EPAM IT kompaniyasi yoshlarni ishga taklif qiladi
Yoshlarimiz uchun xushxabar: EPAM kabi katta IT kompaniyalar O‘zbekistonda ko‘proq xodimlarni ishga olish borasida jiddiy reja qilmoqdalar. Yoshlarimizni EPAM talablariga ko‘ra malakasini oshirish uchun esa qo‘shimcha IT Universitet ochishga ham tayyor ekanligini bildirdilar. Undan tashqari O‘zbekistonga ko‘proq Senior darajadagi mutaxassislarni olib kelib, ular yordamida bizning Junior darajadagi boshlang‘ich bilimlarga ega yoshlarimizni malakasini oshirishga ham yordam beradilar.
Bu esa yuqori malakali yoshlarimiz uchun O‘zbekistonda oilasi bilan yashab, AQSh, Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlar bozoriga o‘z xizmatlari eksportini qilish orqali yuqori maosh olish imkoniyatlarini kengaytiradi. Shuning uchun IT sohasini tanlaydigan yoshlarimiz hozirdan vaqtlarini to‘g‘ri taqsimlab o‘z ustilarida qattiq ishlashni davom ettirishlari kerak.
Uchrashuv haqida batafsil: https://t.me/itpark_uz/3432
Hozirni o‘zida IT sohasida yuqori maosh olmoqchi bo‘lsangiz: https://t.me/itmarket_uz
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati