Turkiya hukumati tomonidan 2022-yil uchun Xalqaro talabalar va ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar dasturini e’lon qiladi
Turkiya hukumati tomonidan 2022-yil uchun bakalavriat, magistratura, doktoranturada tahsil olish va ilmiy tadqiqot olib borishga mo‘ljallangan grantlar dasturini e’lon qildi. Grant o‘z ichiga universitetga joylashtirish, 1 yillik turk tili kursi, tibbiy sug’urta, bir martalik aviachipta, stipeniya, o‘qish uchun to‘lov, madaniy va ilmiy dasturlar, yotoqxona bilan ta’minlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Stipendiya miqdori bakalavr talabalari uchun har oyda 800 turk lirasi(TL), magistratura talabalari uchun 1100 turk lirasi(TL), doktorantlarga 1600 turk lirasi(TL), ilmiy tadqiqotchilar uchun 3000 turk lirasi(TL), davlat xodimlari va ilmiy xodimlar uchun “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” 2000 turk lirasi(TL) ni tashkil qiladi. Ilmiy tadqiqotchilar uchun grantlar faqatgina stipendiya bilan cheklangan. “Turkcha muloqot dasturi (KATIP)” granti oylik stipendiya, yotoqxona, aviachipta, madaniy va ijtimoiy tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
“Turkiya grantlari” dasturiga quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://www.turkiyeburslari.gov.tr
Qo‘shimcha ma’lumot universitet xalqaro hamkorlik bo‘limidan olish mumkin: Tel: +998 66 240-28-53, irossu1420@gmail.com