Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi
Samarqand davlat universiteti jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri
Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi a’zolari
Toshmurodov Otabek Erkinovich +998904604676 toshmurodovotabek@samdu.uz Otabek Toshmurodov Samarqand davlat universiteti dotsenti. 2001-yildan Samarqand davlat universiteti jismoniy madaniyat fakultetida faoliyat olib bordi. 2019-yilda “Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo’yicha dotsent ilmiy unvonini olgan. Uning xalqaro ilmiy jurnallarda 6 hamda respublika ilmiy jurnallarida 5 maqolasi e’lon qilingan. Shuningdek, 3 oʻquv qoʻllanma, 2 o’quv - uslubiy qo’llanma va 1 uslubiy tavsiyanoma muallifi. Uning asosiy ilmiy yoʻnalishi yosh kurashchilarning harakat ko’nikmalarini shakillantirish hisoblanadi. |
|
Orifjon Raupov. + 99893 729 23 23 orifjon.raupov@mail.ru Dotsent Orifjon Raupov ilmiy-pedagogik faoliyati davomida jismoniy madaniyat va sport sohasida olib borilayotgan ishlarning ilmiy-nazariy jihatlarini chuqur asoslashga bag‘ishlangan 2 o‘quv qo‘llanma, 1 uslubiy qo‘llanma, 3 uslubiy ko‘rsatma, 4 ОAK tasarrufidagi va 4 xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar chop etgan. 80 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. “Методы обучения по избранным видам спорта” nomli o‘quv qo‘llanma, “Sportda harakat faoliyati fiziologiyasi va jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi omillar” nomli uslubiy qo‘llanma muallifi. Faoliyati davomida bir qancha maqolalari xalqaro nashrlarda “Modern science and higher education are foundation of science and development”, “The role of physical culture in tne education of a developed generation” hamda “Section: Phisical culture and methods os education” nomli maqolalari Journal Impact Factor ilmiy bazasiga kiruvchi Web of Scientist: International Scientific Research journal (WOS) xorijiy jurnallarda chop etilgan. |
|
Isayev Negmat Islomovich 1998-yildan Samarqand davlat universitetining fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida katta o‘qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. “Jismoniy tarbiyadan sportga” nomli uslubiy qo‘llanma mualifi. 15 dan ortiq maqolalari bilan xalqaro va respublika ilmiy anjumanlarida ishtirok etgan. |
|
Qosimova Ra’no Axmedovna Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi dotsenti. 2000-yildan Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Ra’no Qosimova jismoniy madaniyat va sport muammolariga oid 180 dan ziyod ilmiy, uslubiy maqolalar nashr ettirgan. 14 uslubiy tavsiyanoma, 7 o‘quv qo‘llanma, 1 monografiya, 1 darslik muallifi. Shuningdek, 70 dan ziyod respublika va xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda maqolalari bilan ishtirok etgan. Dotsent Ra’no Qosimova ko‘p yillardan buyon Samarqand davlat universitetining talabalar sport sog‘lomlashtirish oromgohini boshqarib kelmoqda. |
|
Oblanazarov Faxriddin Asadovich Fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasi assistenti. Faxriddin Oblanazarov faoliyati davomida 2 uslubiy qo‘llanma, 1 o‘quv qo‘llanma va 8 respublika jurnallarida ilmiy maqolalar e’lon qilgan. U boshqargan Samarqand terma jamoasi “Universiada-2016” va “Universiada-2020” sport musobaqalarida faxrli III-o‘rinni egallab Prezident sovg‘asi bilan taqdirlangan. |
|
Sultonov Rustam To'rayevich Rustam Sultonov 2013-yildan buyon Samarqand davlat universitetida faoliyat olib boradi. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi assistenti. Uning xalqaro ilmiy jurnallarda 4hamda respublika ilmiy jurnallarida 1 maqolasi e’lon qilingan. Shuningdek, 3 uslubiy qo’llanma muallifi. Uning asosiy ilmiy yoʻnalishi yosh basketbolchilarning jismoniy rivojlanishi. |
|
Umarov Komil Majitovich Komil Umarov 2014-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat olib boradi. 2021-yildan Samarqand davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi assistenti. Xalqaro ilmiy jurnallarda 6, respublika ilmiy jurnallarida 1 maqolasi e’lon qilingan. 40 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan Shuningdek, 1 darslik, 3 o’quv qo’llanma va 5 uslubiy qo’llanma muallifi. Uning asosiy ilmiy yoʻnalishi yosh voleybolchilarni harakat faolligini rivojlantirishda akrobatik mashqlardan foydalanish hisoblanadi. 1. https://vniifk.ru/content/vsn/2020/VSN_5-2020.pdf 2. https://repo.journalnx.com/index.php/nx/issue/view/3 3. http://lesgaft-notes.spb.ru/ru/node/21038 4.link |
|
Tursunqulov Elmurod Azzamqulovich Elmurod Tursunqulov Samarqand davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi assistenti. 2013-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat olib boradi. 2022-yilda jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha PhD ilmiy darajasini olgan. Uning xalqaro ilmiy jurnallarda 2 hamda respublika ilmiy jurnallarida 6 maqolasi e’lon qilingan. 70 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan. Shuningdek, 2 oʻquv qoʻllanma, 2 o’quv-uslubiy qo’llanmalar muallifi. Olim “Jismoniy tarbiya va sport sohasini boshqarish mexanizmlari takomillashtirish” mavzusida tadqiqot olib boradi. |
|
Mamaziyatov Doniyorbek Baxtiyorovich Doniyorbek Mamaziyatov 2007-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat olib boradi. 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi assistenti. 2021-yilda pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgan. 2022-yildan sport faoliyati kafedrasi dotsenti lavozimida faoliyat olib boradi. Uning xalqaro ilmiy jurnallarda 4 hamda respublika ilmiy jurnallarida 6 maqolasi e’lon qilingan. 50 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan. Shuningdek, 2 oʻquv qoʻllanma, 2 o’quv - uslubiy qo’llanma muallifi. “Jismoniy tarbiya va sport bo’yicha mutaxassislarni tayyorlash tizimida Olimpiya bilimlarining ilmiy uslubiy asoslarini shakllantirish” mavzusida tadqiqot olib boradi. |
|
Mardonov Nodir Jamolovich Nodir Mardonov 2013-yildan Samarqand davlat universitetida faoliyat olib boradi. 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi assistenti. 50 dan ortiq xalqaro hamda mahalliy konferensiyalarda tezislari bilan ishtirok etgan. Shuningdek, 1 o’quv qo’llanma muallifi. “O‘quvchi yoshlarni umumiy jismoniy tayyorgarligini oshirishda axborot texnologiyalarining o‘rni” mavzusida tadqiqot olib boradi. |
|
Otaboyev Murodullo Islomovich Murodullo Otaboyev 2021-yildan buyon Samarqand davlat universiteti sport faoliyati kafedrasi assistenti lavozimida faoliyat yuritib keladi. Xalqaro ilmiy jurnallarda 1 maqolasi e’lon qilingan. |
|
Mirzayev Laziz Tolipovich 2018-yilda buyon Samarqand davlat universiteti fakultetlararo jismoniy madaniyat kafedrasida o‘qituvchi-assistent lavozimida ishlab kelmoqda. Voleybol sport turi bo‘yicha sport ustasi nomzodi. 2021-yildan SamDU mustaqil izlanuvchisi. “5-6-sinf o‘quvchilarni voleybol sport turiga saralashda maxsus jismoniy tayyorgarlik vositasidan foydalanishning mexanizmlari” mavzusi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. |
|
Kafedrada oʻqitiladigan fanlar Bakalavr
|
|
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar