Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi
Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi mudiri
Ravshanov Sherbek Tursunqulovich
+99890 600 36 33 sherbek@gmail.com
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). SamDU Samarqand tamadduni tarixi kafedrasida 2021-yildan faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “Turkistonga Rossiya imperiyasi aholisi ko‘chib kelishining ijtimoiy tarixi (XIX asr oxiri – 1917-yil)” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Sherbek Ravshanov bugungi kunga qadar 1 monografiya, nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallar va mahalliy nashrlarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan.
https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=PWHtdKcpppJ
Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi a’zolari
Irisqulov Olimjon Jahongirovich Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent. “XIX asr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Samarqanddagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar” mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Olimjon Irisqulov hozirgi kunga qadar 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma va 4 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallar va mahalliy nashrlarda 60 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan. https://scholar.google.com/citations?user=NfLv7KEAAAAJ&hl=ru&oi=sra |
|
Muhiddinov Sunnatullo Inoyatovich
2003-2009-yillarda Samarqand davlat universiteti tarix fakulteti bakalavriat va magistratura bosqichida tahsil olgan. 2011-2021-yillarda Samarqand davlat universiteti O‘zbekiston tarixi kafedrasida o‘qituvchi lavozimida ishlagan. 2021-yildan boshlab Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Sunnatullo Muhiddinov tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 2020-yilda “XIX asr ikkinchi yarmi – XX asr boshlarida Samarqand viloyati maorifi” mavzusida dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Hozirga qadar 1 monografiya, 2 o‘quv qo‘llanma va 2 uslubiy qo‘llanmalar muallifi. Shuningdek, Scopus, Web of Science va boshqa nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallar va mahalliy nashrlarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan. https://scholar.google.com/citations?user=xmPxHsQAAAAuO8C
|
|
Yakubova Muhtaram Bakayevna e-mail:yakubovamukhtaram@gmail.com Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi assistenti. SamDU tarix fakulteti Samarqand tamadduni tarixi kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “G‘arb tarixshunosligida Samarqand tarixi”, “Germaniya va nemiszabon tadqiqotlarida Markaziy Osiyo tarixi” mavzulari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Muhtaram Yakubova bugungi kunga qadar 5 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma, nufuzli xalqaro bazaga kiruvchi jurnallar hamda mahalliy jurnal va nashrlarda 40 dan ortiq ilmiy maqolalar e’lon qilgan. https://scholar.google.com/citations?user=YDYbX8EAAAAJ&hl=ru |
|
Hasanov Murod Gʻaybullayevich
Samarqand tamadduni tarixi kafedrasi assistenti. SamDU tarix fakulteti Samarqand tamadduni tarixi kafedrasida 2021-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. “XVIII asr ikkinchi yarmi XIX asr o‘rtalarida Buxoro amirligining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. https://scholar.google.com/citations?view_op=list_works&hl=ru&user=PWHtdKcAAAAJ |
|
Ungalov Azizbek Amiriddin o‘g‘li
Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). “Movarounnahrda Arab xalifaligi hukmronligining uzil-kesil o‘rnatilishi (715-751 yillar)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Azizbek Ungalov 10 dan ortiq test qo’llanma, 3 maxsus yordamchi qo‘llanmalar muallifi. O‘zbekiston va xorijiy jurnallarida 20 ga yaqin ilmiy maqolalar e’lon qilgan. |
|
Samarqand tamadduni tarixi haqida Samarqand tamadduni tarixi kafedrasiga 2021-yilda asos solingan. Jahonning bir qator mamlakatlarida shunday shaharlar mavjudki, ular insoniyat tarixiy-madaniy taraqqiyotida muhim o‘rin tutishi va mashhurligi bilan nom qozonib kelmoqda. G‘arb va Sharqning Afina, Rim, Parij, Bag‘dod, Damashq kabi shaharlari bilan bir qatorda Samarqand hamisha e’zozlanadi va manbalarda turli nomlar bilan tilga olinadi. Samarqandning umumbashariy madaniy taraqqiyot tarixida tutgan o‘rni beqiyos bo‘lib, 2001-yilda YuNESKO tashkiloti tomonidan “Samarqand - madaniyatlar chorrahasi” sifatida jahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritildi. 2007-yil 25-avgustda Samarqand shahrining 2750 yillik yubileyi nishonlandi. 2019-yilda Samarqandning Jahon sayyohlik shaharlari federatsiyasiga (WTCF) a’zo bo‘lishi, uning kelajakda jahon turizm markaziga aylanishidan dalolat beradi. Samarqand dunyo bo‘yicha borib ko‘rish mumkin bo‘lgan 50 ta shahardan biri hisoblanib, bu ro‘yxatga MDH davlatlari shaharlaridan faqat Samarqand munosib ko‘rilgan. Hozirgi kunda xalqaro miqyosda bu qadimgi shaharning tarixi, madaniyati va hozirgi hayotiga qiziqish yildan yilga ortib bormoqda. Samarqandning tarixiy-madaniy rivojlanish masalalari maxsus loyihalar sifatida jahonning bir qator yyetakchi ilmiy markazlari YuNESKOning MOTXI, Oksford, Sorbonna, Bolonya, Vena, Ottava universitetlari va Rossiya Fanlar akademiyasi institutlarida tadqiqotlar olib borilmoqda. Shu nuqtayi nazardan olib qaraganda ushbu shaharda joylashgan Samarqand davlat universitetida “Samarqand tamadduni tarixi” kafedrasining tashkil qilinishi Samarqandshunoslikda yangi sahifa ochdi. Samarqand shahrining har bir tarixiy davrini o‘rganish katta ilmiy va amaliy ahamiyatga egadir. |
|
Kafedraning maqsadi Samarqand tarixini kompleks tarzda xolisona yoritish, ilmiy muomalaga kiritilmagan qo‘lyozma va toshbosma shaklidagi manbalarni o‘rganish va yanada chuqurroq tadqiq etishdan iborat. Shuningdek, Samarqand tarixiga oid xorijning ilmiy markazlarida olib borilgan barcha tadqiqotlar va adabiyotlar katalogini yaratish maqsad qilingan. O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi, taraqqiy topishini tadqiq etish, ilm-fan, ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va yoshlarda Samarqand tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirish kafedraning maqsadlaridan hisoblanadi. Samarqand tamadduni tarixi kafedrasining vazifalari: - Kafedra a’zolari tomonidan birinchi navbatda Samarqand tarixiga doir bo‘lgan manbalar va adabiyotlarni to‘plash ishlarini yo‘lga qo‘yish; - Tarixiy manbalar bilan ishlash, tarixiy-madaniy meros namunalarini har tomonlama chuqur o‘rganish, buyuk alloma va mutafakkirlarning jahon ilm-fani va sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasini targ‘ib etish, yurtdoshlarimiz, avvalo, yosh avlodni xalqimizning buyuk ma’naviy merosiga hurmat, ona yurtimizga mehr va sadoqat ruhida tarbiyalashga qaratilgan ishlarning natijadorligini tubdan oshirish; - O‘rta asrlarda Samarqand olimlari hayoti va faoliyatini, Samarqandning sharq renessansining birinchi va ikkinchi davrlaridagi o‘rni va holatini tadqiq etish; - Samarqand tarixi bo‘yicha fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni tashkil etish, ularning natijalari amaliyotga tatbiq qilish, xorijiy mamlakatlarning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va xalqaro jamg‘armalar bilan hamkorlik qilish, umumjahon va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq holda Samarqand tarixini tizimli ravishda o‘rganish; - Samarqand tarixi bo‘yicha tadqiqotlar va ishlanmalar, ta’lim jarayonida zamonaviy o‘quv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, o‘qitishning mazmuni va uslubini takomillashtirish, talabalarning savollari va so‘rovnomalaridan kelib chiqqan holda o‘quv jarayonini tashkil etish; - O‘qitish sifatining doimiy yaxshilanishini ta’minlash, talabalar tomonidan fanlardan an’anaviy ta’limdan tashqari o‘zlashtirish uchun virtual ta’lim muhitini ta’minlashga harakat qilish, yoshlarning intellektual, ta’lim va tadqiqot darajasini oshirish, talabalarning shaxsiy, ma’naviy va axloqiy salohiyatini rivojlantirish; - Samarqand tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy adabiyotlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish, Samarqand tarixi bilan shug‘ullangan, tadqiqot olib borayotgan mahalliy va xorijiy olimlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, kafedrada o‘tiladigan fanlar soha mutaxassisi bo‘lgan mahalliy va xorijiy olimlar tomonidan o‘qitilishini ta’minlash; - Samarqandning buyuk tarixiy shaxslari, voqealari haqida tasavvur hosil qilish maqsadida tarixiy maskanlar xaritasini ishlab chiqish, tarixiy joy, shaxs va ashyolar haqida ilmiy-ommabop risolalar va qo‘llanmalar tayyorlash; - Samarqand tarixining turli yo‘nalishlarida jahon sivilizatsiyasida tutgan o‘rnini yoritish orqali O‘zbekistonni dunyo bo‘yicha tanitish maqsadida tegishli idoralar bilan hamkorlikda “Samarqand tamadduni” internet-portali (veb-saytini) yaratish, viloyat teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston tarixi telekanali bilan hamkorlikda Samarqand tarixiga oid turkum ko‘rsatuvlarni tayyorlash; - Samarqand me’moriy va tarixiy obidalarini yanada chuqurroq o‘rganish, Samarqanddagi yirik moddiy madaniy meros obyektlarida ichki va tashqi turizm oqimlarini ko‘paytirish maqsadida o‘lkaning turizm salohiyatini hisobga olgan holda turistik firmalar bilan yaqindan hamkorlik qilib, hududning turistik xaritasini tuzish va turistlar uchun malakali gidlar va shahar tarixini yorituvchi turli materiallar yaratish ishlarini olib borish; - Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan hamkorlikda Samarqandning tarixi, etnografiyasi, gastronomiyasi, milliy liboslari, madaniy meros obyektlari va tarixiy yodgorliklari to‘g‘risida qisqa ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi axborot albomlari va kataloglari, yo‘lko‘rsatkichlar, joy xaritalari, tarqatma va reklama materiallarini ishlab chiqish; - Samarqandning azaldan ko‘p millatli hudud ekanligini hisobga olgan holda Samarqandda yashovchi millatlar, diasporalar tarixi va madaniyatini, hozirgi kundagi millatlararo bag‘rikeng va tolerantlikni tadqiq etish; |
|
- Samarqandning yangi tarixini o‘rganish, muammo va yutuqlarni tahlil qilish; Hozirgi kunda Samarqand tamadduni tarixi kafedrasida o‘rindoshlik asosida Avstriya fanlar akademiyasi Eronshunoslik va Markaziy Osiyo ilmiy-tadqiqot instituti direktori, professor Florian Shvarts, Samarqand chet tillar instituti dotsenti M.Handamova va Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi qo‘lyozmalar bilan ishlash bo‘limi ilmiy xodimi I.T.Daurbekovalar ishlab kelmoqda. Kafedra a’zolari O‘zMU, FarDU, AnDU, ToshPDU, GulDU, BuxDU, QarDU, TerDU va respublikamizdagi boshqa oliy o‘quv yurtlaridagi tarixchi olimlar bilan, O‘zFA Tarix instituti va Arxeologiya instituti, Angliyaning Oksford universiteti, AQSh, Garvard universiteti, Germaniyaning Berlin va Gumboldt universitetlari, Vena (Avstriya) universiteti, Turkiyaning Marmara, Istambul, Anqara universitetlari, Rossiya va MDH mamlakatlardagi bir qator universitetlar va boshqa xorijlik mutaxassis olimlar bilan yaqin aloqalar olib bormoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari universitetning barcha fakultetlari talabalariga Samarqand tamadduni tarixi fanidan ma’ruzalar o‘qib, seminar mashg‘ulotlarini bevosita shahrimizning tarixiy obidalarida o‘tkazib kelmoqda. Tarix fakultetida Samarqand tarixi bo‘yicha ixtisoslashuvchi talabalar uchun 11 ta ixtisos fanlari va maxsus kurslar ishlab chiqilgan. Talabalar uchun elektron darslik, o‘quv qo‘llanma, ma’ruzalar matni, o‘quv-uslubiy qo‘llanma va ko‘rsatmalar yaratilmoqda. Ma’ruza o‘qish uchun respublika va xorijning yetakchi mutaxassislari jalb qilinmoqda. Kafedra professor-o‘qituvchilari viloyatlar, Samarqand shahridagi boshqa oliy o‘quv yurtlari va o‘rta-maxsus ta’lim maskanlari, umumiy o‘rta maktab jamoalariga va boshqa tashkilotlarga Samarqand tarixi bo‘yicha uslubiy yordam berib kelmoqda. Kafedra qoshida 2021-yildan “Samarqand tarixi” nomli ilmiy markaz faoliyat ko‘rsatmoqda. Shuningdek, “Samarqand tarixi” nomli talabalar ilmiy to‘garagi ham faoliyat yuritmoqda. Kafedrada bugungi kunda ““Samarqand tarixi va manbashunosligining tarixiy tahlili” (2021-2025-yy.)” mavzusi doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar Bakalavriat
Magistratura
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar