Samarqand davlat universiteti

polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri

Fayzullayev Normurot Ibodullayevich

+99890 503 14 47  fayzullayev_72@samdu.uz

Texnika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc), professor. 1994-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritadi. 2020-yildan boshlab Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri. Qozog’istonning Safi Utebayev nomidagi Atirau neft va gaz universitetining faxriy professori.

Normurot Fayzullayev 2016-yilda “Metandan  olingan mahsulotlarning texnologiyasini ishlab chiqish” mavzusida texnika fanlari bo’yicha fan doktori (DSc) ilmiy darajasiga ega bo’lgan. 18 darslik, 12 o’quv qo’llanma, 10 dan ortiq o’quv-uslubiy qo’llanma, 12 monografiya va 2 patent, 500 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 100 dan ortiq maqolasi Scopus jurnallarida nashr etilgan, hirsh-index 18. Web of science jurnallarida 30 dan ortiq maqolalari chop etilgan.  

Normurot Fayzullayev 2017-2018 yillarda OT-A12-46-raqamli “Mahalliy xom-ashyolar asosida metanni oksikondensatlash reaksiyasi uchun katalizatorlar yaratish, tadqiq etish va jarayonni maqbullashtirish” mavzusida amaliy davlat grantiga rahbarlik qilgan.

Olim 2024-yilda 2 xalqaro patentga ega bo’ldi.  Uning rahbarligida 7 magistrlik va 13 texnika fanlari bo‘yicha (PhD) falsafa doktorligi dissertatsiyalari himoya qilingan.

Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi  a’zolari

Tillyayev Abidjon Djurakulovich

tillyayev@samdu.uz

“Shuhrat” medali sohibi. 2020-yildan boshlab polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda.. Kimyo fanlari nomzodi, dotsent. “Funksional faol polimerlarning o‘ziga xos olinishi va qo‘llanilishi” mavzusida tadqiqot olib bormoqda.

100 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 o’quv qo’llanma, 2 uslubiy qollanma, 3 patent va 40 dan ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi.

3 maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilindi.

Olim rahbarligida 3 ta kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyalari himoya qilingan.

 

Muradov Rustam Muradovich

muradov@samdu.uz

Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi dotsenti,  kimyo fanlari nomzodi. 1978-yildan Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida faoliyat yuritadi. “Изучение фенолних соэдинений растений рода Ссутелларуя произрастаюших в Средней Азии” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan.

60 dan ortiq maqolalar muallifi. Ulardan 3 tasi Scopus va  Web of Science bazalarida e’lon qilingan.

https://inscience.uz/index.php/socinov/ind

https://doi.org/10.1051/e3sconf/202343101061

https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/

Tursunova Nargiza Samaritdinovna

t-nargiza-2019@samdu.uz

Texnika fanlari nomzodi, 2018-yildan boshlab Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib kelmoqda. 2021-yilda “Mahalliy xomashyolardan olingan katalizator ishtirokida metanni oksikondensatlash jarayonining ilmiy-texnologik asoslarini ishlab chiqish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.

Shu kunga qadar 30 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 1 o‘quv qo‘llanma, 2 o‘quv uslubiy qo‘llanma, 10 dan ziyod maqolalar muallifi hisoblanadi.

https://elibrary.ru/item.asp?id=32739259

https://shorturl.at/fBDKN

https://shorturl.at/vxSY9

https://elibrary.ru/item.asp?id=43275994

https://shorturl.at/qvzO5

https://shorturl.at/euxyS

https://shorturl.at/mEHR1

Shukurov Bahriddin Shodiqulovich

shukurovbsh@samdu.uz

Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi assistenti. 2020-yildan boshlab polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. “Metanni katalitik degidroaromatlash reaksiyasi uchun katalizator texnologiyasini ishlab chiqarish” mavzusida dissertatsiyasi ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqda.

Bahriddin Shukurov muallifligida jami 40 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan.

https://urlis.net/v92pbyfa

https://urlis.net/cv513ijy

https://urlis.net/q6ypeqrz

https://urlis.net/zi34s5hq

https://urlis.net/x5z3hwa4

Xolliyev Shamsiddin Xudoyberdiyevich 

propan-butan-fraksiyasi@mail.ru

Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori, PhD.  2023-yildan polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelmoqda. 1 o’quv qo’llanma, 2 monografiya va 30 dan ortiq maqola va tezislari muallifi. Shundan 7 maqola Scopus bazasiga kiruvchi jurnallarda e’lon qilingan. 

Shukurov Jasur Xoshimovich

shukjasni@gmail.com

2024-yildan boshlab polimerlar kimyosi  va kimyoviy texnolgiya kafedrasi o’qituvchi lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. “Mahalliy xom ashyolar asosida sintez-gazdan dimetil efir olish jarayonini modellashtirish hamda energiya va resurs tejamkor texnologiyasini yaratish” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. 30 dan ortiq maqolalar muallifi. Shundan 3 tasi SCOPUS jurnallarida e’lon qilingan.

Ernazarova Samida Shamsiddinovna

samida.ernazarova@gmail.com

2023-yildan polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedra o’qituvchisi, PhD.

]Исследование возможности регулирования свойств волокон из вторичного полиэтилентерефталата и технология их производства” mavzusida tadqiqot olib bormoqda. 2 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanma muallifi. 30 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilingan. jumladan SCOPUS jurnallarida 10 dan ortiq maqolalar chop ettirgan.  

https://doi.org/10.1063/5.0241468

link

https://www.e3s-conferences.org/articles/e3sconf/abs/2024/16/e3sconf_agritech-ix2023_02022/e3sconf_agritech-ix2023_02022.html

https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/2432/1/050008/2823448/Obtaining-polyester-fiber-on-the-basis-of

https://pubs.aip.org/aip/acp/article-abstract/3244/1/050003/3322867/Study-of-the-possibility-of-obtaining

https://www.cetjournal.it/index.php/cet/article/view/CET24111108

link

Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi tarixidan

Polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi 2020-yilda tashkil etilgan. Hozirgi paytda kafedrada 14 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Shundan, 2 akademik, 4 professor, 4 kimyo fanlari nomzodi, dotsentlar, 4 (PhD) faoliyat yuritadi. Oʼtgan qisqa muddat ichida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan taʼlim va ilmiy sohalarda salmoqli natijalarga erishildi. Xususan, kafedra mudiri, professor Normurot Fayzullaev tomonidan ustoz-shogird anʼanasi asosida magistrlar, ilmiy-tadqiqotchilar va doktorantlar bilan birgalikda yuqori impakt faktorli Scopus ro‘yxatiga kiruvchi jurnallarga 30 dan ortiq ilmiy maqolalar qabul qilingan.

Bundan tashqari, kafedra o’qituvchilari tomonidan bir qator darsliklar, o‘quv-qo‘llanmalar va monogafiyalar nashrga chiqarilgan. Professor N.Fayzullaev rahbarligida 13 nafar ilmiy-tadqiqotchilar falsafa fanlari doktori (PhD) dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilishdi. Joriy yilda kafedraning yana 4 nafar professor-o‘qituvchisi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi rejalashtirilgan. Shu orqali kafedraning ilmiy salohiyati 100 % ga ko‘tariladi.

Kelgusida ham taʼlim va ilmiy sohada yuqori natijalarga erishish maqsad qilingan. Bu uchun kafedrada ilmiy salohiyat yetarli hisoblanadi. Shuningdek, kafedraning bosh ilmiy tadqiqot mavzusidan kelib chiqib, tegishli xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan shartnomalar imzolangan. Bir qator xalqaro OTMlarning professor o‘qituvchilar tomonidan talabalarga sifatli taʼlim berib kelinmoqda. Kafedra talabalarni ish bilan taʼminlash bo‘yicha kimyoviy ishlab chiqarish korxonalari bilan shartnomalar imzolagan.

Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari

Bakalavr

  • Umumiy kimyoviy texnologiya
  • Kimyoviy tenologiya
  • Polimerlar kimyosi va texnologiyasi
  • Nanomaterillar texnologiyasi
  • Kimyoviy injiniring jarayonlari va qurilmalari
  • Noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi
  • Noorganik moddalar ishlab chiqarishning jarayonlari va loyihalash
  • Katalitik jarayonlarni modellashtirish va maqbullashtirish
  • Kimyoviy texnologiya asoslari
  • Oziq-ovqat texnologiyasi
  • Polimerlar texnologiyasi va ularni qayta ishlash
  • Metallar va qotishmalar kimyosi

Kafedra hayotidan fotolavhalar