Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri
Sanakulov Akmal Lapasovich
+99890 102 28 75 sanakulov1975@gmail.com
Qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc), professor. 2018-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2024-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri.
Sanakulov Akmal Lapasovich 2017-yilda “Zarafshon vodiysi tuproqlarining mikroelement tarkibi va mikroo‘g‘itlarning paxta yetishtirishdagi samaradorligini oshirish” mavzusida qishloq xo‘jaligi fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo‘lgan. Faoliyati davomida 1 darslik, 5 o‘quv qo‘llanma, 15 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma, 1 monografiya, 170 dan ziyod ilmiy maqolalar muallifi sanaladi. Shuningdek, SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnallarda, boshqa xalqaro jurnallarda ilmiy maqolalari nashr etilgan.
2011-2014 yillarga mo’ljallangan QXA-9-073 “Samarqand viloyati sharoitida ko‘kat o‘g‘itlarni tuproq unumdorligi, g‘o‘za hosildorligi va tolaning sifat ko‘rsatkichlariga ta’siri” mavzusidagi loyiha катта илмий ходими.
2023-2024 yillarga mo’ljallangan №103 “Phaseolus vulgaris L. navlarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari hamda hosildorligiga biofaol moddalarning ta’siri” mavzusidagi xo’jalik shartnomasi rahbari.
2024-2025 yillarga mo’ljallangan №129 “Tritikale navlarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlariga azot me’yorlarining ta’siri” mavzusidagi xo’jalik shartnomasi rahbari.
1. Sanakulov A. and others. Effect of Sowing Term on the Photosynthetic Activity and Yield of Autumn Wheat Varieties // Annals of R.S.C.B., ISSN: 1583-6258, Vol. 25, Issue 1, 2021, Pages. 5099-5112
2. Sanakulov A. and others. Soybean (Glycine max L. Merr.): stem thickness, fertilizers and bioenergetic efficiency // Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition) ISSN: 1671-5497 E-Publication Online Open Access Vol: 41 Issue: 11-2022 DOI 10.17605/OSF.IO/N4VSD
3. Sanakulov A. and others. Amount of rigments in the leaves of Bean Rovot variety // Texas Journal of Agriculture and Biological Sciences ISSN NO:2771-8840 https://zienjournals.com. 24-07-2023. –P.20-22.
O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi a’zolari
Xadjayev Djurakul Xadjayevich Biologiya fanlari doktori, professor. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasida 1963-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1968-yilda “Gʻo‘zaning sovuqqa chidamligiga mikroelementlarning ta’siri” mavzusida nomzodlik, 1985-yilda “Gʻo‘zaning sovuqqa, qurg‘oqchilikka, issiqlikka chidamliligi va hosildorligiga mikroelementlar ta’sirining fiziologik asoslari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Djurakul Xadjayev faoliyati davomida 1 monografiya, 14 o‘quv, uslubiy qo‘llanmalar, 1 darslik va 250 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. Olim bugunga qadar 3 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Kabulova Flora Djabbarovna Biologiya fanlari nomzodi, dotsent. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasida 1983-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 1981-yilda “Формовое разнообразие и некоторые биологические особенности облепихи крушиновидной в долине реки Зарафшан” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. |
|
Jurayeva Zuxra Djurakulovna Qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi, dotsent. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi mikrobiologiya kafedrasida 1993-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2002-yilda “Zarafshon vodiysiga yaqin yerlarda grechixa yetishtirishning biotexnologik asoslari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. 2006-yilda dotsentlik unvonini olgan va hozirga qadar shu kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Zuxra Jurayeva faoliyati davomida 85 respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda maqolalar, 3 o‘quv, 8 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 2 Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan . https://scholar.google.com/citations?hl=ru&user=Qo2TfLEAAAAJ |
|
Atayeva Shoxira Kafedra assistenti. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi mikrobiologiya kafedrasida 1975-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Shoxira Atayeva faoliyati davomida, 3 o‘quv, 8 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, olima bugunga qadar 2 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. 10 ga yaqin xorijiy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Keldiyorova Xurshida Xudoyorovna Qishloq xo‘jaligi fanlar nomzodi, dotsent. SamDU o‘simliklar fiziologiyasi mikrobiologiya kafedrasida 2001-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. 2004-yilda “Zarafshon vodiysida kuzgi bug‘doyning qishga chidamliligi va hosildorligiga ekish muddatlarining ta’siri“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2008-yilda dotsentlik unvonini olgan va hozirga qadar shu kafedra dotsenti lavozimida ishlab kelmoqda. Xurshida Keldiyorova faoliyati davomida 80 respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda maqolalar, 4 o‘quv, 8 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 3 Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Mushtaq Axmad
Quvayt-A-Azam universitetining (Quaid-i-Azam University) o’simlik fanlari kafedrasi professori. Botanika bog’i va gerbariy fondi direktori. 50 ga yaqin xalqaro kitoblar va 475 ga yaqin maqolalar muallifi. 35 PhD va 65 magistr talabalariga ilmiy rahbarlik qilgan. 20 dan ortiq xalqaro va mahalliy loyihalarda (grand) muvaffaqqiyatli ishlagan va rahbarlik qilgan. Google Scolorda h-indexs: 65 (iqtiboslar – 15821), Scopusda h-indexs: 62, Web of Sceinsda h-indexs: 44. |
|
O‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi haqida
Samarqand davlat universiteti o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi 1929-1937-yillar Oliy pedagogika instituti (1927-1930) Oliy Pedagogika akademiyasi (1930-1933), O‘zbekiston davlat universiteti tarkibida o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi nomi bilan tashkil topdi. 1944-yilda O‘zDU tiklangach o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi sifatida faoliyat ko‘rsatdi. 1977-1987-yillarda o‘simliklar sistematikasi kafedrasi bilan qo‘shilib o‘simliklar sistematikasi va fiziologiyasi kafedrasi nomi bilan yuritildi. 1987-2005-yillarda yana o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi nomi bilan ataldi. 2006-2018-yillarda botanika kafedrasi bilan qo‘shilib botanika va o‘simliklar fiziologiyasi kafedrasi, 2018-yil sentabrdan boshlab hozirga qadar o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Samarqand davlat universitetida 1929-yildan boshlab hozirgi kungacha o‘simliklar fiziologiyasi sohasida ilmiy tadqiqot ishlari bajarilmoqda. Dastlabki-yillarda (1929-1341) kafedra mudirlari prof.Tixomirov, prof. A.Fashyevskiy va dotsent P.Marsakovalar asosiy e’tiborni oliy ma’lumotli fiziolog kadrlar tayyorlashga qaratdilar. Bu kafedrani birinchi bo‘lib, 1936-yilda 8 kishi: Ataullayev, N.Gafarov, B.Abayeva, Raskevich S.Danilova, Frolova, P. Deynenko va U.Sultonovlar tugatdi. Ular turli institutlarda ilmiy ishlarni davom ettirdilar. Bulardan professor N.Ataullayev va dotsent B.Gafarov Samarqand qishloq xo‘jaligi intitutida umrining oxirigacha ilmiy faoliyat va ta’lim-tarbiya sohasida tinimsiz xizmat qildilar. |
|
Ushbu kafedrada bugungi kunda 2 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan doktori va 4 nafar fan nomzodi, dotsentlar, 2 nafar PhD, dotsentlar va 2 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatmoqda. Kafedra a’zolari O‘zMU, GulDU, BuxDU, AnDU, FarDU, QarDU, TerDU Navoiy va Jizzax OTMlari va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar, O‘zFA qoshidagi Botanika instituti, Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti, Mikrobiologiya instituti, Akademik S.Yunusov nomidagi O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Akademik M.Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instiutitlari hamda Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasi, Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti Samarqand tajriba stansiyasi, Zarafshon milliy tabiat bog‘i kabi tashkilotlar olimlari bilan ilmiy ishlar olib bormoqdalar. |
|
Shuningdek, kafedra a’zolari Islandiya qishloq xo‘jaligi universiteti, Rossiya federasiyasining “Всероссийский научно-исследивательский институт селекции плодовых культур”, Bashkeriya davlat universiteti, Amerika qo‘shma shtatlarining Yuta davlat universiteti (Utah State University), Vengriyaning Seged universiteti (Szeged University), Vengriyaning Ekologiya va botanika instituti (Institute of Ecology and Botany), Amerika qo‘shma shtatlarining Nevada univerisiteti (University of Nevada), Italiyaning Bolonya universiteti, Germaniyaning Berlin va Gumboldt universitetlari va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib bormoqda. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 60 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratilgan. Shuningdek, 10 dan ortiq monografiya, 20 ga yaqin tavsiyanoma, 10 ga yaqin mualliflik guvohnomalari, 1000 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etganlar.
|
|
Kafedrada bugungi kunda “Samarqand viloyati sharoitida yetishtirilayotgan, introdutsiyalanayotgan hamda yaylov o‘simliklarining fiziologik va biokimyoviy xususiyatlari (2021-2025 yy.)” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda. O‘tgan-yillar mobaynida 1000 dan ortiq oliy ma’lumotli fiziologlar tayyorlandi. 70 nafar fan nomzodi, 14 nafar fan doktori – professorlar yetishib chiqqan. Kafedradan yetishib chiqqan taniqli olimlar: Akademik J.K.Saidov (1914-1994) – O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi. Professor N.A. Ataullayev (1916-1981) – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti professori. Professor B.X.Gafarov (1919-1984) – Samarqand qishloq xo‘jaligi instituti professori. Dotsent S.S. Abayeva (1916-2008) – Samarqand davlat universiteti tashkilotchilaridan biri, o‘simliklar fiziologiyasi va mikrobiologiya kafedrasi mudiri va O‘zbekistonda o‘simliklar fiziologiyasi maktabining asoschilaridan hisoblanadi.
|
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari
Bakalavr
• Mikrobiologiya va virusologiya
• Umumiy mikrobiologiya
• O‘simliklar fiziologiyasi
• O‘simliklarning fiziologik jarayonlari
• O‘simliklar ekofiziologiyasi
• Umumiy biologiyani o‘qitish metodikasi (10-11 sinflar)
• Fitogormonlar
• O‘simliklar fiziologiyasi tadqiqot usullari
• Madaniy o‘simliklarni yetishtirish
• Tuproqshunoslik va o‘simlikshunoslik
Magistratura
• Stress omillar ta’siriga o‘simliklarning chidamliligi
• O‘simliklarning biologik faol moddalari
• Gʻo‘za fiziologiyasi va biokimyosi
• Bug‘doy fiziologiyasi va biokimyosi
• O‘simliklarning fotosintez va nafas olish fiziologiyasi
• O‘simliklarning mineral oziqlanish fiziologiyasi
• O‘simliklar o‘sishi va rivojlanishining biofiziologik asoslari
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar