Samarqand davlat universiteti O'zbekiston tarixi kafedrasi
Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi mudiri
Vafayeva Jamila Bakiyevna
+998 91 554 51 58 vafaevadjamilya1960@gmail.com
Falsafa fanlari nomzodi, professor. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2020-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Jamila Vafayeva faoliyati davomida 2 monografiya, 5 o‘quv va 6 uslubiy qo‘llanmalar nashr ettirgan. Shuningdek, olimaning bugungi kunga qadar 80 dan ortiq xalqaro va 70 dan ortiq respublika ilmiy jurnallarida maqolalari e’lon qilingan.
O‘zbekiston tarixi kafedrasi a'zolari
Nabiyev Farhod Hamidovich
Tarix fanlari doktori, professor. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 1995-yilda “Turkistonda ijtimoiy siyosat muammolari va ziddiyatlari (1917-1924)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Farhod Nabiyev faoliyati davomida 6 monografiya, 1 darslik, 7 o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr etgan. Shuningdek, olim bugungi kungacha 4 Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Gʻafforov Shokir Safarovich
Tarix fanlari doktori, professor. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 1989-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2003-yilda “Rossiya imperiyasining Turkistonga aholini ko‘chirish siyosati va uning oqibatlari (XIX asr oxiri XX asr boshlari)” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Shokir G‘afforov 2 xalqaro, 5 OAK huzuridagi jurnallarda tahririyat a’zosi. Faoliyati davomida 2 darslik, 12 o‘quv qo‘llanma, 5 monografiya, 6 risola, 360 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr ettirgan. Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 6 ilmiy maqolasi e’lon qilingan. |
|
Nasrullayev Mahmud Ibodullayevich
Tarix fanlari nomzodi, dotsent. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 1976-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 1983-yilda “O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida talaba yoshlarni internatsional ruhda tarbiyalash (1971-1980)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Mahmud Nasrullayev faoliyati davomida 1 monografiya (hammualliflikda), 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar nashr qilgan. Shuningdek, olim AQSh va Rossiya Federatsiyasining yuqori reytingga ega bo‘lgan nufuzli jurnallarida 4 maqola ham chop etgan. |
|
Gʻoyibov Bobir Sobirovich
Tarix fanlari doktori, dotsent. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2011-yilda “Sug‘d konfederatsiyasida Panchning o‘rni (ilk o‘rta asrlar misolida)” mavzusida nomzodlik va 2017-yilda “Sug‘d konfederatsiyasining shakllanishi, taraqqiyoti va tanazzuli” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Bobir G‘oyibov faoliyati davomida 1 o‘quv va 4 uslubiy qo‘llanma, 6 monografiya chop ettirgan. Shuningdek, olimning bugunga qadar 15 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy ilmiy nashrlarda e’lon qilingan. |
|
Gʻaniyev Kamol Gʻaniyevich kamalidinganiyev1947@gmail.com
Tarix fanlari nomzodi, dotsent. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2016-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Kamol G‘aniyev faoliyati davomida 10 dan ortiq o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar chop etgan. Shuningdek, olimning bugunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda e’lon qilingan. |
|
Rahimov Bektosh Elmurodovich
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2003-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “Turkiston general-gubernatorligida Kaspiyorti viloyatining tutgan o‘rni” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. Bektosh Raximov 40 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Shuningdek, bugungi kunga qadar 3 ta Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda maqolalar e’lon qilgan. |
|
Xoliqulov Rustam Sharipovich Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1980-yilda S.Ayniy nomidagi Samarqand davlat pedagogika institutida faoliyatini boshlagan. 1992-yildan buyon SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida ishlab kelmoqda. 1992-yilda “O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida yangi iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi (1985-1990)" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Rustam Xoliqulov faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy-qo‘llanma nashr ettirgan hamda 10 ga yaqin xorijiy jurnallarda 130 ga yaqin ilmiy ishlar e’lon qilgan. |
|
Xurramova Saodat Xabibovna 1980 yildan SamDU falsafa kafedrasida, 2004 - yildan SamDU qoshidagi Mintaqaviy malaka oshirish va qayta tayyorlash Markazida dotsent lavozimida ishlagan. Saodat Xurramova pedagogika fanlari nomzodi, dotsent, SamDU O’zbekiston tarixi kafedrasida 2024-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 1991 yilda “Yuqori sinf o’quvchilarida jamiyat haqidagi bilimlarga qiziqishni rivojlantirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Saodat Xurramova faoliyati davomida 10 dan ortiq o’quv va uslubiy qo’llanmalar nashr ettirgan. Shuningdek olima bugungi kunga qadar 60 dan ortiq ilmiy maqolalari xorijiy va Respublika nashrlarda e’lon qilingan. |
|
Normurodova Go‘zal Bekmurodovna guzal.sam@mail.ru +99891 5284529 1997-2003-yillarda Samarqand davlat universiteti bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olgan. 2003-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida katta o‘qituvchi, dotsent, professor lavozimida ishlab kelmoqda. Go‘zal Normurodova tarix fanlari doktori. U 2011-yilda “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyati ijtimoiy qatlamlari: tarixiy tahlil” mavzusida nomzodlik, 2020-yilda “Buxoro amirligi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ijtimoiy qatlamlarning o‘rni” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 monografiya, 2 ilmiy risola, 3 darslik va o‘quv qo‘llanma, 4 uslubiy qo‘llanma, 100 dan ortiq ilmiy jurnallarda maqolalar nashr ettirgan. Shuningdek, bugungi kunga qadar Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 5 dan ortiq maqolalar e’lon qilgan.
|
|
Narmanov Feruz Asfandiyorovich
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2010-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yilda “XX asrning 20-30-yillarida O‘zbekiston ijtimoiy hayotida madaniy-ma’rifiy muassasalarning o‘rni” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Feruz Narmanov faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya hamda 50 dan ortiq maqolalar nashr ettirgan. Shuningdek, bugungi kunga qadar Scopus va Web of Science bazasiga kiruvchi xalqaro jurnallarda 2 maqola e’lon qilgan. |
|
Akbayeva Zebiniso Jaloliddinovna Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2013-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. 2020-yilda “Turkiston o‘lka musulmonlar byurosi faoliyati (1919-1920)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Zebiniso Akbayeva faoliyati davomida 1 monografiya va 45 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Xasanova Shoxista Hasanovna Kafedra assistenti. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2007-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Shoxista Xasanova faoliyati davomida 25 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Xoliqulov Azizbek Yorqulovich Kafedra assistenti. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda iqtisodiy munosabatlar tarixi” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Azizbek Xoliqulov faoliyati davomida 3 ta xorijiy va 8 ta respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Turdialiyev Jahongir Rustam o‘g‘li turdialiyevjahongir178@gmail.com Kafedra assistenti. SamDU O‘zbekiston tarixi kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “Ilk o‘rta asrlar Sug‘dda empirik bilimlar rivoji” mavzusida ilmiy izlanish olib bormoqda. Jahongir Turdialiyev faoliyati davomida 4 ta xorijiy va 5 ta respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
O‘zbekiston tarixi kafedrasi haqida Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasi 1929-1937-yillar Oliy pedagogika instituti (1927-1930) Oliy Pedagogika akademiyasi (1930-1933), O‘zbekiston davlat universiteti tarkibida O‘rta Osiyo tarixi kafedrasi nomi bilan tashkil topdi. 1937-1941-yillarda esa O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirdi. 1944-yilda O‘zDU tiklangach O‘rta Osiyo va xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi kafedrasi sifatida hamda 1959-1994-yillarda yana O‘zbekiston xalqlari tarixi va 1994-2005 yillarda esa Vatan tarixi kafedrasi nomi bilan yuritildi. 2005-yildan Vatan tarixi kafedrasiga fakultetlararo O‘zbekiston tarixi kafedrasi qo‘shilgach, hozirgi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda.
|
|
Ushbu kafedrada bugungi kunda 2 nafar fan doktori, professor, 2 nafar fan doktori va 6 nafar fan nomzodi, dotsent, 5 nafar PhD va 3 nafar assistent o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Kafedra a’zolari O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU, Navoiy va Jizzax OTM lari va respublikadagi boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi turdosh kafedralar, O‘zFA Tarix instituti va Arxeologiya instituti hamda Angliyaning Oksford universiteti, AQSh, Garvard universiteti, Germaniyaning Berlin va Gumboldt universitetlari, Vena (Avstriya) universiteti, M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib borishmoqda. Hozirda kafedrada Oksford universiteti professori Aleksandr Morrison va MDU professori Aleksandr Kadirbayevlar faoliyat yuritishmoqda. |
|
Kafedra qoshida 2021-yildan “O‘zbek xalqi va uning davlatchiligi tarixi” nomli ilmiy markaz, shuningdek, “Moziydan sado” nomli talabalar ilmiy to‘garagi ishlab kelmoqda. Kafedraning iqtidorli talabalari turli xil respublika tanlovlarida bellashmoqdalar. Jumladan, O‘zbekiston tarixining yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha “Tafakkur sinovlari” tanlovida “Ulug‘bek vorislari” jamoasi bilan qatnashib, 2012-yilda 1-o‘rinni, 2013-yilda 3-o‘rinni egalladilar. Kafedra bitiruvchilari orasidan Prezident, atoqli arboblar nomidagi stipendiyalar sohiblari va respublika miqyosidagi olimpiadalar g‘oliblari yetishib chiqqan. Kafedra o‘qituvchilari tomonidan bugungi kunga qadar 40 dan ortiq darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, majmua va ko‘rsatmalar yaratilgan hamda 20 dan ortiq monografiya, 50 ga yaqin ilmiy ommabop risola, 30 dan ziyod ilmiy to‘plam, 900 ga yaqin ilmiy maqola va 200 dan ortiq ilmiy ommabop maqolalar nashr etilgan. |
|
Hozirgi kunda kafedrada “O‘zbekiston hududida davlatchilik tarixi: an’analar va transformatsion jarayonlar (2021-2025-yy.)” mavzusi yuzasidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedradan yetishib chiqqan taniqli olimlar: Professor Po‘lat Soliyev (1882-1937) – Samarqand davlat universiteti tashkilotchilaridan biri, O‘rta Osiyo tarixi kafedrasi mudiri va O‘zbekistonda tarixchilik maktabining asoschilaridan hisoblanadi. Professor I.Umnyakov (1894-1976) – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi. Professor M.Aminov (1908-1992) – O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi. Professor M.Abramov (1926-1998) – “Do‘stlik” ordeni sohibi. |
|
Kafedrada o‘qitiladigan fan dasturlari Bakalavr
|
|
Magistratura
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar