Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi
Samarqand davlat universiteti
yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi mudiri
Eshbo‘riyev Rashid Majidovich
+998 97 399 89 19 eshburiyev0082@gmail.com
Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2011-2017-yillarda Samarqand davlat universiteti fizika fakulteti dekani, 2017-yil noyabr oyidan boshlab yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. 1985-1988-yillarda T.Shevchenko nomidagi Kiyev davlat universitetida aspiranturani o‘tagan. 1989-yilda O‘zFA Issiqliklar fizikasi institutida “Колебательная спектроскопия молекул-зондов в водномицеллярных и инертных растворителях” mavzusida fan nomzodi dissertatsiyasini himoya qilgan.
Rashid Eshbo‘riyev hozirgi kunga qadar 120 ga yaqin ilmiy va uslubiy maqolalar muallifidir. Jumladan, 21 ilmiy maqolalar, 40 ilmiy konferensiya (18 xalqaro konferensiya) materiallari e’lon qilingan. Uning muallifligida fanlarga va laboratoriyalarga tegishli 30 dan ortiq uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar (6 o‘quv qo‘llanma) chop etilgan. 2017-2022-yillar mobaynida yadro fizikasi, yadro texnologiyalari va yadro energetikasi, amaliy yadro fizikasi kabi 25 fanda o‘quv-uslubiy majmualar hamda 30 ga yaqin fanlardan o‘quv va ishchi-o‘quv dasturlari yaratgan. Keyingi 3 yil ichida fizika yo‘nalishi bakalavriat talabalari uchun Respublikada birinchi marta “Fizikaviy ekologiya asoslari” fanidan dars mashg’ulotlarini o‘tkazmoqda va bu fandan 2022-yilda 2 qismli o‘quv-uslubiy va o‘quv qo‘llanma chop etgan.
https://assets.uzsci.uz/edition/file/5def3869b986a.pdf#page=75
https://www.samdu.uz/public/images/ilmiyjurnal/MVBvHl4z4F_ilmiy_jurnal.pdf#page=81
https://www.indianjournals.com/ijor.aspx?target=ijor:aca&volume=11&issue=2&article=147
http://new.samdu.uz/images/ilmiyjurnal/MI3jFOGgQW_ilmiy_jurnal.pdf
file:///C:/Users/Lenovo/Downloads/Telegram%20Desktop/5-son%20aniq-2021.pdf
http://www.wsrjournal.com/index.php/new/article/view/606
https://elibrary.ru/item.asp?id=48001151
Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi a’zolari
Guljahon Axmedova Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2016-yildan boshlab yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 1981-yilda «Исследование радиоактивности объектов окружающей среды методом полупроводникового гамма спектрометрии» mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Guljahon Axmedova muallifligida hozirgi kunga qadar jami 170 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 15 o‘quv adabiyotlar, 2 monografiya, 1 darslik, 7 o‘quv qo‘llanma, 2 uslubiy qo‘llanma va 3 ma’ruzalar matni chop etilgan. 30 dan ziyod ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar nashr qilingan. |
|
Hasanov Xolmurod Hasanovich Texnika fanlari doktori, professor. 2017-yildan boshlab yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2017-yilga qadar Moskva davlat universitetida faoliyat yuritgan. 1991-yilda “Использование энергии сверхзвукого потока для обработки биополемиров” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Xolmurod Hasanov 15 dan ortiq xorijiy jurnallardagi maqolalar muallifidir. |
|
Mamatqulov Orifjon Bahromovich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2018-yildan yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Mamatqulov Orifjon 2002-yilda “Гамма-спектрометрическое исследование запасов и миграции Cs-137 в почвах некоторых территорий Узбекистана” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Orifjon Mamatqulov faoliyati davomida 1 o‘quv qo‘llanma, 3 uslubiy qo‘llanma va 100 dan ortiq ilmiy maqolalari mavjud. https://philarchive.org/archive/BAHROM-2 https://philarchive.org/rec/MAMVOR https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:44129251 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:41090833 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:40106937 |
|
Aliyev Nuriddin Aliyevich Fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent. 2022-yildan yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Nuriddin Aliyev 1978-yilda “Функция пространственного распределения Черенковского излучения ШАЛ с энергией 1015-1016 эВ на уровне 940 г/см2 ” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Nuriddin Aliyev faoliyati davomida 5 dan ortiq ilmiy ishlar nashr ettirgan. Shu jumladan, 5 o‘quv-uslubiy qo‘llanma va xalqaro jurnallarda va ilmiy konferensiyalarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Bundan tashqari 1975-1980-yillarda “Fizik qurilmalarni EHM ga ulash va hisoblashni avtomatlashtirish” kursi bo‘yicha 7 ta laboratoriya ishlarini ishlab chiqib, o‘quv jarayoniga qo‘llagan. http://adsabs.harvard.edu/pdf/1981ICRC...11..262A http://adsabs.harvard.edu/pdf/1983ICRC...11..387A http://adsabs.harvard.edu/pdf/1983ICRC....9..195K https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:17023777 https://ui.adsabs.harvard.edu/abs/1982IzSSR..46.1813M/abstract |
|
Safarov Askar Narimanovich Fizika-matematika fanlari nomzodi. 2021-yildan kafedrada o‘z faoliyatini boshlagan. Askar Safarov 1998-yilda “Исследование рассеяния тормозного гамма излучения электронов с эенергиеей 13 МэВ” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Askar Safarov faoliyati davomida 130 dan ortiq ilmiy ishlar nashr ettirgan. Shu jumladan 65 ilmiy jurnallarda maqolalari va 66 konferensiya to‘planmalardagi maqolalari va tezislari mavjud. Askar Safarov 2022-yil sentyabrdan SamDU Muhandislik fizikasi instituti “Yadro fizikasi va astronomiya ilmiy-o‘quv laboratoriyasi” mudiri lavozimida faoliyat ko‘rsatmoqda. https://doi.org/10.1016/j.nimb.2022.06.002 https://doi.org/10.1016/j.radphyschem.2021.109651 https://doi.org/10.1016/j.nimb.2021.05.020 https://doi.org/10.1016/j.jenvrad.2017.01.019 https://doi.org/10.1007/s10512-015-9982-9 https://doi.org/10.1007/s10512-013-9647-5 |
|
Safarov Akmal Asqarovich Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2019-yildan kafedrada o‘z faoliyatini boshlagan. Akmal Safarov 2021-yilda “Исследование низких активностей объектов природной среды. Новый подход в гамма спектроскопии” mavzusida fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga ega bo‘ldi. Akmal Safarov faoliyati davomida 33 ga yaqin ilmiy maqolalar va 32 ga yaqin xalqaro va mahalliy konferensiyalarda tezislar nashr ettirgan. Bundan tashqari u 1 uslubiy qo‘llanma muallifi va 4 xalqaro loyihalar rahbari. https://doi.org/10.1515/reveh-2022-0107 https://doi.org/10.1016/j.nimb.2022.06.002 https://doi.org/10.1016/j.radphyschem.2021.109651 https://doi.org/10.1016/j.nimb.2021.05.020 |
|
Mirtoshev Zavqiddin Davronovich z-mirtoshev@samdu.uz; zmirtoshev@gmail.com Fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 2011-2019 yillarda Astrofizika kafedrasida va 2019-yildan boshlab yadro fizikasi va astronomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. 2022-yilda “Koronal massa tashlanmalari: ularning quyosh sikli davridagi variatsiyasi va kosmik ob-havoga ta’siri” mavzusidagi doktorlik (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Zavqiddin Mirtoshev ilmiy va pedagogik faoliyati davomida jami 32 dan ziyod ilmiy maqolalar va tezislar chop qilgan. Shulardan 8 tasi xalqaro va respublika ilmiy jurnallarida, qolganlari xalqaro va respublika ilmiy konferensiyalarida chop qilingan. https://doi.org/10.1093/mnras/stz1001 https://doi.org/10.1017/S1743921318001588 https://doi.org/10.1017/S1743921317010857 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:44129101 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:50065821 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:44129102 https://inis.iaea.org/search/search.aspx?orig_q=RN:45115305 https://academic.oup.com/mnras/article/486/4/4671/5476503 https://doi.org/10.1017/S1743921318003642 https://doi.org/10.1017/S1743921317010857 https://www.elibrary.ru/item.asp?id=26321160 |
|
Nurmurodov Lochin Tirkashovich Samarqand davlat universiteti yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi assistenti. 2016-yildan boshlab yadro fizikasi va astranomiya kafedrasida faoliyat yuritib kelmoqda. Lochin Nurmurodov muallifligida jami 20 dan ziyod ilmiy ishlar nashr etilgan. Jumladan, 2 o‘quv qo‘llanma va 20 dan ziyod ilmiy maqolalari mavjud. |
|
Yadro fizikasi va astronomiya kafedrasi haqida
“Yadro fizikasi va astronomiya” kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan professor – o‘qituvchilar:
|
|
- 2017 yildan dotsent Eshbo‘riyev Rashid Majidovich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. Yadro fizikasi kafedrasi 1927-yilda fizika-matematika fakulteti tarkibida, 1961-yildan boshlab esa fizika fakulteti tarkibida faoliyat ko‘rsatib keldi. Universitetda yadro fizikasi bo‘yicha tadqiqotlarni birinchi bo‘lib, yirik olim va davlat arbobi, 1944-1953 yillarda universitet rektori bo‘lib ishlagan professor Muminov Muso Mo‘minovich boshlab bergan va “Yadro fizikasi” ilmiy maktabini yaratgan. Yadro fizikasi kafedrasini bitirganlardan o‘nlab fan doktorlari va fan nomzodlari yetishib chiqdi. Bular qatoriga professorlar M.M.Mo‘minov, akademik T.M.Mo‘minov, prof.essor U.S.Salihbayev, professor I.Xolboyev, professor E.Bozorov, professor R.Bekmirzayev, professor F.Qo‘ng‘urov, professor X.Hasanov va dotsentlar N.B.Badalov, A.B.Xoliqulov, G.Axmedova, Sh.Omonov, T.Hazratov, A.N.Safarov, Sh.Xushmurodov, D.Hotamov, O.Qobilov, T.Saidmurodov, X.Tillayeva, X.Xaydarov, U.Maqsudov, R.Tog‘ayev, I.Haqberdiyev, S.Sharipova, O.Mamatqulov va A.A.Safarovlarni kiritish mumkin. |
|
Hozirgi kunda kafedrada 1 nafar fan doktori, 2 nafar professor, 7 nafar fan nomzodi, dotsentlar hamda 3 nafar assistentlar samarali mehnat qilmoqda. Kafedrada 5A140205-“Yadro fizikasi va elementar zarrachalar fizikasi, tezlashtiruvchi texnika” va 5A140202-“Fizika (fizik ekologiya)” mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura faoliyat ko’rsatgan bo’lsa, 2021-yildan boshlab 70530902-Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari (qo’llash sohalari bo’yicha) magistratura hamda 01.04.08-Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika va 01.03.01-Astronomiya ixtisosligi bo’yicha tayanch (PhD) doktorantura faoliyat ko‘rsatmoqda. 2012-2021-yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan qo‘lga kiritilgan MAGATE tashkilotining qiymati 231000 EURO bo‘lgan granti hisobidan atom fizikasi, yadro fizikasi, kiyinchalik yadro elektronikasi va dozimetriya asoslari va radioekologiya o‘quv laboratoriyalari hamda ilmiy laboratoriyalari zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. |
|
Kafedrada magistratura ta’limi
Kafedrada:
1. 1999-yildan 5A200401 “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika”,
2. 2015-2019 yillarda 5A200402 “Fizikaviy ekologiya”
3. 2008-2020 yillar 5A Astronomiya (tadqiqot yo’nalishi).
4. 2019-yildan 70530901-Fizika (atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi. Tezlashtiruvchi texnika).
5. 2021-yildan 70530902-Yadro fizikasi va yadro texnologiyalari(qo’llash sohalari bo’yicha).
|
Kafedra hayotidan fotolavhalar