Samarqand davlat universiteti rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri

Ishniyazova Shahnoz Ashirovna

 +998(93) 992-77-48 _isniazovashahnoz @gmail.com

Falsafa fanlari doktori (PhD), professor, Samarqand davlat universiteti rus va chet el adabiyoti kafedrasi mudiri. 1987-yildan beri Samarqand davlat universitetida faoliyat yuritib keladi. 2013-yildan kafedrani boshqarib kelmoqda. 1996-yilda “Hozirgi o‘zbek va qirg‘iz adabiyotida rivoyat va afsonalarning o‘rni” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. Ikki monografiya, ikki o‘quv qo‘llanmasi nashr etilgan. 40 dan ilmiy maqolalari xalqaro jurnallarda va konferensiyalar to‘plamlarida e’lon qilingan.

Rus va chet el adabiyoti kafedrasi​ aʼzolari

Abdullayeva Albina Suratovna

abdullayeva-as@mail.ru

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, 1994-yildan rus va chet el adabiyoti kafedrasida ishlaydi. 1995-yilda Sankt-Peterburg davlat universitetida “A.P. Chexov pesalarida sahnaviy harakat va emotsional-estetik muhit” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. 50 dan ortiq ilmiy maqola va uchta o‘quv qo‘llanma muallifi.

Boboxonov Mavlon Raxmatillayevich

mboboxon35@gmail.com

Filologiya fanlari doktori (DSc), professor, rus va chet el adabiyoti kafedrasida 2017-yildan faoliyat olib boradi. 2012-yilda “Hozirgi o‘zbek qissalarida psixologizm” mavzusida PhD dissertatsiyasi, 2023-yilda esa “Hozirgi o‘zbek romanlari strukturasida psixologizm muammosi” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 30 dan ortiq ilmiy ish, jumladan, ikkita o‘quv qo‘llanma va bir darslik muallifi.

Еgamova Mastura Xakimdjonovna

egamovamastura1980@gmail.com

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, 2013-yildan kafedrada faoliyat yuritadi. 2021-yilda “Tarjima jarayonida badiiy matnda burch/xayol tushunchalarining kognitiv reprezentatsiyasi” mavzusida dissertatsiya himoya qilgan. 25 dan ortiq ilmiy maqola, jumladan, SCOPUS kabi xalqaro ma’lumotlar bazasida maqolalar chop etgan.

Link

Usmanova Nodira Karshiyevna

usmanovanodira@samdu.uz

Kafedraning katta o‘qituvchisi, 2009-yildan beri faoliyat ko‘rsatadi. 25 ga yaqin ilmiy ish, to‘rtta xorijiy jurnallarda maqola va uchta metodik qo‘llanma muallifi.

Kadimova Diana Rashidovna

kadimovadiana1001@ gmail.com

Dotsent, 2010-yildan boshlab kafedrada ishlaydi. Rossiyada chop etilgan 40 dan ortiq ilmiy maqola, uchta metodik va ikki o‘quv qo‘llanmasi muallifi. Xalqaro jurnallarda 10 ga yaqin maqolasi e’lon qilingan.

Kravchenko Klavdiya Anatolyevna

 k_klavdiya777@mail.ru

 

Katta o‘qituvchi, 2010-yildan boshlab kafedrada ishlaydi. 30 ga yaqin maqolasi xalqaro jurnal va konferensiya to’plamida e’lon qilingan.

Siddikova Ilina Ilgisovna

ilina.siddikova1986@gmail.com

 

2014-yildan boshlab rus va chet el adabiyoti kafedrasida ishlaydi. Bir o‘quv qo‘llanma va 15 ta ilmiy maqola muallifi.

Belyakova Svetlana Olegovna

lana.belyakova.2014@mail.ru

2017-yildan boshlab kafedrada faoliyat yuritadi. Respublika va xalqaro ilmiy nashrlarda 10 dan ortiq maqolasi chop etilgan.

Nizamutdinov Timur Malikovich

nizamutdinov94@list.ru

2020-yildan boshlab kafedrada faoliyat yuritadi. 10 ga yaqin maqolalari xalqaro va OAK ma’lumotlar bazasida chop etilgan.

Uzakova Gulbahor Sherzodovna 

uzakova.guli@gmail.com

2022-yildan boshlab kafedrada faoliyat yuritadi. 10 ga yaqin maqolalari xalqaro va OAK ma’lumotlar bazasida chop etilgan.

Faxrutdinova Regina Damirovna 

2019-yildan boshlab kafedrada faoliyat yuritadi. 10 ga yaqin maqolalari xalqaro va OAK ma’lumotlar bazasida chop etilgan.

Samarqand davlat universitetining

rus va chet el adabiyoti kafedrasi tarixi

1933-yilda tashkil etilgan Samarqand davlat universitetining rus va chet el adabiyoti kafedrasi o‘ziga xos boy tarixga ega. Dastlab kafedraga ilk adabiyotshunoslar – dotsentlar P.P. Belov, P.V. Vilkoshevskiy va L.N. Chernets rahbarlik qilgan bo‘lib, aynan ular adabiyotshunoslik yo‘nalishining poydevorini qo‘yganlar. Ikkinchi jahon urushi davrida kafedra tarkibiga yangi taniqli olimlar, jumladan, professor B.V. Mixaylovskiy va adabiyotshunos-tanqidchi S.A. Malaxov qo‘shilgani kafedraning yanada rivojlanishiga turtki bo‘lgan.

1944-yilda kafedra professor R.K. Voysek rahbarligida qayta tashkil etilib, uning tarkibiga L.N. Chernets, S.A. Malaxov va L.A. Dombran kabi olimlar qo‘shildi. 1947-yilda kafedrada faoliyat boshlagan taniqli adabiyotshunos Ya.O. Zundelovich 1954-yildan kafedraga rahbarlik qilishga kirishdi. Ya.O. Zundelovich rahbarligida kafedra ilm-fan markazlaridan biriga aylanib, Samarqanddagi adabiyotshunoslik tadqiqotlarining poydevori sifatida shakllandi.

Professorlar Voysek va Zundelovich rahbarligida kafedra ilmiy yo‘nalishini aniqlab, ularning shogirdlari V.G. Larsev, S.Ye. Shatalov, R.P. Shaginyan, Ye.P. Magazannik, E.B. Magazannik va I.V. Tonisheva ushbu yo‘nalishni davom ettirdilar. 1964-yilda rus va chet el adabiyoti kafedrasi negizida yangi ikki kafedra tashkil qilindi: rus va sovet adabiyoti kafedrasi (rahbari Ya.O. Zundelovich, keyinchalik dotsent V.G. Larsev) hamda adabiyot nazariyasi va xorijiy adabiyot kafedrasi (rahbari dotsent R.P. Shaginyan).

Turli yillarda kafedra olimlari romantizm nazariyasi va tarixi, rus va sovet adabiyotida janrlar rivoji, badiiy tarjima va madaniyatlararo adabiy aloqalar kabi masalalarni tadqiq etishga yo‘naltirilgan izlanishlar olib borishdi. G.F. Menshikov, V.N. Blagonravov, A.B. Gevorkyan va boshqa ko‘plab olimlarning ilmiy faoliyatlari kafedra tadqiqotlarini boyitib, adabiyotshunoslik fanining rivojiga katta hissa qo‘shdi.

1990-yillarda kafedra universitetning boshqa bo‘linmalari bilan birlashtirilib, hozirgi kunga kelib rus va chet el adabiyoti kafedrasi nomi bilan faoliyat ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda kafedrada professor Shahnoza Ishniyazova, filologiya fanlari doktori (DSc) Mavlon Boboxonov, dotsentlar Albina Abdullayeva, Mastura Egamova, Diana Kadimova, shuningdek, katta o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilar ishlamoqda. Hozirgi tadqiqotlar rus va jahon adabiyotini tarixiy-nazariy va qiyosiy jihatdan o‘rganishga yo‘naltirilgan.

Kafedrada 20 dan ortiq magistrant, bir doktorant va besh mustaqil tadqiqotchi ilmiy izlanishlar olib bormoqda. O‘quv jarayoniga xorijiy ilmiy markazlarning olimlari, jumladan, RDGU (Rossiya) dan professor Yu.V. Domanskiy va Tambov davlat universitetidan faxriy professor A.S. Sherbak jalb etilgan.

    Kafedra fanlari
    Bakalavriat:

  • Adabiyotshunoslikka kirish
  • Adabiyot nazariyasi
  • Qadimgi rus adabiyoti tarixi va folklorshunoslik
  • XVIII asr rus adabiyoti tarixi
  • Jahon adabiyoti tarixi
  • XIX asr rus adabiyoti tarixi
  • Ilmiy tadqiqotlar asoslari (adabiyotshunoslik)
  • Ifodali o‘qish
  • XX asr rus adabiyoti tarixi
  • Rus tili va adabiyotini 5-9-sinflarda o‘qitish metodikasi

    Magistratura:

  • Qiyosiy adabiyotshunoslik
  • Nazariy poetika
  • Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi
  • Tarixiy poetika
  • Adabiyotshunoslik fanlari tarixi
  • Zamonaviy adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari

Rus va chet el adabiyoti kafedrasi o‘z an’analarini ehtiyot bilan saqlab, o‘z talabalari va tadqiqotchilarini jahon va rus adabiyotini madaniy-lingvistik kontekstda har tomonlama o‘rganish imkoniyati bilan ta’minlab kelmoqda.

 

Kafedra hayotidan fotolavhalar

Kafedra fanlari

Bakalavriat:

  • Adabiyotshunoslikka kirish
  • Adabiyot nazariyasi
  • Qadimgi rus adabiyoti tarixi va folklorshunoslik
  • XVIII asr rus adabiyoti tarixi
  • Jahon adabiyoti tarixi
  • XIX asr rus adabiyoti tarixi
  • Ilmiy tadqiqotlar asoslari (adabiyotshunoslik)
  • Ifodali o‘qish
  • XX asr rus adabiyoti tarixi
  • Rus tili va adabiyotini 5-9-sinflarda o‘qitish metodikasi

Magistratura:

  • Qiyosiy adabiyotshunoslik
  • Nazariy poetika
  • Ixtisoslik fanlarini o‘qitish metodikasi
  • Tarixiy poetika
  • Adabiyotshunoslik fanlari tarixi
  • Zamonaviy adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari

Rus va chet el adabiyoti kafedrasi o‘z an’analarini ehtiyot bilan saqlab, o‘z talabalari va tadqiqotchilarini jahon va rus adabiyotini madaniy-lingvistik kontekstda har tomonlama o‘rganish imkoniyati bilan ta’minlab kelmoqda.