va yig‘ilgan. Kafedra ilmiy xodimlarining ilmiy tadqiqot ishlari natijalari, respublikamiz va chet el ilmiy jurnallarida hamda xalqaro va respublika konferensiyalari va simpozium materiallarida chop etilib kelinmoqda. Oxirgi 5 yil davomida kafedra jamoasi tomonidan 100 dan ortiq ilmiy ishlar chop etildi. |
|
Fakultetda nazariy fizika yo‘nalishini tashkil etilishi 1935-yilda optika va nazariy fizika kafedralarining ochilishi bilan bog‘liq. Kafedraning birinchi mudiri prof.A.Yu.Pedder bo‘lib, nazariy fizika bo’yicha ma’ruzalarni taniqli olimlar, professorlar Yu.A.Krutov, M.P.Bronshteyn, dotsentlar R.X.Mallin, M.I.Mandel, Ye.V.Konturovalar o‘qishgan. Kafedra urushdan keyin, qaytadan 1953-yildan faoliyat ko‘rsatgan va dotsent M.V.Batnov rahbarlik qilgan. Bu vaqtda nazariy fizikaning alohida qismlari bo‘yicha ma’ruzalarni relyativistik gazodinamika sohasida taniqli olim professor F.I.Frankel o‘qigan. Kafedrada nazariy fizika bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash 1956-yildan boshlangan. Bu vaqtda kafedrani L.G.Yakovlev keyinchalik uning shogirdlari R.X.Safarov, O.P.Pardaevlar boshqargan. 1987-yilga kelib nazariy fizika kafedrasi a’zolari soni 10 nafarga yetdi. Bu davrda kafedrada dotsentlardan V.G.Hamdamov, R.K.Kadiev, J.X.Xalikova, Ya.L.Grudskiy, O.B.Shuman, I.Z.Ortiqov, O.P.Pardaev, S.S.Mahmudov, M.Seit-Enon, va katta o‘qituvchi E.K.Qosimovlar faoliyat ko’rsatgan. Kafedra qoshida 1989-yilda «Gravitatsiya nazariyasi» masalalariga bag‘ishlab Butunittifoq konferensiyasi o‘tkazildi. | |
Professor Rustam Ibodov va katta o‘qituvchi U.J. Saydullayevlar O‘zbekiston Prezidentining “Iste'dod jamg‘armasi” grantiga; professor Rustam Ibodov esa Vengriya Fanlar Akademiyasi grantiga, Germaniyaning DAAD (2 marta), Volswagen Stivtung (2 marta), Italiyaning Landay Network grantlariga hamda “Milliy kvalifikatsiya tizimlari: kvalifikatsiya tizimlarini rivojlantirish va ularni tan olinishi uchun qaratilgan ko‘rsatmalar” Yevro Ittifoqining “NURSLING”, o‘quv jarayonlarini chet el universitetlari qatoriga yetkazish bo‘yicha izlanishlar grantlariga sazovor bo‘ldi. Germaniyalik olimlar proessor Jutta Kunz va dotsent Burkhard Kleihauslar bilan hamkorlikda 2004-2020-yillar mobaynida bajargan gravitatsiya uchun keltirilgan A.Eynshteynning modernizatsiyalangan tenglamalarining yangi yechimlarini topilishi bo‘yicha izlanishlar olib bordi. Fantom maydonlari bilan kuchaytirilgan Eynshteyn-Yang-Mills yumronqoziq inlari yechimlari topilgan va natijalarni nufuzli Phys. Rev., Phys. Lett. va Grav. Cosmol. ilmiy nashrlarda chop etdi. Yevropa Yadro tadqiqotlar markazi (CERN), Italiyaning Neapol, Piza va Milan universitetlari, Germaniyaning Oldenburg universiteti, Kanadaning Alberto universitetlari xodimlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. |
|
1974-yilda professor Leonard Sobirov va I.L. Fabelinskiylar rahbarligida Nochiziqli optika ilmiy laborotoriyasi tashkil qilindi. Keyinchalik, 1992-yilda ushbu laboratoriya bazasida Kvant elektronika va radiofizika kafedrasi tashkil etildi. Kafedrani tashkil qilishdan maqsad kvant elektronika va nochiziqli optika sohalarida mutaxassislar tayyorlash, aspirantura va doktorantura orqali yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlarni tarbiyalashdan iborat. Bu laboratoriya ilmiy tadqiqotlarining asosiy yo‘nalishi sifatida kritik nuqtalari atrofida fazaviy o‘tishlar, lazer nurlanishining moddalar (nochiziqli qabul qiluvchanlikga ega bo‘lgan moddalar) bilan o‘zaro ta’sirini o‘rganish belgilandi. Ilmiy ishlar RFA ilmiy tadqiqot institutlari va mudofaa sanoati bilan birgalikda olib borildi. Laboratoriya tashkil etilgandan buyon 20 dan ortiq ilmiy-tadqiqot mavzulari bo‘yicha xalqaro va respublika grantlari bajarilgan va xalq xo‘jaligining turli sohalariga joriy etilgan. |
Kafedra hayotidan fotolavhalar