2023 yildagi jurnal sonlari
Turkologik tadqiqotlar jurnali platformasiga o'tish: turkologiya.samdu.uz
MAQOLALARGA QO‘YILADIGAN TALABLAR:
- Maqola 8-10 sahifa hajmida taqdim etiladi;
- Maqolaning tarkibiy tuzilishi:
- Maqola matni Times News Roman shriftida, 14 kattalikda, chap: 3 sm, o‘ng: 1,5 sm, yuqori va quyi: 2 sm; 1,15 intervalda, A4 shaklida tayyorlanishi lozim;
- Maqola sarlavhasi, muallif(lar)ning familiyasi, ismi va ota ismi toʻliq holatda katta harflar bilan yozilishi kerak;
- Muallif(lar)ning lavozimi, ilmiy unvoni, ish (o‘qish) joylari, viloyat, respublika, telefoni va e-mail pochta adresi to‘liq keltirilishi kerak;
- Annotatsiya, maqolaning qisqacha mazmun va ahamiyati, natijalaridan iborat bo‘lishi lozim.
- Har bir maqola boshida o‘zbek, rus va ingliz tillarida annotatsiya bo‘lishi lozim.
- Annotatsiya 120-150 so‘zdan ko‘p bo‘lmagan shaklda bo‘lishi kerak;
- Annotatsiyaning pastki qismida maqola mazmunini yorituvchi 7-10 tayanch so‘zlar keltirilishi kerak.
- Maqola quyidagi shaklda tayyorlanishi kerak:
a) Kirish (Introduction)
b) Asosiy qism (Main part)
c) Natijalar va muhokama (Results and Discussions)
d) Xulosalar (Conclusions)
e) Adabiyotlar (References) – alifbo tartibida keltiriladi.
- Havola(snoskalar)lar katta qavsda muallif familiyasi – nashr sanasi – sahifasi [Mo‘minov 2020: 25] shaklida keltiriladi;
- Rasm, chizma, jadval, diagrammalar «Rasm» deb arab raqamlari bilan qayd etiladi. Belgi yoki ishoralar – rasm ostida, keyingi qatorda, oʻrtada joylashtiriladi va qoraytirilgan shrift bilan belgilanadi;
- Maqolada keltirilgan ma’lumot va dalillarning ilmiy asoslanganligi, ishonchli va ko‘chirmachilik holatlari uchun muallif(lar) mas’uldir.
- Maqolalar ekspertiza qilinadi. Ekspertlar tomonidan tavsiya etilgan maqolalargina jurnalda chop etiladi;
- Tavsiya etilmagan maqolalar chop etilmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Jurnalning 1 ta sonida muallifning faqat 1 ta maqolasi chop etiladi.