Samarqand davlat universiteti roman-german tillari kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
roman-german tillari kafedrasi mudiri
Tagayeva Sayyora Ulashovna
Samarqand davlat universiteti roman german tillari kafedrasi assistenti. Mazkur kafedrada 2012-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida 30 dan ortiq ilmiy ishlar nashr ettirgan. 1 uslubiy qo’llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 15 maqolasi e’lon qilingan. Boshqa nufuzli nashrlarda 20 ga yaqin maqolalar chop ettirgan.
Roman-german tillari kafedrasi a’zolari
Yuldashev Musa Muxammatovich Filologiya fanlari nomzodi, professor. 1968-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. “Izhorli gap sinonimlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Faoliyati davomida 2 darslik, 35 ta oʼquv va uslubiy qoʼllanmalar muallifi. Shu kunga qadar 150 dan ziyod ilmiy va ilmiy-uslubiy maqolalari Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Afrika va Polsha kabi davlatlarning xalqaro ilmiy nashrlari hamda respublika jurnallarida chop etilgan. |
|
Umrzakov Ulug’bek Sindorovich
|
|
Mustanova Shohista Ortiqovna Samarqand davlat universiteti roman german tillari kafedrasi o‘qituvchisi. Mazkur kafedrada 2006-yildan buyon faoliyat yuritib keladi.
|
|
Bozorova Umida Qilechovna Samarqand davlat universiteti roman german tillari kafedrasi o‘qituvchisi. Mazkur kafedrada 2013-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. «Badiiy matnemotivligi: semantik-kognitiv aspekt (zamonaviy nemis prozasi materiallari asosida)» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. Faoliyati davomida 10 ilmiy ishlar nashr ettirgan. 2 uslubiy qo’llanma muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 2 maqolasi e’lon qilingan. |
|
Azimova Zuhro Ismatilloyevna Assistent-o’qituvchi. SamDU roman-german tillari kafedrasida 2019-yildan buyon faoliyat yuritib keladi. Faoliyati davomida jami 9 ilmiy ishlar muallifi. Xorijiy ilmiy nashrlarda 4, boshqa ilmiy nashrlarda 5 maqolalar chop ettirgan. «Nemis va o'zbek tilida olmoshlar tizimining qiyosiy-tipologik tadqiqi» mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirib kelmoqda. |
|
Umarova Oyzoda Solijonovna
Ingliz tili kafedrasi katta o‘qituvchisi. 1995-yildan buyon Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida turli lavozimlarda ishlab kelmoqda. 50 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi. Faoliyati davomida 3 uslubiy qo‘llanma muallifi. Shuningdek, bugungi qadar nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallarda 10 maqola e’lon qilgan. |
|
Negova Firuza Sharifovna SamDU ingliz tili kafedrasida 2018-yildan buyon katta o‘qituvchi lavozimida faoliyat yuritadi. Mustaqil tadqiqotchi sifatida “ESP and teaching English for students of Chemical faculty at SamSU” mavzusida ilmiy tadqiqot olib boradi. Feruza Negova faoliyati davomida 2 o‘quv-uslubiy qo‘llanma va 10 ga yaqin maqolalar muallifi. Web of Science bazasiga kiruvchi jurnallarda 2 maqolasi e’lon qilingan. |
|
Abdusalomova Aziza Xomidovna
2013-yildan beri Samarqand davlat universiteti ingliz tili kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlab keladi. Abdusalomova Aziza faoliyati davomida 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, bugunga qadar 20 dan ortiq ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda e’lon qilingan. |
|
Xasanova Shaxnoza Zoxirovna
SamDU ingliz tili kafedrasi o‘qituvchisi. 2019-yildan buyon mazkur kafedrada faoliyat yuritib keladi. Shu kunga qadar 20 ga yaqin ilmiy ishlari e’lon qilingan. Xalqaro jurnallarda 4 maqola nashr ettirgan. |
|
Roman-german tillari kafedrasi haqida Roman-german tillari kafedrasi 1963-yilda dotsent A.Klitnova va dotsent T.Imomnazarov rahbarligida tashkil etilgan . Kafedra faoliyati jarayonida professorlar B.Tursunov, M.Xolbekovlar, dotsentlar A.Nurmuhammedov, A.Narzuqulov, Mamatxonova, A.Eshonqulov, B.Vеlmishеvлар boshqargan va faoliyat yuritganlar. Shuningdek filologiya sohasida o’zining yetuk ilmiy salohiyati bilan eng yuqori o’rinlarda turgan filologiya fanlari doktori professorlar N.Turniyozov, I.Mirzayev, A.Mamatovlar boshqargan bo’lsa, keyingi davrlarda professor M.Begmatov, dotsentlar G.Atayeva, A.Xasanovlar faoliyat yuritgan. Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar professor, 2 nafar (PhD) o‘qituvchi, 3 nafar katta o’qituvchi va 9 nafar assistent-o‘qituvchi ilmiy-pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanib kelmoqda. Kafedrada bajarilgan ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari Rossiya, AQSh, Ukraina, Afrika, Polsha va Qozog’iston kabi xorijiy davlatlarning nufuzli nashrlarida e’lon qilingan. Kafedra xodimlari tomonidan ilmiy ishlardan tashqari shu kungacha nemis, fransuz va lotin tillaridan ellikdan ziyod darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar chop ettirilgan. Kafedrada o‘qitiladigan fan o`quv dasturlari. Nemis tili |
Kafedra hayotidan fotolavhalar