Samarqand davlat universiteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi mudiri
Ergashev Baxtiyar Ergashevich
Tarix fanlari doktori (DSc), professor. 1980-yildan boshlab tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2018-yilda “Turkiston general-gubernatorligi ish yuritish mahkamasi manbashunosligi” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Baxtiyar Ergashev bugungi kunga qadar 150 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 4 monografiya, 4 o’quv qo’llanma, 8 uslubiy qo’llanma, 2 dan ortiq darslik va 130 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar muallifi hisoblanadi. SCOPUS va WEB of SCIENCE bazalarida indekslanuvchi jurnallarda 4 maqolasi nashr qilingan.
https://journals.researchparks.org/index.php/IJIE
https://int-jecse.net/data-cms/dx.doi.org/10.9756/INTJECSE//v14i4.198
https://dx.doi.org/10.18415/ijmmu.v7110.2154
Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi a’zolari
Saidov Ilhomjon Muhiddinovich Tarix fanlari doktori, professor. 1975-yildan boshlab tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1992-yilda “Рабочий класс в аграрных преобразованиях Узбекистана (1929-1941)” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ilhomjon Saidov shu kunga qadar 300 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan, 12 monografiya, 12 o’quv qo’llanma, 12 uslubiy qo’llanma va 300 ga yaqin maqolalar muallifi hisoblanadi. |
|
Radjabova Dilora Nazarovna Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 1987-yildan boshlab tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2002-yilda “Turkiston jadidlarining qarashlarida yoshlar va xotin-qizlar masalalari (XIX asr oxiri XX asr boshlarida)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Dilora Radjabova 60 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 1 o‘quv qo’llanma, 2 o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar muallifi. SCOPUS bazasiga kiruvchi jurnalda 1 maqolasi e’lon qilingan. Respublika va xorijiy nashrlarda 60 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan. |
|
Toxir Maxmudov Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2005 yildan kafedrada o‘z faoliyatini boshlagan. 2022 yilda “Temuriylar davri ta’lim tizimi tarixi” mavzusida tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertasiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Toxir Maxmudov faoliyati davomida 50 dan ortiq ilmiy ishlar nashr ettirgan. Shu jumladan, 1 o’quv qo’llanma, 3 uslubiy qo’llanma va 50 ga yaqin ilmiy maqolalari mavjud. |
|
Abriyev Hazratqul Bo’ronovich Samarqand davlat universiteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi assistenti. SamDU tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasida 2008-yildan beri faoliyat ko’rsatib keladi. "Amir Temur va Temuriylar davri me’morchiligi tarixi manbashunosligi" mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Hazratqul Abriyev shu kunga qadar 40 ga yaqin ilmiy ishlar nashr ettirgan. 1 o’quv qo’llanma hamda 40 dan ortiq ilmiy maqolalari mavjud. |
|
Yakubov Akmal Saydirasulovich Tarix fanlari nomzodi, dotsent. 2013-yildan boshlab tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2023-yilda “Xiva xonligining qozoq juzlari bilan savdo-sotiq, ijtimoiy va madaniy aloqalari (XVI-XIX asr boshlari)” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Akmal Yakubov 30 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 1 o‘quv qo’llanma, 1 monografiya muallifi. Respublika va xorijiy nashrlarda 40 ga yaqin ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari chop etilgan. |
|
Saidova Rahima Ilhomjonovna Samarqand davlat universiteti tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi assistenti. 2013-yildan boshlab tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasida faoliyat yuritib keladi. Hozirgi kunda “История Взаимосотрудничества Республики Узбекистан и Италии в экономической и культурной сфере (1991-2021)” mavzusida ilmiy tadqiqot olib bormoqda. Rahima Saidova shu kunga qadar 30 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 o’quv qo’llanma, 2 uslubiy qo’llanma va 30 ga yaqin maqolalar muallifi hisoblanadi. |
|
Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi haqida Kafedra tarix fakultetining tengdoshi bo‘lib 1927-yilda «SSSR xalqlari tarixi» nomi bilan tashkil topgan. Professorlar S.V. Yushkov (1927-1934), M.Ya. Fenomenov (1934-1937), A.M. Malkov (1937-1941), A.P. Fituni (1944-1949), dosentlar X.F. Chikayev (1949-1956), Yu.N. Aleskerov (1956-1972) lar kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritganlar. 1997 yilda Yevroosiyo xalqlari tarixi hamda tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixni o‘qitish usullari kafedralari birlashtirildi. Kafedra mudiri bo‘lib, 1997-2000-yillarda t.f.d. prof. I.M.Saidov va 2002-2007-yillarda t.f.n. R.K. Yusupov ishladilar. 2007-yildan to 2013-yil may oyigacha kafedrani t.f.d. prof. I.M.Saidov boshqardi. 2013-yildan to hozirgi paytgacha kafedrani t.f.d. prof. B.E.Ergashev boshqarib kelmoqda. Shuningdek, kafedra tarixida M.U. Aminov, H.A. Aminov, O.A. Azimov, K.Yu. Yusupov, N.I. Axmedova, V.I. Sevryuk, S. Ismoilova, K.M. Mamatqulov, S. Hasanova, R. Uzoqov, M.A. Negmatova, O.A. Azimov kabi pedagog-olimlar o‘chmas iz qoldirdilar. |
|
2002-yilda kafedrada Bolonya (Italiya) universiteti hamkorligida magistratura ochilgan. Ayni paytda kafedrada 5A120304 – «Tarixshunoslik va tarixiy tadqiqotlar metodlari (mamlakatalar bo‘yicha)» va 5A210206 – «Muzeyshunoslik, konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash» mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura mavjud. Bugungi kunda zamon talabiga javob beradigan mutaxassislar tayyorlash borasida o‘quv uslubiy moddiy baza yaratilgan. DTS talablariga javob beradigan o‘quv rejasi, o‘quv dasturlari va o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Kafedrada prof. B.Ergashev “Делопроизводственная деятельность канцелярии Туркестанского генерал-губернаторства (историко-источниковедческий анализ)” mavzusidagi (Dsc) doktorlik dissertatsiyasini 2018-yilda O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutit qoshidagi ilmiy kengashda himoya qildi, assistentlar T.I. Mahmudov «Temuriylar davri ta’limi», M.J. Buzrukov «XV asr birinchi yarmidagi O‘rta Osiyo diniy hayotida Nizomiddin Xomushning tutgan o‘rni va roli», H.B. Abriyev «Amir Temur va temuriylar davrida me’moriy obidalarning bunyod etilishi (madrasa, masjid, xonaqo, hammom, sug‘orish inshootlari)» mavzularidagi nomzodlik dissertatsiyalari ustida tadqiqotlar olib bormoqda. Tarixshunoslik va manbashunoslik kafedrasi a’zolari 2002-2007-yillarda “O‘zbekistonda tarix fanini o‘rganishning yangi yo‘nalishlari va manbashunosligi” mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini bajargan bo‘lsalar, 2008-2013-yillarda «XIX-XX asrda va mustaqillik yillarida O‘zbekistonning madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixi tarixshunosligi va manbashunosligi» mavzusi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshirgan. |
Kafedra hayotidan fotolavhalar